Sobitjon Inog’omov farmasevtik qurilmalarida
Mustaqil tayyorlanish uchun savollar
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
FARMASEVTIK QURILMALARIDA O’LCHASH ASOSLARI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
- Bu sahifa navigatsiya:
- AREOMETRLARNING TUZILISHI, ISHLASH PRINTSIPI, QO”LLANILISHI VA ULARNI QIYOSLASH Ishdan maqsad
- Asboblar va qurilmalar 1. Har xil o’lchash shkalasiga ega bo’lgan areometrlar. 2. Har xil organic va noorganik suyuqliklar va har xil zichlikga ega bo’lgan eritmalar.
Mustaqil tayyorlanish uchun savollar 1. Absolyut va nisbiy nur sindirish ko‘rsatkichlari deb nimaga aytiladi? 131 2. Yorug‘likning to‘la qaytish hodisasi qanday tushuntiriladi ? 3. Refraktometrning optik qismlari sxemada qanday joylashgan ? 4. Kompensator qanday vazifani bajarishga mo‘ljallangan ? 5. Refraktometrning asosiy qismlarini ayting. 6. Eritmaning sindirish ko‘rsatkichi nimalarga bog‘liq? 7. Refraktometr qo‘llanishiga misolllar keltiring. 8. Refraktometrni qiyoslash metodikasini gapirib bering? 132 9-LABORATORIYA ISHI AREOMETRLARNING TUZILISHI, ISHLASH PRINTSIPI, QO”LLANILISHI VA ULARNI QIYOSLASH Ishdan maqsad: areometrlarning tuzilishi, ishlash prinsipi va ularni qiyoslash metodikasi bilan tanishtirish. Vazifa: areometrlarning tuzilishi va ishlash prinsiplarini o‘rganish, areometrlarni qiyoslashni o’rganish va qiyoslash natijalarini taxlil qilish. Asboblar va qurilmalar 1. Har xil o’lchash shkalasiga ega bo’lgan areometrlar. 2. Har xil organic va noorganik suyuqliklar va har xil zichlikga ega bo’lgan eritmalar. Nazariy qism Barchamizga ma’lumki, o’tmishda ham hozirgi kunda ham zichlik tushunchasi har bir sohada keng qo’llaniladi. Albatta sanoatda, ishlab chiqarish jarayonlarida bu termin tez-tez tilga olinadi va qo’llaniladi. Suyuqlik zichligini aniqlash uchun areometr o’lchash vositasi ishlatiladi. Ushbu o’lchash vositalari yirik ishlab chiqarish zavodlarida, neft ba’zalarida, yoqilg’i quyish shahobchalarida va ishlab chiqarish faoliyatinig boshqa turlarida keng miqyosda ishlatilib kelinmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimiz xududida turli xildagi areometrlar, densimetrlar va zichlikni o’lchovchi boshqa turdagi o’lchash vositalarining ishlab chiqarish jarayonlarida qo’llanilishi ortib bormoqda. Qalqovichi butunlay cho'kadigan zichlik o'lchagichlarda tekshirilayotgan suyuqlikda qalqovichning cho'kish chuqurligi amalda doimiy bo'lsada, suyuqlik zichligiga proportsional bo'lgan, qalqovichga ta'sir etuvchi itaruvchi kuch o'lchanadi. Laboratoriya va ishlab chiqarish sharoitlarida ko'proq Arximed qonuniga asoslangan xolda ishlaydigan suyuqlikning zichligini o'lchash uchun areometr deb nomlanuvchi, qalqovichli zichlik o’lchash asboblari ishlatiladi. Ular 133 turli xil ko'rinishda: shishali yoki metalli bo'lishi mumkin. Areometrlar davlat standarti bo'yicha ikki guruhga bo'linadi: - suyuqlik zichligini o'lchash uchun mo'ljallangan areometrlar densimetrlar deb atalib, ularning shkalasi zichlik birliklarida darajalangan bo'ladi va ular yordamida turli xil suyuqliklarni: kislotalar, ishqorlar, asoslar va boshqa suyuqliklarni zichliklarini o’lchash uchun qo’llaniladi (9.1- va 9.2-rasmlar); - aralashmalarning kontsentratsiyasini o'lchash uchun mo'ljallangan areometrlar, ularning shkalasi og'irlik yoki hajm bo'yicha foizlarda darajalangan bo'ladi. 9.1-rasm. Areometrlarning umumiy ko’rinishi. 9.2-rasm. Areometr yordamida suvning zichligini (1) va kislotaning zichligini (2) o’lchash. O’lchash vositalari yordamida olingan natijalarning sifatli bo’lishi uchun birinchi navbatda ularning aniqlik darajasi ta’minlangan bo’lishi kerak. O’zbekiston Respublikasi xududida ushbu o’lchash vositalarining metrologik aniqlik darajasini ta’minlash va metrologik ko’rikdan o’tkazish “O’zstandart” 134 Agentligi vakolatiga kiradi. Ishlab chiqarish korxonalarida qo’llaniladigan barcha o’lchash vositalari o’rnatilgan tartibda davriy ravishda qiyoslash ko’rigidan o’tkazilib turiladi. Shu jumladan areometrlar ham O’zbekiston milliy metrologiya institutida davriy ravishda qiyoslash ko’rigidan o’tkazilib turiladi va buning uchun u erda barcha sharoitlar yaratilgan. Avstriya davlatida ishlab chiqarilgan DMA-4500 qurilmasi qiyoslash uchun qo’llaniladigan turli xildagi namunalarni tarkibini 0,00005 g/sm 3 aniqlikda o’lchash xususiyatiga ega. Ushbu namunaviy o’lchash vositasi yordamida tayyorlangan standart namunalar hamda yuqori aniqlikdagi namunaviy o’lchash vositalari yordamida areometrlarning aniqlik darajasi etalon suyuqliklar yordamida tekshiriladi va bu areometrlar uchun qiyoslash ko’rigidan o’tkazilganligi to’g’risida guvohnoma beriladi. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish jarayonlarida qo’llanilayotgan areometrlar 9.1-jadvalda keltirilgan va ular quyidagi guruxlarga ajratiladi: 9.1-jadval Areometrlarning turlari Areometrlarning qo’llanilishi bo’yicha tiplari Umumiy qo’llash uchu mo’ljallangan areometrlar АОН-1, АОН-2, АОН-3, АОН-4, АОН-5; Sut maxsulotlari uchun areometrlar АМ, АМТ; Neft mahsulotlari uchun areometrlar АН, АНТ-1, АНТ-2; Spirt uchun areometrlar АСП-1, АСП-2, АСП-3, АСП- Т; Elektrolitlar uchun areometrlar АЭ-1, АЭ-2, АЭ-3; Grunt aremetrlari АГ; Dori vositalari tayyorlash uchun mo’ljallangan areometrlar ADV -1, ADV -2, ADV -3 135 9.1-jadvalda keltirilgan ishlab chiqarishning turli sohalarida qo’llaniladigan areometrlar tuzilishi va ishlash printsipi bo’yicha bir-biriga o’xshash lekin ular shkalasining qiymatlari va aniqlik darajasi bilan bir-biridan farq qiladi. 9.2- jadvalda umumiy ishlatish uchun mo’ljallangan areometrlarning o’lchash diapazonlariga bog’liqlik taqsimoti keltirilgan. 9.2-jadval Umumiy ishlatish uchun mo’ljallangan areometrlarning o’lchash diapazonlari Kimyo va oziq-ovqat sanoatida zichlikni uzluksiz o'lchashda tekshirilayotgan suyuqlik uchun qalqovichi doimiy cho'kib turuvchi avtomatik asboblardan foydalaniladi. Qalqovichli zichlik o'lchagichda kirish trubkachasi orqali tekshirilayotgan suyuqlik zichlik o'lchagichning o'lchash kamerasi 1 ga berilib, chiqish trubkachasi orqali to'kiladi. Qalqovich 2 shtok 3 orqali tortsion trubka 4 bilan sharnirli Nomi Zichlikni o’lchash diapazoni, кg/м³ Bo’lim bahosi t, °С Areometrning uzunligi, мм АОН – 1 700–760, 760–820, 820–880, 880– 940, 940–1000, 1000–1060, 1060– 1120, 1120–1180, 1180–1240, 1240–1300, 1300–1360, 1360– 1420, 1420–1480, 1480–1540, 1540–1600, 1600–1660, 1660– 1720, 1720–1780, 1780–1840 1 170 АОН – 2 1000–1080, 1080–1160, 1160– 1240, 1240–1320, 1320–1400 1400–1480, 1480–1570, 1570– 1660, 1660–1750, 1750–1840 1 305 АОН – 3 1000–1400 10 300 1300–1800 20 АОН – 4 700–1000 5 320 1000–1500 10 1000–1800 20 АОН – 5 650–720, 720–790, 790–860, 860…930, 930–1000, 1000–1070, 1070–1140, 1140–1210, 1210– 1280, 1280–1350, 1350–1420, 1420–1490, 1490–1560 0,5 480 136 bog'langan bo'lib, uning yordamida o'lchash kamerasidan oqib o'tayotgan suyuqlik zichligini o'lchashda qalqovichda hosil bo'ladigan itaruvchi kuchni muvozanatlashtiruvchi kuch hosil qilinadi. Bundan tashqari tortsion trubka 4 differensial - transformatorli o'zgartgich 5 ning o'zagi bilan bog'langan bo'lib, unga to'g'ri keladigan o'lchash asbobi ulanadi. Ulash kamerasi davriy ravishda asosning ostki qismida o'rnatilgan to'kish jo'mragi orqali tozalanadi. Sanoatda 900-1800 kg/m 3 o'lchash diapazoniga, ±4 % xatolikka ega bo'lgan gidrostatik zichlik o'lchagichlar ishlab chiqariladi. Areometrlar yakka yoki to’plam holda chiqariladi. To’plamda 19 ta areometr bo’lib, eng engilining darajasi 0,700, eng og’iriniki esa 1,8400 teng bo’ladi. Aniqlashni 20°С xaroratda spirtga eng engilini tushirishdan boshlash kerak. Agar xarorat 20°С dan farq qilsa, 20°С dagi spirtning quvvatini GOST ning 1-jadvali (massa buyicha) yoki 2-jadvali (xajm buyicha) asosida topish ham mumkin. Refraktometrik usulda spirtniig quvvatini aniqlash. Toza suvning nur sindirish ko’rsatgichi 1,3330 ga teng, absolyut spirtniki esa 1,36242 ga teng. Shu ko’rsatgichlar asosida tuzilgan jadvaldan foydalanib, spirtning hajmiy quvvati topiladi. Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling