Sobirjonov Sanjarxo’ja Arablar


Download 25.16 Kb.
bet2/6
Sana25.11.2021
Hajmi25.16 Kb.
#177071
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Glossary

Masjid- musulmonlar ibodatxonasi, sajda qilinadigan joy. Musulmonlarga besh (5) vaqt kundalik namozni barpo qilish uchun qurilgan inshoot. Ispanityadagi masjidlar o’zining takrorlanmas peshtoqlar, minoralari toshga o’yilgan naqshlar, rangli spool plitkalar, arab yozuviga o’xshash, jimjimador-arabeska naqshlari bilan bezatilgan edi.

Vestgot- V asr boshkarida Piriney yarim oroli va Galliyaning bir qismida tashkil topgan dastlabki varvar davlati. vizigotlar, tervinglar — german qabilasi, gotlarning gʻarbiy tarmogʻi. Mil. III—IV-asrlarda Dnestr daryosining gʻarbiy tomonida yashagan Vestgotlar IV-asrning 70-yillarida xunnlar siquvi ostida Dunay daryosidan oʻtib Myoziyaga oʻrnashganlar (Xalqlarning buyuk koʻchishi). 418 yili Janubiy Galliyada Gʻarbiy Rim imperiyasi hududida markazi Tuluza shahri boʻlgan ilk varvar qirolligini barpo etganlar. V-asr 2-yarmida Vestgotlar Ispaniyaning katta qismini egallab olganlar. 507 yilda franklar tomonidan Janubiy Galliya bosib olingach, bu yer Vestgot qirolligining asosiy hududi boʻlib qolgan; VI-asr oʻrtasidan uning poytaxti Toledo shahri boʻlgan. 

Qurdoba- (Kordova) Tarixi. М.a.VII asrdan Ispaniyaning janubiy va sharqiy sohilbo‘ylari flnikiyaliklar va yunonlar tomonidan o‘zlashtirila boshlangan. M.a. 7000-5000-yillarda O‘rtayer dengizi sohilida iberlar madaniyati paydo bo‘ldi. М. a. Ill asr oxirlarida Ispaniya hududining ko‘p qismi Karfagen qo‘l ostiga o‘tdi. Мil. avv. II asr boshlariga kelib rimliklar karfagenliklarni siqib chiqardilar. Mavrlar 711-718-yillarda Pireney yarimorollarining ko‘p qismini bosib oldilar va bu qismlar Damashq xalifaligi qo‘l ostiga o‘tdi. Xalifalik taxtiga Abbosiylar kеlganidan so’ng, Ummaviylardan biri Ispaniyaga qochadi va bu yerda mustaqil Kordova amirligiga asos soladi. Ummaviylar Ispaniyada 756 yildan 1031 yilgacha hukmrolik qiladilar.

929-yilda esa Qurdoba xalifaligi tuzildi.

Gegemonlik-(yun. hegemonia — rahbarlik, hukmronlik) — hukmron boʻlishga, boshqa mamlakatlar va xalqlar ustidan hukmronlik qilishga intilishga asoslangan siyosat. G. — davlatlar va xalqdar teng hukuqligining bevosita aksi, xalqaro munosabatlarda qaror topishi lozim boʻlgan idealning qaramaqarshisidir. 


Download 25.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling