Sobirova Nazokat


Download 24.69 Kb.
bet3/3
Sana21.06.2023
Hajmi24.69 Kb.
#1643625
1   2   3
Bog'liq
2 5226949837450128692

Xullas, terminlar umumadabiy so‘zlardan tubdan farqlanuvchi leksik qatlamni o‘zida mujassam etadi. Ushbu farq quyidagi asosiy xususiyatlarda aksini topadi: semiotik (terminlarda belgi va ifodalovchi o‘zaro simmetrik munosabatga kirishadi); vazifaviy (terminlar nafaqat nominativ, balki definitiv funksiyaga egaligi bilan ham xarakterlanadi); semantik (terminlar faqat maxsus tushunchalarni ifodalaydi, ularning har biri o‘z ma’nosiga ko‘ra unikaldir); tarqalish, ommalashish (faqat fan tiliga oid terminlar muayyan qismining umumadabiy tilga kirishi ularning boshqa sistemaga xosligiga to‘sqinlik qilmaydi); shakllanish yo‘llari va vositalari (terminologiyada umumadabiy til so‘z yasalishi vositalarining harakati maxsuslashgan, standart, turg‘un modellarni ishlab chiqishga bo‘ysunadi)

2-Mavzu:Terminlogiya va leksika. Terminlar mohiyati

Va maxu Reja:

  • Termin haqida tushuncha.
  • Termin va maxsus leksika.
  • Termin mohiyati.

Termin grekcha ‘‘terminus’’ so‘zidan olingan bo‘lib, chek, chegara degan ma’noni bildiradi. U fan-texnika, qishloq xo‘jaligi, san’at va madaniyat sohasiga xos so‘z hisoblanadi. Terminologiya - terminlar haqidagi ta’limot va terminlar majmui degan ma’nolarni anglatadi. Termin so‘zi o‘rnida ba’zan atama, istiloh so‘zlarini ishla-tish hollari uchrab turadi. Ammo bu to‘g‘ri emas. Atama termin so‘ziga nisbatan tor tushunchani ifodalaydi. Istiloh so‘zi esa arabchadir. Uni xalq tushunmaydi va me’yorga aylangan emas. Terminologiya masalalari hamisha tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib kelgan.
Terminologiyaga bag‘ishlangan ishlarning barchasida u yoki bu sohaning muayyan tushunchalarini anglatadigan, definitsiyaga ega bo‘lgan va, asosan, nominativ funktsiyani bajaradigan birliklar termin hisoblanadi, deb qaraladi. A.Reformatskiy terminga ta’rif berar ekan, “... terminlar – bu maxsus so‘zlardir” degan xulosaga keladi. A.V.Kalinin muayyan fanlar va kasbkorlikda ishlatiladigan so‘zlarni “maxsus leksika” deb ataydi va uni ikki guruhga ajratadi.
1. Maxsus leksikaga, birinchi navbatda, terminlar kiradi.
2. Maxsus leksika tarkibiga terminlardan tashqari professionalizmlar ham kiradi. U o‘z fikrini davom ettirib, “Termin bilan professionalizmlar o‘rtasidagi farq shuki, termin bu muayyan fan, sanoat sohasi, qishloq xo‘jaligi, texnikadagi tamomila rasmiy bo‘lgan, qabul qilingan va qonunlashtirilgan biror tushunchaning ifodasidir, nomidir, professionalizm esa biror kasb,mutaxassislik, ko‘pincha jonli tilda tarqalgan, aslini olganda, tushunchaning qat’iy, ilmiy tavsifiga ega bo‘lmagan yarim rasmiy so‘zdir”,-deydi. R.Doniyorov bu fikrga e’tirozan, “Bunday qat’iy da’vo, aslini olganda, tilni sinfiy deb hisoblagan ayrim “olim”larning qarashlari davomidir desak, xatoga yo‘l qo‘ymasmiz” deya munosabat bildiradi.
“Terminlar fan-texnika, adabiyot, san’at va boshqa sohlarga oid ixtisoslashgan, qo‘llanishi muayyan soha bilan chegaralangan tushunchalarni ifodalaydigan nominativ birliklardir: gulkosa, shona (botanikada); to‘rtburchak, kvadrat (geometriyada); ega, kesim (tilshunoslikda); qofiya, turoq, vazn (adabiyotshunoslikda) kabi ”
Qoraqalpoq tilshunosi professor Esemurat Berdimuratov “Qaraqalpaq
terminologiyasi” (1989) kitobida termin va professionalizm haqida qarashlarini quyidagicha bayon qiladi: “Haqiyqatinda termin menen professionallik so‘z birligi ajralib turadi. Professionallik so‘zlar sol kasip tarawinda tariyxiy dawirler dawaminda payda bolg‘an, sol kasiptin’ talabina xizmet etedi, sol ortaliqta jiyi qollaniladi… Al terminler bolsa, belgili turmis tarawinda, aytayiq, ilm, texnika, ma’deniyat, ja’miyetlik–siyasiy turmis, sanaat ha’m awil xojalig‘i h.t.b boyinsha ug‘imlardi ataydi ham definitivlik jaqtan aniqlaydi, yag‘niy ug‘imdi tusindiredi. Terminler rasmiylestirilgen til birligi. Olar barliq waqitta ja’miyetlik baqlawda boladi».
Terminlarning ifoda plani so‘zga (hujayra, to‘qima ) yoki turg‘un birikmaga (o‘q ildiz, popuk ildiz) teng bo‘ladi. Haqiqatan ham, termin-larga munosabatda soha mutaxassislari va terminshunos olimlar ham-korlikda ish olib borib, o‘zgartilayotgan yoki alamashtirilayotgan terminlarning sodda, ixcham, eng muhimi, xalqqa tushunarli bo‘lishini ta’minlash ishiga bosh qo‘shishlari ayni muddao bo‘lur edi. Har bir xalqning asriy tajribasini o‘zida mujassam qilgan ona tilidagi lisoniy boyliklarni asrab qolish, ularni ilmiy tahlil qilish, keyingi avlodlarga etkazish hozirgi fan oldida, xususan, tilshunoslik oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda Prezidentimiz I.A.Karimov aytganidek, “Xalqning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo‘lmish o‘zbek tili”1da mavjud bo‘lgan so‘z va iboralarni, atamalar va leksik boyliklarni o‘rganish hamda lisoniy meros sifatida ilmiy tahlilini olib borish bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biridir
3- Mavzu:Terminologiyaning lingvistika obyekti sifatida o‘rganilishi.
Lingvistikada e’tirof etilgan voqelik hisoblanadi. O‘zbek terminologiyasi tizimi ham bundan mustasno emas. Umumiste’mol so‘zlardan farqli ravishda doim maxsus tushunchalarni anglatish, ifodalash uchun xizmat qilishga yo‘naltirilgan terminlar o‘zbek adabiy tilining shakllanish va taraqqiy etish bosqichlari zaminimda tarkib topdi va takomillashdi. O‘zbek adabiy tili leksikasi qonuniyatlari negizida shakllangan termin-ologik leksika tarixini qadimgi turkiy til (UP-X) terminologiyasi, eski turkiy til (XI-XIV) terminologiyasi, eski o‘zbek adabiy tili (XU-XX asr boshi) terminlogiyasi, sho‘rolar davri o‘zbek tili terminologiyasi va istiqlol davri o‘zbek tili terminologiyasi tarzida davrlashtirish salkam o‘n to‘rt asrlik vaqt mobaynida terminlogik leksika tizimida ekstralingvistik va intralingvistik omillar negizida sodir bo‘lgan jarayonlarni anglab yetish imkonini beradi
Umuman, turmushda yuz beradigan har bir o‘zgarish va har bir yangilik tilning lug‘at tarkibida o‘z aksini topadi. Bu hol o‘ziga xos yangi so‘zlar (nomlar-terminlar)ni yuzaga keltiruvchi va shu bilan birga, tilning lug‘at tarkibini hamda leksikasini boyitadi.
Tilshunos N.Ikromova o‘zining oziq-ovqat terminlariga bag‘ishlangan maqolasida oziq-ovqatlar hamda ularning tarkibiy qismi bo‘lgan non va uning turlari haqida fikr yuritib, shunday yozadi: “Leksika tilning rang-barang so‘z qatlamlariga boy bo‘limi bo‘lib, ana shunday leksik qatlamlardan biri o‘zbek tilida oziq-ovqat nomlarini ifodalovchi so‘z-terminlardir”.
Non eng qadimgi ozuqalardan biridir. U bir necha xil don, unlardan (bug‘doy, arpa, jo‘xori, kurmak va sh.k.) tayyorlanadi: masalan, bug‘doy non, arpa non, zog‘ora non, kurmak non kabi. Bu emishning turli xalqlarda tayyorlanish usuli va xillariga ko‘ra nomlanishi ham turlichadir. O‘rta Osiyo xalqlarida esa barcha davrlarda ham talaffuzdagi farqlarni e’tiborga olmaganda deyarli bir xil nomlanadi. Jumladan: o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, qaroqalpoq, uyg‘ur va tojik tillarida non, ozarboyjon, turkman tillarida cho‘rak deb atalib kelingan. O‘zbek tilining tarkibiy qismi bo‘lgan Xorazm shevasida yuqoridagi har ikkala variant, ya’ni non ham, cho‘rak ham qo‘llaniladi.
Aslida, o‘zbek tili lug‘at boyligini kuzatish shundan dalolat beradiki, uzoq yillar, aniqrog‘i, uzoq asrlar davomida tilimizga juda ko‘plab arabcha-forscha so‘zlar, terminlar kirib kelgan. Bularning dastlabki manbalari muqaddas “Avesto” kitobi bo‘lsa, keyinchalik turkiy xalqlar, ayniqsa, o‘zbek xalqi uchun rivojlangan davr IX- XIX asrlardagi badiiy va ilmiy asarlardagi manbalar hisoblanadi. O‘sha davrlarda bularning katta qismi ilmiy termin sifatida yuqori darajaga ko‘tarilgan. Bunday so‘z va terminlar o‘zbek tili terminologiyasi tarkibiga shu darajada singib ketganki, ularni faqat mutaxassislargina bu so‘z arabcha, bu so‘z forscha deb ajrata oladilar. Masalan, kitob, daftar, maktab, giyoh, siyoh, pul, tandir kabi ko‘plab so‘zlarni oddiy o‘quvchi o‘zbekcha o‘zbek so‘z va termin sifatida asrlar davomida qo‘llab kelmoqda.
4-Mavzu:Terminologiyaning hozirgi o‘zbek tili leksik strukturasidagi o‘rni.
Reja:
1.Terminologiyaning rivojlanishi.
2.Terminologiyaning hozirgi vaqtdagi o'rni.
3.Terminologiya bo'yicha olib borilgan ishlar.
Globalllashuv, internet va kompyuterlashtirish asrida O‘zbekiston
Respublikasining jahon hamjamiyati safidan o‘rin olishi davlatlararo
iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va h.k. aloqalarning qizg‘in, jadal
sur’atlar bilan rivojlanishiga olib keldi.
Bunday munosabatlarning ijobiy natijalari nafaqat ijtimoiy-siyosiy,
madaniy-iqtisodiy hayotda, shuningdek, tilda ham o‘z ifodasini
topmoqda. So‘nggi yillarda o‘zbek terminologiyasi tayyor xorijiy leksik
birliklar hamda ular anglatuvchi akademik litsey, kollej, magistr,
magistratura, bakalavr, tender, preferensiya, investitsiya, litsenziya,
diler, megapolis, ekologiya, ekspert, demping, inflyatsiya, kliring,
supermarket, minimarket, giper market, chat, paynet, elektorat,
narkobiznes, milliy aviakompaniya, klasster, robot-taksi, drayver,
elektron viza, tranzit biznes, trend, brend, logistika, vatsapp, rouming,
instagram, telegram, mikrozaym, investor, onlayn, oflayn, onlaynbroker, onlayn rejim, keys-stadi, innovatsion texnopark singari mutlaqo
yangi tushunchalar va realiyalar hisobiga boyib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi olimlarining dunyoning rivojlangan
mamlakatlari yetakchi muassasalari ilm ahli bilan o‘rnatgan ilmiy-texnik
munosabatlarining jadallashuvi, hamkorlikda dolzarb ilmiy masalalar
ustida izlanishlar olib borishning yo‘lga qo‘yilishi, yosh iste’dod
egalarining nufuzli chet el universitetlari va institutlarida o‘qishi yoxud
malaka oshirishi terminlar sistemasining yaqinlashuvi, boyishiga ko‘mak beradi. Hozirgi o‘zbek terminologiyasi uchun G‘arb tillari, ayniqsa,
ingliz tilidan ko‘plab terminlarning bevosita kirib kelishi diqqatga
sazovordir.
Shu bilan bir qatorda, o‘zbek tili terminlarining boshqa tillar
tomonidan o‘zlashtirilayotgani ajablanarli hol emas. Zero, so‘z
o‘zlashtirish hodisasining ikki tomonlama sodir bo‘lishi tilshunoslikda
allaqachon tasdig‘ini topgan.
O‘zbek terminologiyasining o‘z boyliklari va imkoniyatlari hisobiga
taraqqiy etishi ikki yo‘l bilan voqelanadi: a) tilda mavjud, tayyor
so‘zlardan yangi narsa-predmet va tushunchalarni ifodalashda
foydalanish; b) o‘zbek adabiy tili so‘z yasash imkoniyatlari zaminida
yangi terminlar yaratish.
Yangi terminlarni ro‘yobga keltirishda so‘z yasashning morfologik,
semantik va sintaktik usullaridan unumli istifoda etiladi. Terminlar
yaratishda kalkalash usulining ham sezilarli o‘rni bor.
O‘zbek tili terminologiyasining ulkan ulushini ruscha-baynalmilal
fond asosida yuzaga chiqqan nomlar tashkil etadi. Boshqa noturkiy
tillardan o‘zlashgan terminlar o‘zbek xalqi faoliyatning ijtimoiy, siyosiy,
iqtisodiy, sotsial, madaniy, ma’naviy jabhalarini qamrab olganligi bilan
xarakterlidir.
O‘zbek tilida katta miqdordagi arabcha va forscha-tojikcha
o‘zlashmalarning qo‘llanishda qolayotgani sir emas. Bularning muayyan
qismi ilmiy terminologiya tarkibida o‘z faolligini yo‘qotmagan. Xususan,
maktab, sinf, muallim, ma’ruza, muvozanat, vazn, tijorat, bojxona,
viloyat, falak, huquq, tarkib, matn, mavzu, hokim, narx,payvand singari
termin hamda terminologik leksika nafaqat mutaxassislar, shuningdek,
aholining keng qatlamlari nutqida hech qanday qiyinchiliksiz faol
ishlatiladi. Garchi, hozirgi vaqtda o‘zbek tilida terminlar yasash
jarayonida arab va fors-tojik tillari manba sifatida deyarli ishtirok
etmasa-da, ammo o‘zga qarindosh turkiy tillarda bo‘lgani singari o‘zbek
tili lug‘at tarkibidagi terminlarning aksariyati shu qadimiy tillarga
mansubdir. Bu o‘zlashmalar o‘zbek tilining fonetik va grammatik
qoidalariga bo‘ysungan holda yangi mazmun kasb etgan va yangi
voqelangan tushunchalarni ifodalashda xizmat qilmoqda.
5-Mavzu:Terminologiyadagi o‘zgarishlarning umumadabiy jarayonlar bilan bevosita bog‘liqligi
Download 24.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling