Sobitjon Inog’omov farmasevtik qurilmalarida


Download 3.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/70
Sana03.08.2023
Hajmi3.42 Mb.
#1664850
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   70
Bog'liq
FARMASEVTIK QURILMALARIDA O’LCHASH ASOSLARI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

a) 
b) 
8.1-rasm. Avtomatik yuqori aniqlikga ega bo‘lgan «Rol ½ » (a) va yarim 
avtomat ko‘rinishidagi «Polax-2L» (b) polyarimetrlarining umumiy ko‘rinishi 
kuchlanganligi 

)
Н
(
vektorlari o‘zaro tik yo‘nalgan bo‘lib (
;
;
;
H
E
H
E





e
0
H
0
; e
0
/H
0
=377), to‘lqinning tarqalish yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘lgan 
tekisiklarda tebranadi. SHuning uchun yorug‘lik nuri ko‘ndalang to‘lqindan iborat. 
YOrug‘lik nuri muhitga tushganda undagi elektronlarga asosan o‘zgaruvchan 
elektr maydoni ta’sir qiladi (magnit maydonining ta’siri juda kuchsiz bo‘ladi). 
SHuning uchun yorug‘lik to‘lqinida elektr maydon kuchlanganlik vektorining 
tebranishiga e’tibor beriladi (8.2-rasm). 
Elektr vektorlari har xil tekisliklarda tebranadigan nurga tabiiy nur deb 
ataladi (8.3–rasm). Elektr vektori aniq bir tekislikda tebranadigan nurlarga esa
qutblangan nur deb ataladi (8.3–rasm). 


103
8.2-rasm. Elektromagnit to‘lqinlarini tarqalish yo‘nalishi. 
Elektr vektori tebranayotgan tekislikka qutblanish tekisligi deyiladi. Har 
qanday yorug‘lik manbaidan tabiiy nur tarqaladi. Tabiiy nur ayrim kristallardan 
o‘tganda (masalan: island shpati, turmalin) qutblangan nur hosil bo‘ladi. Bunday 
kristallarga polyarizatorlar deb ataladi. Qutblangan nurning qutblanish tekisligi 
analizator yordamida aniqlanadi. Har qanday polyarizatordan analizator sifatida 
foydalansa bo‘ladi. YOrug‘lik nurlari ba’zan dielektriklardan (suv, shisha) 
qaytganda ham qutblanadi. 
8.3–rasm. Tabiiy, qutblangan va qisman qutblangan
nurlarni tarqalish yo‘nalishlari.
Bryuster qonuni. YOrug‘lik tushish burchagining tangensi dielektrikning 
absolyut sindirish ko‘rsatkichiga teng bo‘lsa, qaytgan nur to‘liq qutblanadi (8.4-
rasm). Bu qonun Bryuster qonuni deb, undagi α burchak esa Bryuster burchagi deb 
ataladi. 


104
8.4-rasm. Bryuster qonuni bo‘yicha yorug‘likning qutblanishi. 
Har qanday qutblangan nur ma’lum intensivlikka ega bo‘ladi. Agar bunday 
nur analizator orqali o‘tkazilsa, uning intensivligi o‘zgaradi. Intensivlikning 
qanday o‘zgarishi polyarizator bilan analizator qutblanish tekisliklari RR va AA 
ning bir-birlariga nisbatan joylashishiga bog‘liq (8.5–rasm). 
8.5-rasm. Polyarizator va analizatorning bir-biriga 
nisbatan joylashishi: 1- yorug‘lik manbai; 2- tabiiy nur; 
3- polyarizator; 4- qutblangan nur; 5- kyuveta; 6-30
o
ga burilgan 
qutblangan nur; 7- analizator; 8- kuzatuvchi.
Tabiiy yorug‘likning nuri kristallning bosh optik o‘qi bo‘yicha o‘tayotgan 
bo‘lsa, u holda bu nur shu kristaldan chiqqandan so‘ng o‘zining xossalarini 
o‘zgartirmaydi, lekin ko‘p hollarda yassi qutblangan yorug‘lik ba’zi bir 
kristallarga tushganda (kvars, kinovar) E vektorning tebranish tekisligi qandaydir 
burchakka buriladi, bunday moddalarga optik aktiv moddalar deb ataladi. Optik 
aktiv moddalarga qand eritmasi ham kiradi. Optik aktiv moddalarda E vektori 
tebranish tekisligining burilish yo‘nalishi bilan har xil bo‘ladi. E vektori tebranish 
tekisligining burilishi kuzatuvchi uchun soat strelkasi yo‘nalishida bo‘lsa, bunda 
modda o‘ngga buruvchi deb ataladi. Agar soat strelkasi yo‘nalishiga teskari bo‘lsa, 
bunday modda chapga buruvchi deb ataladi.
Ko‘p moddalar, masalan: kvars 2 xil modifikatsiyada mavjud bo‘ladi. 
Birinchisi o‘ngga bursa, ikkinchisi chapga buradi. Optik aktiv moddalar 
eritmasidagi qutblanish
tekisligining burilish burchagi () shu moddaning 


105
konsentratsiyasiga (S), nurning eritmadagi yo‘l uzunligiga (

) to‘g‘ri 
proportsional, ya’ni: 
𝜑 = [𝜑˳] ∙ (𝑆 ∙ 𝑙 ) (18.1) 
bu erda, 
𝜑˳ - proporsionallik koeffitsienti yoki solishtirma burilish burchagi 
bo‘lib, u 
 
C
0





(18.2) 
ifodaga ko‘ra

= 1 dm va S =1 g/sm
3
bo‘lgandagi burilish burchagiga teng. 
 ni graduslarda,

ni dm larda va S ni g/sm
3
larda ifodalash qabul 
qilingan. Solishtirma burilish burchagi temperaturaga bog‘liq va yorug‘lik to‘lqin 
uzunligining kvadratiga taxminan teskari proportsional. YUqoridagilardan 
noma’lum eritmalar konsentratsiyasi 18.1 formulaga ko‘ra 
𝑆 =
𝜑
[𝜑˳]∙𝑙
(18.3) 
ifoda bilan aniqlanadi. Bu usul biofizik tadqiqotlarda va tabobatda siydikdagi 
qandning va qondagi qandning konsentratsiyasini aniqlash uchun keng 
qo‘llaniladi. Bunda qo‘llaniladigan o‘lchash qurilmasi polyarimetr yoki 
saxarimetrlar deb ataladi. Polyarimetrning tuzilish sxemasi 18.6-rasmda 
tasvirlangan. 
8.6-rasm. Polyarimetrning tuzilish sxemasi: 
R-polyarizator; A- analizator; T- qand eritmasi
solingan kyuveta- trubka. 
Polyarizator qutblanish tekisligining burilish burchagini kuzatishning eng 
sodda qurilmasi hisoblanadi. Trubkada suyuqlik yo‘q holatda analizatorni shunday 
burish kerakki kelayotgan yorug‘lik butunlay ko‘rinmasin (Nikol prizmalar bir-
biriga tik). Agar trubkani suyuqlik bilan to‘ldirib qo‘ysak, u holatda tebranish 


106
tekisligining burilishi natijasida kuzatish soxasida yorug‘lik hosil bo‘ladi. 
Analizatorni bu soxasida yana qorong‘ulik hosil bo‘lguncha burish kerak, burilish 
burchagi  E vektor tebranish tekisligining burilishiga teng bo‘ladi. Quyida biz 
optik aktiv moddalar hamda dori vositalari tarkibidagi ta’sir etuvchi moddalarni 
konsentratsiyasini aniqlash uchun ishlatiladigan polyarimetrlarni qiyoslash 
metodikasi bilan tanishamiz.

Download 3.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling