Abbosiylar davrida xuroson va movarounnahr


Download 158.92 Kb.
bet1/3
Sana14.12.2020
Hajmi158.92 Kb.
#166276
  1   2   3
Bog'liq
ABBOSIYLAR DAVRIDA XUROSON VA MOVAROUNNAHR


ABBOSIYLAR DAVRIDA XUROSON VA MOVAROUNNAHR


Tayanch tushunchalar: Zulmning kuchayishi. Abu Muslim targ`iboti. Abu Muslim qo'zg`oloni. Abbosiylar.

Xalq noroziligming kuchayishi

Umaviylarga qarshi umumiy norozilik ayniqsa xalifa Marvon II (744-750) hukmronlik qilgan davrda nihoyatda kuchaydi.

Bunga xiroj solig`i miqdorining oshirib yuborilgani hamda aholining muttasil hasharlarga majburan jalb etilishi sabab bo`ladi. Umaviylarga qarshi kurashga da'vat qilish uchun abbosiylar turli viloyatlarga ko`plab targ`ibotchilar yuboradilar.

746-yilda shunday targ`ibotchilardan biri Abu Muslim Xurosonga keladi. U Xuroson aholisiga murojaat qilib, payg`ambar avlodlarini quvvatlashga chaqiradi.

Dastlab arab zodagonlari,so'ngra mahalliy dehqonlar Abu Muslimni qo`llab-quvvatlaydilar. Umaviylarga qarshi tashviqotning sadosi tez orada Xuroson, Movarounnahr va Toxariston viloyatlariga keng tarqaladi. Go`yo mamlakat aholisining barcha katta-kichigi arablarga qarshi qo`zg`algandek bo`ladi. Qo`shin avval Abu Muslim qarorgohi Moxuvon qal`asida to`planadi. Abu Muslim qo`shiniga kelib qo`shilgan kishilar ro`yxatga olinib, ularga avval uch dirhamdan, so`ngra esa besh dirhamdan maosh to`lanadi. Qizig`i shundaki, ro`yxatdan o`tgan kishilarning katta qismi har tomondan kelgan qullardan iborat edi. Bu davrda ham qullar aholi o`rtasida eng quyi tabaqa hisoblanib, ular bilan bir safda turish boshqa tabaqa vakillariga or tuyulganligi hisobga olinib, Abu Muslim qullar uchun Shavval qishlog`ida maxsus joy tashkil ettiradi va ularga Dovud ismli targ`ibotchini boshliq qilib tayinlaydi.

Qo`zg`olonchilar safida arab zodagonlari, Movarounnahr va Xurosonning mahalliy mulkdor dehqonlari, xalifalik Sharqidagi mazlum aholi, shahar hunarmandlari va qishloq kadivarlari hamda qullar bor edi. Bularning maqsadlari ham har xil edi. Arab zodagonlari hokimiyatni abbosiylarga olib berib, mamlakatda o`z mavqelarini ko`tarmoqchi edilar. Mahalliy mulkdorlar mamlakatda siyosiy jihatdan arablar bilan tenglashish va iloji topilsa, mamlakatni xalifalikdan ajratib, uni mustaqil idora qilishni maqsad qilib olgan edilar.

Abu Muslimning o`zi ham, shubhasiz, xuddi shu kuchning vakili edi. Mehnat ahli umaviylarning zulmi, og`ir soliqlar va uzluksiz majburiy hasharlardan, qullar esa qullik kishanlaridan qutulish orzusida edilar. Bu ezgu umidni ro`yobga chiqarish uchun zulmkorlarga qarshi kurashish yo`liga astoydil otlanib, bellarini mahkam bog`lagan edilar. Shu tariqa qo`zg`olonchilarning soni kun sayin oshib bordi. 100 ming nafar lashkar yig`ilgan edi. Ularning deyarli hammasi qora libosda edilar.

748-yilning boshida Abu Muslim boshlanishi Xurosonning poytaxti Marv shahrini egallaydi. Garchi xalifa Marvon o`z ixtiyoridagi barcha harbiy kuchlarni qo`zg`olonchilarga qarshi safarbar qilsa-da, ammo umaviylar hokimiyatini saqlab qola olmaydi.

749-yilda Abu Muslim boshliq qo`zg`olonchilar xalifalikning markaziy viloyatlari tomon yo'1 oladilar. Poytaxt qo`lga kiritilib, xalifa Marvon II taxtdan ag`dariladi. Uning o`rniga abbosiylar xonadonidan bo`lgan Abul Abbos Saffoh (750-754) xalifalik taxtiga ko`tariladi. Joylarda umaviylar xonadonining vakillari va yaqinlari qirib tashlanadi. Shunday qilib, Arab xalifaligida davlat hokimiyati abbosiylar qo`liga o`tadi.

Abbosiylarning xalifalik taxtiga chiqishi mehnatkash aholiga hech qanday yengillik keltirmagan.. Abu Muslim vositasida abbosiylar tomonidan xalq ommasiga berilgan va'dalardan birortasi ham amalga oshmadi. Abu Muslim Bag`dodda davlat va harbiy kuchlarning yuqori lavozimiga tayinlanadi. Biroq abbosiylar uning xalq orasidagi obro`yining tobora ortib borishiga xayrixoh emas edilar. Oqibat Abu Muslim poytaxtdan uzoqlashtirilib, Xuroson va Movarounnahrga noib qilib yuboriladi. U deyarli mustaqil siyosat yurita boshlaydi va barqaror tinchlikni saqlab turish yo`lida bir qator ishlarni amalga oshiradi. Yangi sug`orish tarmoqlarini bunyod etadi, qal`alar bino qiladi. Karvon yo`ilarini tartibga keltiradi. Biroq abbosiylar va ularmng Xurosondagi noibi Abu Muslim hukmronligi vaqtida Movarounnahr, Xorazm, Xuroson va boshqa viloyatlarda mehnatkash ommaning ahvoli yaxshilanmadi. Bu davrda ham xalq ikki yoqlama - bir tomondan arab zodagonlari, ikkinchi tomondan esa abbosiylar bilan til biriktirgan mahalliy mulkdorlar zulmi ostida qoldi. Bunday og`ir ahvol xalq noroziligini kuchaytirib, yangi sulolaga nisbatan uning g`azabini uyg`otdi.

Mehnatkash aholi o`rtasida abbosiylarga qarshi qo`zg`olon ko`tarish kayfiyati paydo bo`ladi. Bunday qo`zg`olonlardan biri 750-yilda Buxoroda bo`ldi. Abu Muslim mahalliy kuchlar yordami bilan arang qo`zg`olonni bostirdi.

Movarounnahrdagi ichki ziddiyatdan foydalanib, Xitoy imperatorining qo`shinlari Turkistonga bostirib kiradi. Abu Muslim tomonidan Ziyod ibn Solih boshchiligida yuborilgan arab va sug`d, turklardan iborat harbiy kuch 751-yilda Talos vodiysida Xitoy qo`shinlariga zarba berib, ularni mamlakat hududidan quvib chiqaradi. Abu Muslim sidqidildan xizmat qilgan bo`lsa-da, ammo Abbosiylar unga ishonmas edilar. Ularning nazarida Abu Muslim xalifalik taxtining da'vogaridek bo`lib tuyular edi. Undan hatto qattiq qo`rqar ham edilar. Shu boisdan ular Abu Muslimni yo`qotish payiga tushdilar. Nihoyat 755-yilda qurolsiz va yolg`iz saroyga tashrif buyurgan Abu Muslim xalifa buyrug`iga binoan o`ldiriladi. Abu Muslimning o`ldirilishi xalifalik sharqida, ayniqsa Xuroson va Movarounnahrda abbosiylarga qarshi xalq harakatlarining avj olib ketishiga bahona bo`ladi.



750- yilda Arab xalifaligida hokimiyat ummaviylardn abbosiylar qo`liga o`tadi.

Abbosiylar — Muhammad (s.a.v.) avlodidan chiqqan, 750-1258 yillarda Arab xalifaligini boshqargan sulola.

Umaviylar — Arab xalifaligini 661-750-yillarda boshqargan sulola.

ABBOSIYLAR DAVRIDA XUROSON VA MOVAROUNNAHR

TEST

1.Arab xalifaligida qachondan toju-taxt uchun kurash kuchaydi?



A VIII asrning 30-yillarida B VIII asrning 40-yillarida

C VIII asrning 50-yillarida D VIII asrning 60-yillarida

2.Abbosiylar harakatiga kim rahbarlik qilgan?

A Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ning tog’asiisi Abbosning evarasi Muhammad ibn Ali

B Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ning amakisi Abbosning evarasi Muhammad ibn Ali

C Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ning amakisi Abu Tolibni evarasi Muhammad ibn Ali

D Xalifa Umarning amakisi Abbosning evarasi Muhammad ibn Ali

3. Abbosiylar Ummaviylarga qanday ayb qo’yishgan?

A Islom dini aqidalarini o’zgartirib yuborishda B Xalifa Umar avlodlarini qirib tashlashda

C Muhammad (s.a.v.) avlodini qirib tashlashda D Hech qanday ayblov qo’yishmagan

4. Umaviylarga qarshi umumiy norozilik, ayniqsa, qaysi xalifa davrida nihoyatda kuchaydi?

A xalifa Marvon II B Abu Muslim C Horun ar Rashid D Mutazid

5. Aholining noroziligiga nima zabab bo’lgan?

A xiroj solig‘i miqdorining oshirib yuborilgani B aholining muttasil hasharlarga majburan jalb etilishi

C jizya solig’i miqdorini oshirib yuborilishi D A va B javoblar to’g’ri

6. Umaviylarga qarshi kurashga da’vat qilish uchun AbbosiylarXurosonga kimni yuborishgan?

A Abu Muslim B Muqanna C Rofe ibn Lays D Dovud

7. Abu Muslimni dastlab kimlar qo‘llab-quvvatlaydilar?

A dehqon va hunarmandlar B arab zodagonlari C mahalliy dehqonlar D arab va ajamliklar

8. Abu Muslimni Umaviylarga qarshi tashviqotning sadosi tez orada qaysi hududlarga tarqaladi?

A Xuroson B Movarounnahr C Toxariston D barcha javoblar to’g’ri

9. To’g’ri javobni toping.

A Qo‘zg‘olonchilarning deyarli barchasi qora libos kiyib olgan edilar.

B qora kiyim motam ramzi edi

C zabardast kuch bayrog‘i hamda shiddatli janglarda qo‘zg‘olonchilarni umaviy harbiylardan ajratib turadigan belgini anglatgan.

D barcha javoblar to’g’ri

10.Qachon Abu Muslim aholini umaviylarga qarshi kurashga da’vat etadi?

A 745-yil B 746-yil C 747-yil D 4748-yil

11. Qachon Abu Muslim boshliq qo‘zg‘olonchilar xalifalikning markaziy viloyatlari tomon yo‘l oladilar?

A 749-yil B 748-yil C 747-yil D 746-yil

12. Abu Muslim qo’zg’aloni vaqtida xalifalikning poytaxti qaysi shahar edi?

A Bag’dod B Qohira C Damashq D Kufa

13.So’ngi ummaviy xalifa kim?

A xalifa Marvon II B xalifa Mansur C Abul Abbos Saffoh D Muaviya I

14. Abbosiylar xonadonidan bo‘lgan birinchi xalifa kim?

A xalifa Marvon II B xalifa Mansur C Abul Abbos Saffoh D Muaviya I

15. Abul Abbos Saffoh nechanchi yillarda hukmronlik qilgan?

A  750–754-yillar B 750-755-yillar C 755-760-yillar D 749-755-yillar

16. Abbosiylar Abu Muslim poytaxtdan uzoqlashtirilib qayerga noib qilib yuboriladi?

A Kufa va Xuroson B Xuroson va Movarounnahr C Movaraunnahrga D Qurdobaga

17. Abu Muslim boshchiligidagi qo‘zg‘olon 747–749- yillarda qaysi hududlarda bo‘lib o‘tdi?

A Kufa va Xuroson B Xuroson va Movarounnahr C Movaraunnahrda D Qurdobada

18. Mehnatkash aholi o‘rtasida abbosiylarga qarshi qo‘zg‘olonlardan biri 750-yilda qayerda sodir bo‘ldi?

A Buxoroda B Samarqandda C Keshda D Chochda

19.Movarounnahrdagi ichki ziddiyatdan foydalanib, Xitoy imperatorining qo‘shinlari qayerga bostirib kiradi?

A Yettisuvga B Turkistonga C Talosga D Bolosog’unga

20.Abu Muslim tomonidan yuborilgan harbiy kuch qachon Talos vodiysida Xitoy qo‘shinlariga zarba berib, ularni mamlakat hududidan quvib chiqaradi?

A 755-yilda B 754-yilda C 752-yilda D 751-yilda

21. Abu Muslim qachon xalifa buyrug‘iga binoan o‘ldiriladi?

A 755-yilda B 754-yilda C 752-yilda D 751-yilda

22. Abu Muslimning o‘ldirilishi xalifalikning qaysi hududlarida abbosiylarga qarshi xalq harakatlarining avj olib ketishiga bahona bo‘ladi?

A sharqida B Xurosonda C Movarounnahrda D barcha javoblar to’g’ri

23. Xalifalikning markaziy hokimiyati nechanchi yilga qadar Damashqda bo‘lgan?

A 749-yilga B 750-yilga C 751-yilga D 755-yilga

24. Abbosiylar davrida xalifalikning poytaxti qaysi shahar edi?

A Damashq B Qoxira C Bag‘dod D Qurdoba

25.Xalifa davlatni boshqarishda kimga tayangan?

A vazir ul-vuzaroga B amir ul-umaroga C devon al-mag‘ribga D devon al- xarajga

26. Xalifalikda kim harbiy ishlar uchun mas’ul bo‘lgan?

A vazir ul-vuzaro B amir ul-umaro C devon al-mag‘rib D devon al- xaraj

27. Xalifa turli masalalarni ko’rib chiquvchi kengash qanday atalgan?

A vazir ul-vuzaro B devon ad- dar C devon al-mag‘rib D devon al- xaraj

28. Devon ad-dar nechta asosiy devonga bo‘lingan?

A 2 ta B 3 ta C 4 ta D 5 ta

29. Devon ad-dar tarkibiga ………..

A devon al-mag‘rib B devon al- xaraj C devon al-mashriq D barcha javoblar to’g’ri

30. Movarounnahrga tegishli masalalar qaysi devonda hal qilinar edi?

A devon al-mag‘ribda B devon al- xarajda C devon al-mashriqda D devon ad- darda

31. Xalifalikning huquqiy masalalari qanday manbalarga asoslangan holda ko‘rib chiqilgan?

A Qur’oni karimga B Payg‘ambar (s.a.v) ko‘rsatmalariga

C Payg‘ambar (s.a.v) nasihatlariga D barcha javoblar to’g’ri

32. Mahalliy davlat boshliqlarining ko‘pchiligi o‘z huquqlari va imtiyozlarini saqlab qolish maqsadida ……

A Islom dinini qabul qilgan edilar B Arab zodagonlari bilan qarindosh tutunganlar

C Xalifalik markaziga ko’chib borganlar D Arab tili va yozuvini o’rganganlar








Download 158.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling