Sobiq mustabid tuzum davrida milliy ma`naviyatni rivojlantirishga, moddiy ma`naviy yodgorliklarni keng miqyosda o`rganishga deyarli umuman yo`l qo`yilmagan


Download 16.13 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi16.13 Kb.
#239608
Bog'liq
maqola 23.02.2021


Sobiq mustabid tuzum davrida milliy ma`naviyatni rivojlantirishga, moddiy ma`naviy yodgorliklarni keng miqyosda o`rganishga deyarli umuman yo`l qo`yilmagan. Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq bu sohadagi ahvolni tubdan o`zgartirish mamlakatimizda eng asosiy va hal qiluvchi vazifalardan biriga aylandi. Madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ularning huquqiy tizimlari yaratildi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 31-avgustdagi “Alohida korxonalar va mol-mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirshning ba`zi masalalari” to`g`risidagi qaroriga ko`ra tarixiy, ma`naviy va madaniy meros obeklarini davlat tasarrufidan chiqarilishi , xususiylashtirilish va sotib olish mumkin bo`lmagan mol-mulklar sirasiga kiritildi. Bu qaror tarixiy, ma`naviy va madaniy meros obektlarining doimiy davlat nazoratiga olinganligini ko`rsatadi.

O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksi va Jinoyat Kodeksining ma`lum moddalarida tarixiy, moddiy va ma`naviy obektlarni muhofaza qilishda javobgarlikni belgilab qo`ydi. Xususan, Ma`muriy javobgarlik kodeksining 64-moddasida shunday deyilgan: Moddiy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o`ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi. Jinoyat Kodeksining 132-moddasida Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish ancha miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo`lsa, bazaviy hisoblash midorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz yuz oltimish soatgacha majburiy jamoat ishlari yohud uch yilgacha ahloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilab qo`yilgan. Bunday javobgarlik choralarining belgilab qo`yilishi tarixiy , ma`naviy va moddiy obektlarni nobud bo`lishi yoki shikast yetishining oldini olishga xizmat qiladi.



2001-yil 30-avgustda O`zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`g`risida”gi qonun qabul qilindi. O`zbekiston xalqining umummilliy boyligi bo`lmish madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish ushbu Qonunning asosiy maqsadi hisoblanadi. Ushbu qonun VII bob, 36 moddadan iborat bo`lib, Qonunning maqsadi, moddiy madaniy meros obektlarining toifalari, madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat bosharuvi, madaniy meros obektlarini asrash, moddiy madaniy meros obektlariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar va yana bir qancha maslalarni o`z ichiga oladi. 2001-yil 30-avgustdagi “Madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`g`risida”gi qonunga tayangan holda O`zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Madaniy yodgorlikllar ilmi-ishlab chiqarish bosh bosharmasi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2002-yil 29-iyuldagi № 269-sonli madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish yanada takomillashtirsh chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori bilan O`zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmi-ishlab chiqarish bosh bosharmasiga aylantirildi.

2009-yil 13-oktabrda “ O`zbekiston Respublikasi “Arxeologiya merosi obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`g`risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonun arxeologiya merosi obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. “Arxeologiya merosi obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`g`risida”gi qonun V bob , 34 moddani o`zichiga olgan bo`lib, sohaga oid asosiy tushunchalar , arxeologiya merosi obektlariga bo’lgan mulk huquqi, arxeologiya merosi obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat bosharuvi, arxeologiya merosi obektlarni davlat tomonidan muhofaza qilish va ulardan foydalanish, aexeologiya merosi obektlarining arxeologiya tadqiqoti, arxeologiya merosi obektlarini davlat tomonidan muhofaza qilish va ulardan foydalanishni moliyalashtirish kabi ko’plab misollarni qamrab olgan.
Download 16.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling