Sobirov Zuxriddin Mamur o’g’lining


Malakaviy amaliyotning subyekti va obyekti


Download 157 Kb.
bet3/17
Sana19.06.2023
Hajmi157 Kb.
#1603280
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Husan Amaliyot 2021

Malakaviy amaliyotning subyekti va obyekti:
Men “MK-419” guruh talabasi Yuldoshev Husan Sirojiddin o’g’li va “BRADJUS” MCHJ QK ushbu bitiruv oldi malakaviy ishlab chiqarish amaliyotining subyeklarini tashkil etdik.
BRADJUS” MCHJ QK mas’uliyati cheklangan jamiyat yuridik shaxs hisoblanib, o’zining mustaqil balansiga, muhriga, shtampiga,statistik kodlariga va Samarqand sh. “O’zsanoatqurilishbank” ATB Samarqand filiali bankida asosiy 20214000900789885001 sonli hisob-kitob raqamiga ega. “BRADJUS” MCHJ QK ning manzilgohi: Samarqand viloyat Jomboy tumani sanoat hududi.
Malakaviy amaliyotning obyekti esa korxonaning xo’jalik faoliyat tashkil etadi.


Malakaviy amaliyotda erishgan natijalarimiz:
Biz ushbu bitiruv oldi malakaviy amaliyot davomida korxona faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqdik. Amaliyot davrida korxonaning barcha moliyaviy –xo’jalik faoliyati bilan tanishib chiqdik. Korxona faoliyatini chuqur tahlil qilgan holda barcha olib borilgan hisob ishlari respublikamizdagi qonun va qonun osti me’yoriy hujjatlari talablari asosida guvoh bo’ldik.Shu bilan birga biz korxonada barcha xo’jalik jarayonlarning buxgalteriya hisobi obyekti sifatida moliyaviy hisobotda aks ettirilishini o’rgandik.
Hisobotning hajmi va tarkibiy tuzilishi:
H isobotning hajmi 50 betdan iborat bo’lib, kirish, asosiy qism, xulosa va taklif hamda ilovalardan tashki topgan. Asosiy qismda 10 ta savol bo’yicha javoblarning qisqacha bayonini yoritib o’tdik. Xulosa va takliflar qismida korxonada o’rganilgan obyektlar bo’yicha buxgalteriya hisobi kamchiliklarini bartaraf etishga oid taklif va tavsiyalarni berib o’tdik. Hisobotning ilovalar qismida o’rganilgan mavzuga doir boshlang’ich hujjatlar, hisob registrlari, hisobot shakllari, ko’chirmalar keltirilgan.

1-mavzu. Korxonaning huquqiy maqomi va tashkiliy tuzilishini oʼrganish.
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiyo‘zgarishlar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini yanadarivojlantirishga qaratilgandir. Malakatimiz Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan “Xarakatlar strategiyasi” ning asosiy yo‘nalishlaridan biri iqtisodiyotni rivojlantirish korxonalar faoliyatini rivojlantirish orqali amalga oshirish belgilab qo‘yildi.
BRADJUS” MCHJ QK 2017-yil 20-iyulda Samarqand viloyati Jomboy tumani DAVLAT XIMATLARI MARKAZI tomonidan,№ 533323 reestr raqamiga binoan davlat ro’yxatidan o’tgan. Davlat ro’yxatidan o’tganlik guvohnamasidan nusxa 1-ilovada berib o’tildi.
BRADJUS” MCHJ QK manzil: Samarqand viloyat Jomboy tumani sanoat hududi. “BRADJUS” MCHJ QK ta’sis yig’ilishining 2019-yil 22-martdagi 01-sonli ta’sis shartnomasi asosida tashkil etilgan.Korxonaning ta’sis shartnomasi 9 modda va ustavi 20 moddadan iborat bo’lib , ushbu shartnomalarning 1-moddasiga asosan korxonaning ishtirokchilari quyidagilar:
Jamiyat ustavining VII bo‘lim 7.1 bandida jamiyatning tashkil etilishi va faoliyat amalga oshirish uchun 16 333 270 600 so‘m miqdoroda ustav fondi shakllantirilgan.
Ishtirokchilarning ustav fondidagi ulushlari quyidagicha:
- “Tursunov Aziz Akmalovich” - 9 879 003 000 so‘m, yani 60,48%;
- “NATIONAL INVEST LLP” UK – 6 454 267 600 so‘m, ya’ni 39,52%;
Shundan Tursunov Aziz Akmalovich tomonidan – 9 879 003 000 so‘m, ya’ni 60,48% bo‘lib 6 464 573 300 so‘mlik parrandachilik fermasi binosa va inshoatlari, 130 000 000 so‘mlik dizelgenerator ACC AJ170R, 3 284 430 000 so‘m naqd pul ko‘rinishidagi mablag‘lar hisobiga shakllantirilgan.
“NATIONAL INVEST LLP” UK – 6 454 267 600 so‘m, ya’ni 39,52% i esa “NATIONAL INVEST LLP” UK tomonidan jamiyatga kiritilgan ulush Tovar ko‘rinishida bo‘lib , 2017 yil 9 noyabrdagi shartnomaga asosan olib kelingan 6 454 267 600 so‘mlik ( 680 000,0 YEVRO, 2019 yil 28 martdagi kurs bo‘yicha kurs 1 YeVRO = 9491.57 so‘m) uskunalar hisobiga shakllangan (1-ilova).
Korxonaga O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Samarqand tuman hokimligi tomonidan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida (Reystrdagi tartib raqami № 533323 2017 yil 20 iyul) GUVOHNOMA berilgan (2-ilova).
Korxonaga 2018 yil 23 oktabrda “Oziq-ovqat va parhez tovuq tuxumlari 1 va 2 toifalari yetishtirish va sotish”ni amalga oshirish uchun lisenziya berilgan (3-ilova).
Ustavda ta’sischilarning ulushi 1-chizmada keltirilgan.

1-chizma
Ushbu ma’lumot ustav fondining 6-moddasidan olindi va 3- ilovada berib o’tildi.


Jamiyatning asosiy maqsadi O`zbekiston Respublikasi aholisini ish bilan ta`minlash, aholini turli xil mahsulotlar va xizmatlarga ehtiyojlarini to`laroq qondirish, shuningdek, tadbirkorlikdan foyda olishdan iborat.


Download 157 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling