Sobirova Nazokat

Download 24.69 Kb.
bet2/3
Sana21.06.2023
Hajmi24.69 Kb.
#1643625
1   2   3
Bog'liq
2 5226949837450128692

Bundan tashqari, fan doirasida o‘rganiladigan bosh masalalarning mazmun-mundarijasini belgilash, talabalarda terminologiyaning maxsus ilmiy-texnikaviy ma’nolarni ifodalovchi termin yoki so‘z birikmalari tizimi, uning muayyan adabiy til so‘z boyligida albatta mavjudligi, leksikaning ajralmas bir qismi ekanligi, terminlar bilan leksika orasida farq borligi xususida bilim va ko‘nikmalar hosil qilish, terminlar shakllanishida intralingvistik va ekstralingvistik omillarning roli, terminlarning struktur-grammatik qurilishi qatlamlari, hosil bo‘lish yo‘llari, terminlar tarkibidagi leksik-semantik jarayonlar, terminlarni tartibga solish, muvofiqlashtirish, terminologik tadqiqotlar, terminologik lug‘atlar borasida ma’lumot berish muhim vazifalardan hisoblanadi.

Hozirgi o‘zbek adabiy tili qurilishida terminologiya alohida o‘rin va mavqega egaligi bilan ajralib turadi. Terminologiyaning til lug‘at tarkibidagi roli haqida ikki dunyoqarash mavjud. Birinchi g‘oyaga ko‘ra, terminologiya adabiy til leksikasining mustaqil qatlami tarzida e’tirof etilsa, ikkinchi ta’limotga muvofiq u adabiy til so‘z boyligi tarkibidan ajratiladi, “alohida turuvchi” obyekt tarzida baholanadi va nutqning turlari (sheva, jargon, jonli so‘zlashuv)ga tenglashtiriladi.

Xullas, terminlar umumadabiy so‘zlardan tubdan farqlanuvchi leksik qatlamni o‘zida mujassam etadi. Ushbu farq quyidagi asosiy xususiyatlarda aksini topadi: semiotik (terminlarda belgi va ifodalovchi o‘zaro simmetrik munosabatga kirishadi); vazifaviy (terminlar nafaqat nominativ, balki definitiv funksiyaga egaligi bilan ham xarakterlanadi); semantik (terminlar faqat maxsus tushunchalarni ifodalaydi, ularning har biri o‘z ma’nosiga ko‘ra unikaldir); tarqalish, ommalashish (faqat fan tiliga oid terminlar muayyan qismining umumadabiy tilga kirishi ularning boshqa sistemaga xosligiga to‘sqinlik qilmaydi); shakllanish yo‘llari va vositalari (terminologiyada umumadabiy til so‘z yasalishi vositalarining harakati maxsuslashgan, standart, turg‘un modellarni ishlab chiqishga bo‘ysunadi)

Download 24.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling