Sobitjon Inog’omov farmasevtik qurilmalarida


Download 3.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/70
Sana03.08.2023
Hajmi3.42 Mb.
#1664850
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   70
Bog'liq
FARMASEVTIK QURILMALARIDA O’LCHASH ASOSLARI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

5. Qiyoslashni o‘tkazish 
5.1. Tashqi ko‘rik 


126
5.1.1. Refraktometr IRF-454 pasportda ko‘rsatilgan vositalari ko‘rsatib 
o‘tilgan talabga javob berishi kerak. 
5.1.2. Refraktometr IRF-454 tashqi ko‘rik bo‘yicha quyidagi o‘rnatilgan 
talablarga javob berishi kerak: 
a) yangi refraktometrlarning metall buyumlarida uchli qirralari bo‘lishi 
mumkin emas. Bu detallarda o‘tkir uchli joylari bo‘lsa ular o‘tmas xolatga keltirib 
qo‘yilishi kerak. 
b) metall buyum detallaridagi ushlagichlar bir tekis va aniq ko‘rinishda 
bo‘lishi kerak. 
v) vint va gaykalarning qirralari bo‘lmasligi kerak. 
g) metall buyum detallarining ustki qismlarida zanglar, metall oqmalari, 
bo‘yoqlarning oqmalari va refraktometrning tashqi ko‘rinishini buzib turadigan 
defektlar bo‘lmasligi kerak. 
d) refraktometrning ustki qismlari bir tekis, yuzasidagi bo‘yoqlari 
ko‘chmagan, qirilmagan xolatda bo‘lishi kerak. 
Refraktometrning tashqi yuzasida shtrix-kod, son va belgilar aniq 
ko‘rinadigan xolatda bo‘lishi kerak. 
a) refraktometrning korpusida birka mahkamlangan bo‘lib, unda ishlab 
chiqaruvchi korxona nomi, refraktometrning shifri, indeks modellari va uning 
nomeri ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. 
5.2. Sinab ko‘rish 
5.2.1. Refraktometrning yig‘ishdagi sifati va ularning alohida qismlarini sinab 
ko‘rish va ko‘rikdan o‘tkazish orqali tekshiriladi, bunda 
a) Refraktometrning barcha mahkamlangan detallari va qismlari asosiy 
tayanch bilan zich xolatda bo‘lishi kerak; 
b) barcha buraladigan va harakatlanadigan qismlari bir tekis va yumshoq 
xolatda buralishi va harakatlanishi kerak; 
5.2.2. Refraktometrning optik qismlarini tayyorlanishi va yig‘ishdagi sifati 
sinab ko‘rish va ko‘rikdan o‘tkazish orqali tekshiriladi; bunda 


127
a) refraktometrning optik detallarining yuzasida uchgan joylari qo‘pol 
qirilishlar bo‘lmasligi kerak; 
b) elim bilan yopishtirilgan detallarni ko‘chirish mumkin emas; 
v) alyuminiy bilan qoplangan optik qismlarda ko‘chgan va buzilgan joylari 
bo‘lmasligi kerak.
5.2.3. Refraktometrning o‘lchash qismlarining sifatini sinab ko‘rish va 
ko‘rikdan o‘tkazish orqali tekshiriladi; bunda 
a) refraktometrning buraladigan qismlari bir tekis buralishi kerak; 
b) refraktometrning shkalasi yaxshi yoritilgan xolatda bo‘lishi kerak; 
5.2.4. Okulyarning dioptriy chegarasini aniqlash 
Refraktometr okulyarining dioptriy chegarasini dioptriy trubkasi yordamida 
quyidagi tarzda aniqlanadi: 
- dioptriy trubkasini cheksiz xolatga qo‘yiladi, 
- dioptriy trubkasini refraktometrning okulyariga o‘rnatiladi; 
- refraktometrning okulyarini birinchi boshlang‘ich chegaraviy va keyin 
oxirgi chegaraviy xolatlarga o‘rnatiladi. Dioptriy trubkasini shkalani yaxshi 
ko‘rinadigan xolatiga qo‘yiladi va dioptriy trubkasining shkalasidan hisob olinadi. 
Okulyarning dioptriy chegarasi ±5 dioptriydan kam bo‘lmasligi kerak. 
5.2.5. Refraktometrning ko‘rish maydoni, yorug‘lik va qorong‘ilik 
chegarasining sifatini tekshirish.
Refraktometrning ko‘rish maydoni, yorug‘lik va qorong‘ilik chegarasini 
joylashishini okulyarga qarab kuzatish orqali tekshiriladi. Bunda refraktometrning 
ko‘rish maydoni quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
- refraktometrning ko‘rish maydoni toza, dumaloq ko‘rinishda bo‘lib, 
o‘rtasida chiziq bilan ikki qismga, yorug‘ va qorong‘i qismlarga ajratilgan xolatda 
bo‘lishi kerak; 
- yorug‘ qismi bir tekis yoritilgan xolatda bo‘lishi kerak; 
- yorug‘ va qorong‘i qismlarining o‘rtasidagi chegara aniq, bir tekis va 
ranglarga bo‘yalmagan xolatda bo‘lishi kerak; 


128
- refraktometr ko‘rish maydonidagi shtrix chiziq va shkalaning raqamlari, 
hamda X - ko‘rinishdagi kesishishgan chiziq aniq ko‘rinishi, defektsiz bo‘lishi, 
hisoblarni olish uchun noqulay xolatda bo‘lmasligi kerak; 
- hisob olinadigan chiziqlar shkalaning shtrix chiziqlariga parallel va ko‘zga 
yaxshi ko‘rinadigan bo‘lishi kerak. 
5.2.6. Disspersiya kompensatorini tekshirish 
5.2.6.1. Disspersiya kompensatorini kunduzgi yorug‘lik bilan quyidagi tarzda 
tekshiriladi: 
- prizmaga bir tomchi suv tomizib ustki prizmani yopamiz va kunduzgi 
yorug‘likni oyna orqali tushirib refraktometrik blokdagi yoritiladigan prizmani 
yoritib berishga erishish kerak. Disspersiya kompensatorini burash orqali yorug‘ va 
qorong‘i qismlarining chegarasini X - ko‘rinishdagi chiziqlarni kesishishgan 
nuqtasiga olib kelamiz. Keyin xuddi shunday tarzda ikkinchi xolat uchun n
D
ko‘rsatkichni yozib olamiz. SHunga o‘xshash 5 marotaba o‘lchashlar davomida 
ularning farqini aniqlaymiz. Sindirish ko‘rsatkichining olingan natijalar bo‘yicha 
farqi ±1∙10
-4
dan katta bo‘lmasligi kerak. 
5.2.6.2. Disspersiya kompensatorini natriyli sariq chiroqda quyidagi tarzda 
tekshiriladi: 
- refraktometrni qorong‘i xonaga o‘rnatib natriyli sariq chiroq bilan yoritiladi; 
- o‘lchash prizmasiga bir tomchi disstillangan suv tomizib kompensatorni bir 
necha xolatda sindirish ko‘rsatkichi aniqlanadi. Qorong‘i va yorug‘lik 
chegarasining siljishi shkalaning 0,1 bo‘limidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. 
5.3. Metrologik parametrlarni aniqlash. 
5.3.1. Refraktometrning sindirish ko‘rsatkichi bo‘yicha asosiy xatoligini 
aniqlash: 
- refraktometrning asosiy xatoligi namunaviy prizma vak plastinkalar orqali 
amalga oshiriladi. Refraktometrning ustki prizmasi ochiladi. Namunaviy va 
o‘lchanadigan prizmaning ustki qismlari efir bilan spirtning aralashmasida artiladi. 
Namunaviy prizmaning (plastinkaning) ustiga bir tomchi immersion suyuqlik 
tomizilib keyin uni o‘lchash prizmasining ustiga shunday o‘rnatiladiki, immersion 


129
suyuqlik prizmaning chetlaridan chiqib ketmagan xolda uning yuzasida bir tekis 
taqsimlansin. Agar prizmaning bir-biriga tegib turgan yuzalari orasidak 2-3 tadan 
ortiq polosalar kuzatilsa, unda prizma qaytadan yaxshilab tozalanib o‘rnatiladi. 
Keyin 5 marotaba sindirish ko‘rsatkichi o‘lchanadi. O‘lchangan qiymatlarni 
o‘rtacha arifmetik qiymatlari aniqlanadi va uni namunaviy prizma (yoki 
plastinka) ning qiymatlari bilan solishtiriladi. Ularning farqi ± 2,5∙10
-4
dan 
oshmasligi kerak. 
5.3.2. Refraktometrning o‘rtacha disspersiyasi bo‘yicha n
F
- n
c
asosiy 
xatoligini aniqlash. 
Refraktometrning o‘rtacha disspersiyasi bo‘yicha asosiy xatoligini n
F
- n
c
disstillangan suv va namunaviy plastinka yordamida aniqlanadi: 
- sindirish ko‘rsatkichini 1,2 - 1,7 oralig‘ida o‘lchash disstillangan suv va 
markasi TK-21(TK-20) bo‘lgan plastinkalar bo‘yicha aniqlanadi 
- sindirish ko‘rsatkichining 1,6 - 2,0 oralig‘ida TF - 5 va STF - 58 markali 
shisha plastinkalar orqali aniqlanadi. 
Bunda hisoblashlar quyidagi formula orqali amalga oshiriladi:
n
F
- n
c
= A + V k 
bu erda, n
F
- n
c
- o‘rtacha disspersiya; 
A, V va k - jadvaldan olinadigan qiymatlar; 
Disstillangan suv bilan ishlanganda refraktometrga termostat щrnatiladi. Ustki 
va o‘lchash prizmalari orasiga bir tomchi suv tomiziladi.
Namunaviy plastinkalarda ishlanganda esa, ularga immersion suyuqlik 
surtiladi, keyin o‘lchash prizmasiga joylashtiriladi. CHegaraviy chiziqni rangsiz 
xolatga keltiriladi va kompensatorning ikki xil xolati uchun 5 martadan hisob 
olinadi. Olingan natijalar bo‘yicha o‘rtacha arifmetik qiymati aniqlanadi va undan

Download 3.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling