Sobitjon Inog’omov farmasevtik qurilmalarida
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
FARMASEVTIK QURILMALARIDA O’LCHASH ASOSLARI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fokusga xos masofa
Optik xal etish
Optik xal etish deb (boshqa nomi-vizirlash ko‘rsatkichi) yorug‘lik dog‘i diametrini va o‘lchash ob’ektigacha bo‘lgan masofani munosbatlariga aytiladi. Pirometrga xos texnik xujjatlashtirishda, odatda vizirlashtirish ko‘rsatkichini aniq qiymati ko‘rsatiladi yoki yo‘nalganlik diagrammasi keltiriladi. 2.3-rasm. Pirometrni mo‘ljalga yo‘naltirish diagrammasi. O‘ziga xos ravishda, yorug‘lik dog‘i diametrini optik hal etish bilan aniqlanadi va pirometr va o‘lchash ob’ekti orasidagi masofaga bog‘liq bo‘ladi (S = k*D, bunda k — vizirlashtirish ko‘rsatkichi, D — ob’ektgacha bo‘lgan masofa. Dog‘ni minimal diametri ob’ektni eng kichik bo‘lgan o‘lchamiga muvofiq keladi va u ushbu pirometr bilan berilgan masofada o‘lchanishi mumkin. Optik xal etish kattaligi qancha katta bo‘lsa (S/D, garchi ba’zan teskari kattaliklardan (D/S) foydalanilsa ham), pirometr shuncha mayda predmetlarni farqlay oladi. O‘lchash aniqligi o‘lchanayotgan dog‘ini diametri ob’ekt o‘lchamidan kichik bo‘lgunga qadar, ob’ektgacha bo‘lgan masofaga qaram bo‘lmaydi. Agarda dog‘ diametri kattalashsa, asbob boshqa ob’ektlardan nurlanishni qabul qila boshlaydi va bu esa o‘lchash natijalariga katta ta’sir ko‘rsatadi. 2.4-rasmda vizirlashtirish dog‘ini joylashishlarini turli varinatlari keltirilgan 48 2.4-rasm. Vizirlashtirish dog‘ini joylashishlarini turli variantlari. 1. to‘g‘ri — bu holatda asbobni faqat tavsiflari bilan aniqlanadi va masofaga bog‘liq emas; . 2. tang xolatdagi — dog‘ni diametri ob’ekt yuzasi o‘lchamiga teng, o‘lchash xatoliklarini kattalashish extimoli mavjud; 3. tang oldi xolat —o‘lchash aniqliklari muxim darajada tushib ketadi, o‘lchashni o‘tkazish tavsiya qilinmaydi. Fokusga xos masofa Ko‘pigina pirometrlar uchun pirometrni yo‘nalganlik diagrammasi faqat etarlicha katta masofalardagina konusga xos deb hisoblanadi, yaqinroqda u yanada ko‘proq murakkab shaklga ega. Ko‘pincha pirometrni sezuvchanlik zonasi avval torayadi, keyin esa konus ko‘rinishida kengayib boradi. Minimal diametrga erishgandagi masofa F fokus masofasi deb ataladi, shunga o‘xshash yo‘nalganlik diagrammasi bo‘lgan pirometrlar uchun ushbu parametr texnik xujjatlashtirishlarda ko‘rsatilishi kerak. Fokuslari 30…60 sm atrofida va dog‘ diamerti 5…8 mm bo‘lgan maxsus qisqa fokusli pirometrlar ham ishlatiladi. Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling