5-mavzu. “BRADJUS” MCHJ QK ning ichki nazorat organlari, ichki auditorlik xizmatini tashkil etish holati va uning funktsiyalari.
Korxonalar buxgalteriya hisobini toʼgʼri tashkil etish, yuz berayotgan operatsiyalarni oʼz vaqtida va toʼgʼri aks ettirish, soliq va boshqa hisobotlarni oʼz vaqtida tegishli organlarga yuborish va boshqa hisob ishlarini toʼgʼri tashkil etilayotganligini doimiy nazorat qilib borish uchun korxonalarda ichki nazorat tizimlari, ichki auditorlik xizmatlari tashkil etilishi mumkin.
Biz amaliyot oʼtagan “BRADJUS” MCHJ QK ning Ustaviga muvofiq jamiyatning moliyaviy-xoʼjalik faoliyatini nazorat qilish uchun jamiyat direktori javobgar boʼlib hisoblanadi.
Biz amaliyot oʼtagan “BRADJUS” MCHJ QKda ichki auditorlik xizmati yoʼlga qoʼyilmagan.
Ichki auditning asosiy vazifalari quyidagilar:
kuzatuvchi kengashni ishonchli axborot bilan taʼminlash va ichki audit amalga oshirilishi natijalari boʼyicha korxona faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash;
ichki audit jarayonida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan korxona boshqaruv organlariga tavsiyalarni tezkorlik bilan kiritish, ularning bartaraf etilishini nazorat qilish.
Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy funktsiyalari hisoblanadi:
har yili korxonaning kuzatuvchi kengashi tomonidan tasdiqlanadigan rejaga muvofiq tekshirishlar oʼtkazish yoʼli bilan ichki auditni amalga oshirish (har chorakda va hisobot yili yakunlari boʼyicha);
tuziladigan xoʼjalik shartnomalarining qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza oʼtkazish;
buxgalteriya hisobini yuritishda va moliyaviy hisobotni tuzishda korxonaning tarkibiy boʼlinmalariga metodik yordam berish, ularga moliya, soliq, bankqonunlari va boshqa qonun hujjatlari masalalari boʼyicha maslahatlar berish;
texnik topshiriqlarni ishlab chiqishda, tashqi auditorlik tashkilotlarining takliflarini baholashda hamda auditorlik tekshirishlarini oʼtkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotini tanlashda tavsiyalarni tayyorlashda korxonaning kuzatuvchi kengashiga koʼmaklashish.
Do'stlaringiz bilan baham: |