Barbarlar-(o‘zlarini "amaxag" deb atashadi) — xalqlar (tamazigxt, rif, shilx, tuareglar, kabillar, shauyya va b) guruhi, Shim. Afrika, Markaziy va G‘arbiy Sudanning tub aholisi. 11,52 mln. kishidan ortiq(1992). Barbarliviy tillarida so‘zlashadi. Ko‘pchiligi — sunniylar. B. qadimda o‘zlarini mazig deb atashgan bo‘lsa kerak. U B.ning bir qancha guruhlari etnonimida (mas, tuareglar o‘zlarini imoshag deb ataydilar) saqlanib qolgan. B. ajdodlari qadimda Misrdan g‘arbdagi hududlarda yashashgan, ular Misr bitiklarida miloddan avvalgi 4ming yillikdan e’tiboran texenu nomi bilan uchraydi. Keyinchalik (Yangi podsholik davrida) bu qabilalar nomi
Do'stlaringiz bilan baham: |