Sobitjon Inog’omov farmasevtik qurilmalarida


Download 3.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/70
Sana03.08.2023
Hajmi3.42 Mb.
#1664850
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   70
Bog'liq
FARMASEVTIK QURILMALARIDA O’LCHASH ASOSLARI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

3.2. Sinab ko‘rish  
3.2.1. Fotoelektrik polyarimetrning buraladigan va harakatlanadigan qismlarini 
qiyoslash davomida quyidagi talablarga mos kelishi kerak: 
- ko‘rish trubasining okulyari aniq ko‘rinishga oson va bir tekis buralish 
orqali keltirilishi kerak; 
- analizatorning buralishi va uning shkalasi barcha o‘lchash chegaralarida 
oson va bir tekis buralishi kerak; 
- polyarizatorning xolatini boshqarish konstruksiyada ko‘rsatilganidek barcha 
o‘lchash masofasida oson va bir tekis o‘zgarishi kerak; 
- hisob olinadigan okulyarning shkalasini yaxshi ko‘rinadigan xolatga 
keltirish oson va bir tekis buralish orqali keltirish kerak; 
- kyuveta qo‘yiladigan bo‘limning qopqog‘i oson ochilishi va zich xolatda 
yopilishi kerak. 
3.2.2. Fotoelektrik polyarimetrning yorug‘lik manbaini to‘g‘ri yoki bir tekis 
yoritishini tekshirish uchun diafragma oldiga oq rangli ekran qo‘yish va unda 
yoritilganlikni bir tekis taqsimlanishi aniqlanishi kerak; 
- keyin oq ekranni kyuveta qo‘yiladigan joyga qo‘yib vizual xolda 
yoritilganlikni optik o‘qiga perpendikulyar xolda bir tekis taqsimlanishi 
aniqlanadi; 
- polyarimetr okulyarining ko‘rish maydonini tekshirishda maydon 
chiziqlarini bo‘linishi yupqa, aniq va yaxshi ko‘rinadigan chiziq asosida va u 
ko‘rish maydonini aniq ikki bo‘lakka ajratishi kerak va shu bilan birga har qanday 
xolatda ham ko‘rish maydoni aylana shaklida bo‘lishi kerak. 
- polyarimetrning kyuveta qo‘yiladigan joyga ketma-ket har xil o‘lchamdagi 
bo‘sh kyuvetalarni qo‘yish moslamasi bilan qo‘yib borib undagi yoritilganlikni 
bir tekis ekanligi tekshiriladi. 


110
3.2.3. Polyarimetrning o‘lchash oralig‘ini tekshirish uchun, kyuveta 
qo‘yiladigan joyga polyarimetrik plastinka joylashtiriladi. Bunda qutblanish 
tekisligining burilish burchagi chegaraviy o‘lchash qiymatiga nisbatan 2
o
dan ko‘p 
bo‘lmasligi kerak. 
3.2.4. Analizatorning bir tekis buralishini bir vaqtning o‘zida o‘lchash 
diapazonini tekshirish va shkalaning siljishini kuzatish orqali tekshiriladi. 
Analizatorning bir tekis buralishi shkala bilan birga bir tekis, pasportda 
ko‘rsatilgan tezlikda harakatlanishi kerak. 
3.2.5. Hisob olinadigan shkalaning ko‘rinish sifatini barcha o‘lchash 
oraliqlarida vizual tekshirib chiqiladi. SHkalaning bir bo‘limidan ikkinchi 
bo‘limiga o‘tish analizatorni burash orqali yoki kompensator orqali amalga 
oshiriladi. Fotoelektrik polyarimetr shkalasining ko‘rinish sifati analizatorni 
burash va uni kuzatish orqali, hamda kyuveta qo‘yiladigan joyga namunaviy 
polyarimetrik plastinkalarni qo‘yish orqali o‘lchash chegarasi tekshiriladi. Bunda 
plastinkalarda ko‘rishni qiyinlashtiruvchi xiralik, qirilish va boshqa defektlar 
bo‘lmasligi kerak. 
Polyarimetrning hisob olinadigan bo‘limi yorug‘ va ko‘rish qismi bir tekis 
yoritilgan bo‘lishi hamda noniusning shtrixlari aniq ko‘rinadigan, hech qanday 
qirilish va kirlanishlar bo‘lmasligi kerak.
3.2.6. Polyarimetrning hisob oladigan moslamasini tekshirish uchun nonius 
bilan noniusning hisob oladigan nolinchi bo‘limini ustma-ust tushirish kerak. 
Bunda nonius shkalasining oxirgi qiymati shkalaning ma’lum bir qiymati bilan 
aniq mos kelmasa, unda qiymat noniusning yarim qiymatidan ko‘p bo‘lmagan 
miqdorda xatolik bilan olinadi. Optik mikrometr o‘rnatilgan polyarimetrlarda esa 
to‘g‘ri va qaytgan tasvirlarni mos kelishi asosida mikrometrdan hisob olinadi. 
Ikkala xolatda ham shkalani tekshirish uning uch xil nuqtalarida olib 
boriladi va xulosa qilinadi. SHkalaning har xil bo‘limlarini tekshirish uchun 
fotoelektrik polyarimetrlarda ularga qutblanish tekisligining burilish burchagi har 
xil bo‘lgan polyarimetrik plastinkalarni o‘rnatish orqali aniqlanadi.


111
3.2.7. Analizatordan olinadigan hisoblarni to‘g‘riligi va qaytariluvchanligini 
shkalaning uchtadan kam bo‘lmagan har xil bo‘limlarida, shu bilan birga nol 
bo‘limda va barcha to‘lqin uzunliklarida, ketma-ket qurilmaning kyuveta 
qo‘yiladigan joyiga har xil burilish burchagiga ega bo‘lgan polyarimetrik 
plastinkalarni o‘rnatish orqali aniqlanadi. Analizatordan olinadigan hisoblarni 
to‘g‘riligi va qaytariluvchanligini texnik xujjatda ko‘rsatilgan qiymatlardan ko‘p 
bo‘lmasligi kerak. 
3.2.8. Polyarimetrning sezgirligini tekshirish uchun uning ko‘rish 
maydonini yarim yorug‘ yarim qorong‘u ko‘rinishga keltirib tekshiriladi. Bunda 
analizatorni birinchi xolatiga nisbatan besh xil bo‘lim qiymatlari uchun ya’ni 
qurilmaning sezgirligiga mos keluvchi qiymatlar orqali tekshiriladi. Bu qiymatlar 
aniq bir qurilmalar uchun aniq ko‘rinishda pasportda keltiriladi. Agar analizator 
ko‘rish maydonlarida yoritilganlikni o‘zgarishi aniq sezilsa, unda qurilmaning 
sezgirligi etarli hisoblanadi. Agar analizator ko‘rish maydonlarida yoritilganlikni 
o‘zgarishi aniq sezilmasa, unda qurilmani sozlash yoki yorug‘lik manbaini 
almashtirishga to‘g‘ri keladi.

Download 3.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling