Sobirjonov Sanjarxo’ja Arablar


Download 25.16 Kb.
bet1/6
Sana25.11.2021
Hajmi25.16 Kb.
#177071
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Glossary


Sobirjonov Sanjarxo’ja

Arablar- Arab qabilalari Arabiston yarim oroli va unga tutash hududlarda yashagan. Ular somiy (semit) xalqlaridan bo’lib, Afrika va Osiyo mamlakatlarida: Misr, Sudan, Liviya, Tunis, Jazoir, Marokash, Livan, Suriya, Iroq, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Yaman va boshqa yerlarda yashay-di, bu mamlakatlar aholisining qariyb 80% ini tashkil qiladi.

Xalifa- (arabcha: خليفة) — (arab. — oʻrinbosar, noib) — musulmon jamoasi va musulmon davlatining diniy hamda dunyoviy boshligʻi. Xalifa Muhammad (S.A.V)ning oʻrinbosari, umaviylar davridan boshlab esa Allohning yerdagi noibi hisoblangan. Muhammad(S.A.V)dan keyingi toʻrt Xalifa (Abu Bakr Siddiq, Umar, Usmon, Ali)ni xulafoi roshidin, yaʼni toʻgʻri yoʻldan boruvchi Xalifalar deb atashgan. Abbosiylar, fotimiylar sulolasidan boʻlgan hukmdorlar Xalifa nomi bilan atalgan. 13-asrdan keyin ayrim musulmon mamlakatlarining hukmdorlari oʻzini diniy boshliq ham daʼvo qilib, Xalifa nomiga ega boʻlishgan. 16-asrda turk sultonlari oʻzlarini Xalifa deb atay boshlaganlar, bu holat 1924 yilgacha, yaʼni usmonlilar davlati tugaguncha davom etgan.



Al-Andalus- Arablar 8-asr avvalida Pireney yarim orol katta qismini egallagach, o‘sha joylarni Andalusiya (al-Andalus) deb ataganlar. Bu atama “Vandalisiya” so’zining buzilgan shakli bo’lib, u ham o’z navbatida “vandallar” so’zidan kеlib chiqqan.
Toriq ibn Ziyod-Tanjer noibi Tariq Ibn Ziyod 711-yil 30-aprel kuni Pireney yarimoroliga qadam qo‘ydi. U kechib o‘tgan bo‘g‘oz bugun ham uning sharafiga Gibraltar deb ataladi. Arabchada Jabar al Tariq, ya’ni Tariq tog‘i ma’nosini beruvchi bu atama Gibraltar shakliga o‘zgargan. Gibraltar qoyasiga o‘rnashgan Tariq Andaluziya fathini shu yerdan turib amalga oshira boshladi. Qirg‘oqqa chiqqandan keyin Tariq barcha kemalarni yoqib yubordi va quyidagi mashhur nutqini aytdi: “Ey odamlar, qochish qayerda? Sizning orqangizda dengiz va oldingizda dushmaningiz, sizda faqat Allohga bo‘lgan iymon va sabr bor”. Gvadalet  jangdagi g‘alaba musulmonlarga Andaluziya eshiklarini ochdi. 

Toledo-Qadimda Toledo karpetanlarning iberiy qabilasi manzilgohi boʻlgan, mil. av. 2-asrda uni rimliklar egallagan. 6-asr oʻrtalaridan Vestgotlar davlati poytaxti. 1085 yilda Alfons VI tomonidan egallanib Kastiliya va Leon poytaxtiga aylandi. 1479 yildan birlashgan Ispaniya poytaxti. Arablar qoʻl ostida boʻlgan davrdan boshlab hunarmandchilikning , xususan, sovuq qurollar ishlab chiqarish. va teriga ishlov berish markaziga aylandi. 14— 15-asrlarda movut, ipak matolar, keramika va zargarlik buyumlari ishlab chiqarish. ayniqsa rivojlandi. 16-asr oxiri va 17-asr boshlarida (poytaxt Madridga koʻchirilgach) Toledoning iqtisodiy va siyosiy mavqei pasaydi.


Download 25.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling