Sobirova Bahoroy. O'Ta 403-guruh
Download 31.5 Kb.
|
adabiyot.metodika.2-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiy mavzudagi insho
- Adabiy-ijodiy insho
- Ijodiy (erkin) insho
- Topshiriq №1.
Sobirova Bahoroy. O'TA 403-guruh. Insho” so‘zining ma’nosini bilasizmi? O‘zbek adabiyoti bo‘yicha yoziladigan insholar necha turga bo‘linadi? Insho (arab. qurish) deb bir muallif nuqtai nazaridan yozilgan kichik hajmdagi matnga aytiladi. Insholar turlicha boʻladi: manifest, tanqid, targʻibot, kuzatuv va hk. Deyarli barcha insholar nasr shaklida yoziladi. Insho nazariyasida yoziladigan mavzularni mazmun jihatdan turlarga ajratish ham muhim ahamiyatga ega ekanligi xususida birinchi bobda ham to’xtalib o’tgandik. Ta’kidlanganidek, o’zbek tili va adabiyoti bo’yicha yoziladigan insholar uch turga bo’linadi: 1. Adabiy mavzudagi insholar. 2. Adabiy-ijodiy mavzudagi insholar. 3.Ijodiy yoki erkin mavzudagi insholar.
O’quvchilar tomonidan yoziladigan adabiy mavzulardagi insholarni shartli ravishda quyidagi turlarga bo’lish mumkin: 1.Yozuvchi hayoti va ijodiga oid insho. 2.Yozuvchining ma’lum davr hayoti va ijodiga oid insho. 3.Yozuvchi ijodida aks ettirilgan ma’lum mavzuga oid insho. 4.Yozuvchi tomonidan ma’lum janrda yaratilgan asarlarning umumiy tahliliga oid insho. 5.Ma’lum bir asarning g’oyaviy-badiiy tahliliga oid insho. 6.Badiiy asarda aks etgan ma’lum bir masalaning tahliliga oid insho. Adabiy-ijodiy insho Insholar mavzusida shunday mavzular ham borki, ularda ham adabiy, ham ijodiy insholardagi xususiyatlar mujassam bo’ladi. Ayrim hollarda o’qituvchilar o’quvchilarning badiiy asarlardagi qahramonlar, ularning mualliflari haqidagi fikrlarini bilishga qiziqadilar. «Anvar - men sevgan qahramon», «Kumush - men sevgan qahramon», «Zulfiya — men sevgan shoira» kabi mavzular shu maqsadda beriladi. Ba’zan esa «Men sevgan shoir», «Men sevgan qahramon» mavzularini o’quvchilarga tavsiya qilganimizda, ular dasturda o’rganilgan adib yo qahramon haqida yozishni xohlaydilar. Bunday paytlarda ham insho mavzui adabiy va ijodiy mavzular oralig’ida yoritiladi. Ijodiy (erkin) insho Akademik litsey va kasb hunar kollejlarida adabiyot fani mashg’ulotlarini olib boruvchi o’qituvchining vazifalaridan biri o’z o’quvchilarni mustadil fikrlashga, mulohazalarini savodli yozishga o’rgatishdir. Ijodiy insho o’quvchilarda dasturda nazarda tutilgan mavzular haqida fikr yuritish malakasini hosil qilishga ko’maklashishdan tashqari, hayotdagi voqea-hodisalarga sinchkovlik bilan nazar tashlash, ularni tahlil qilish, umumiy duyoqarashni rivojlantirishga intilish ko’nikmalarini ham hosil qiladi Topshiriq №1. Inshoga material to‘plash. Masalan:Abdulla Qodiriyning “Otkan kunlar” asaridagi Kumush obraziga tavsif mavzusidagi insho uchun materiallar to‘plash. 1.Buning uchun qahramon ruhiyatini ko‘rsatib berishga qaratilgan muallif nutqi. Otabekning muhabbatini oshkora aytolmasligi muallif tomonidan badiiy bo‘yoqlarda tasvirlab berilgan: Otabek qip-qizil qizarib gunohkorlardek yerga qarag‘an edi. Hasanalining yuziga padorona tarahhum tusi kirib, keksalarga maxsus ohangdor bir tovush bilan bekning ustidagi og‘ir yukni ola boshladi: — Aybi yo‘q, o‘g‘lim, — dedi, — muhabbat juda oz yigitlarga muyassar bo‘ladig‘an yurak javharidir. Shuning bilan birga ko‘b vaqtlar kishiga zararlik ham bo‘lib chiqadir.Shuning uchun kuch sarf qilib bo‘lsa ham unitish, ko‘b o‘ylamaslik kerakdir. Bu yerda esa Kumush va Zaynabning holatlari muallif tomonidan tasvirlangan: Kumush va darbozaning halqasi bilan o‘ynar ekan: — a, yulishamizmi?— deb Zaynabdan so‘radi. Zaynab javob bermadi. O‘zbek oyim Oybodoqqa ba’zi ta’limotlarni bergandan keyin kelinlariga: — Tushda issig‘siz qolmanglar! — dedi. Arava qo‘zg‘aldi. Zaynab ilgariroq, Kumush keyinroq ichkariga qaytib kirdilar. Kundashining so‘zsiz,nesiz o‘z uyiga kirib ketkani uchun o‘ylanib, bir oz havli yuzida to‘xtadi, so‘ngra bu ham o‘z uyiga burildi.Kundan-kunga Zaynabning susayib, o‘ziga begonalashib borg‘anini ul yaxshi onglar edi. Bu kun bo‘lsa o‘ynab aytkan so‘zi javobsiz ham qoldirilib, bu hol yana uning miyasini qotirdi. Ko‘nglida bir xiralik bilan borib daricha yonig‘a o‘ltirdi. Zaynabning hasadini qo‘zg‘atmas uchun Otabek bilan muomalada qilg‘an ehtiyotlari zarracha foyda bermaganiga hayron, endi qaysi yo‘sunda mirosani sozlash yo‘llarini o‘ylar edi. O‘n besh kun ichidayoq buncha keskinlashkan Zaynabning ichki adovatining bir oyda qaysi darajalarga borib yetishini o‘ylar va mirosa bu holda ketgan taqdirda bu uyda uzoq qola olmasini fahmlar edi. Lekin bu uydan chiqib ketishni, bir-ikki oylab Otabekni Zaynab qo‘lig‘a topshirib qo‘yishni yana muvofiq ko‘rmas, ya’ni Kumushda ham bir qizg‘anchiqlik hissi uyg‘ong‘an.. 2.Kumushning boshqalar bilan munosabatini ko‘rsatib beruvchi epizodlarni qayta oqib chiqish. 3.Kumush haqida boshqalarning aytgan fikrlarini tanlab olib daftarga yozish. Kumush qayin otasi bilan qayin onasiga uch-to‘rt kunning ichidayoq o‘zini ko‘rsatib qo‘ydi, shirin va aqllik muomalalari bilan ularni o‘ziga maftun qildi. Yusufbek hoji «bu odam farzandi emas — farishta» der, orada Zaynab bo‘lmasa «farishta», deb atamoqqa ham hozir edi. O‘zbek oyim bo‘lsa eski kina va adovatlarni qaytib kelmas dunyosiga jo‘natdi. Tevarakdan marg‘ilonliq, kelinni ko‘rish uchun kelguchi xotinlarg‘a muomalani yana ham yuqoriroqdan turib qila boshladi. Har bir «keliningiz ajabmi?» deb Kumushka suqlang‘uchi xotinlarg‘a, «Manim chin kelinim Marg‘ilonda edi-da!» der edi. Goho O‘zbek oyimning o‘zi ham Kumushning husniga va muomalasiga ajablana boshlar, hojini ovlog‘roqda uchratib qolsa, «alhazar, o‘g‘lingizdan — uylangan xotinini qarang», deb qo‘yar, hoji bo‘lsa, «o‘zing bilgan sihrchi hindi sening ham boshingni aylantiribdir...» deb iljayganda, O‘zbek oyim «rost, bu kelinning husnidan ham boshqa yana tag‘in bir alohida xosiyati borg‘a o‘xshaydir!» deb kular edi. 4.Kumushning ota-onasiga munosabatini ko‘rsatib beruvchi lavhalarni kartochkalarga qayd qilib borish. Qutidor qizini kuzatdi: — Tuzikmisan, qizim? — Yo‘q, otajon, boshim hamon og‘rib turadir. Qutidor qizining peshonasini ushladi: — Ey-ha, Kumush, hali issig‘ing bor, — dedi. — O‘zingni teja qizim, o‘rningni qalin qilib burkanib yot, terlasang yorisharsan, qizim. To‘ybeka, Kumushning choyini oqlab ber-chi. Oftob oyim erining so‘zini kuchlab tushdi: — Issig‘i bor, yuzi ham qizarib bo‘rtib turibdir. O‘zining ruhsiz tovushi bilan Oysha buvi ham gapka aralashdi. — Nax kechasi bilmapsiz, nax meni qo‘rqitib enka-tenkamni chiqardi. Isitmasi aralash allanuchka so‘zlarni aytib chiqdi... Kumushbibi yalt etib buvisiga qarab qo‘ydi. — O‘sha harorati g‘arizaniki hammasi, — dedi qutidor. — Men bu kun birar hakimdan so‘rab qaraychi... Ol qizim, shu piyoladagi choyingni ich-chi, — dedi va tag‘in bir qayta qizini kuzatdi. Choyni ichib bo‘lg‘andan keyin qutidor fotiha o‘qub o‘rnidan turdi: — Men senga aytib qo‘yay, Kumush, — dedi turar ekan qutidor Oftob oyimg‘a, — bu kunga bir mehmon aytkan edim. Cho‘ringni chiqarib mehmonxonani tozalat. Anovi yangi qoplag‘an ko‘rpalaringni ber, tanchaga o‘shani yopsin. Download 31.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling