Sobitjon Inog’omov farmasevtik qurilmalarida


Mustaqil tayyorlanish uchun savollar


Download 3.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/70
Sana03.08.2023
Hajmi3.42 Mb.
#1664850
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   70
Bog'liq
FARMASEVTIK QURILMALARIDA O’LCHASH ASOSLARI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

 
Mustaqil tayyorlanish uchun savollar 
1. Reaktorlarning tuzilishi, ishlash printsipi va ularni qollanilishini to’g’risida 
ma’lumot bering.
2. Reaktorlar qanday guruhlarga bo’linadi? Tushuntirib bering.
3. Dori vositalari tayyorlash uchun qanday reaktorlardan foydalaniladi?
4. Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash uchun qanday reaktorlardan 
foydalaniladi? 
 
 
 
 
 
 
 


146
11-LABORATORIYA ISHI 
 
 
XRAMATOGRAFLARNING TUZILISHI, ISHLASH PRINTSIPI, 
QO”LLANILISHI VA ULARNI QIYOSLASH
 
Ishdan maqsad: xramatograflarni tuzilishi, ishlash prinsipi va ularni
qiyoslash metodikasi bilan tanishtirish. 
Vazifa: xramatograflarni
tuzilishi va ishlash prinsiplarini o‘rganish, uni 
qiyoslash va qiyoslash 
natijalarini taxlil qilish.
Asboblar va qurilmalar 
1. xramatograflar;
2. xramatografni qiyoslash uchun kerak bo’ladigan moslamalar;
3. Distillangan suv;
4. Pipetkalar;
5. artish va tozalash uchun paxta yoki bint. 
 
Nazariy qism 
Sodda va murakkab moddalarni, birikmalarni analiz qilish yoki ularni qanday 
moddalardan tashkil topganligini bilish, ularni bir-biridan ajratib olish uchun 
qo’llaniladigan sodda va oson va moddalarni tarkibi to’g’risida aniq ma’lumot 
beruvchi usullardan biri xramatografiya usuli hisoblanadi. Xramatografiya 
so’zning ma’nosi shramatos - rang + grafiya - men yozaman, ajrataman degan 
ma’noni anglatib sorbent qatlami bo'ylab moddalar zonasini harakatlanish fazasi 
oqimida va sorbsiya va desorbtsiya aktlarini takroriy takrorlash asosida harakat 
qilishga asoslangan moddalarni ajratish, tahlil qilish va fizik-kimyoviy tadqiq 
qilish usuli hisoblanadi. Bunday holda, ajratiladigan moddalar tarkibidagi 
komponentlarni ikkita o'zgarmas faza o'rtasida, ya’ni xarakatlanuvchan va 
statsionar (xarakatlanmaydigan) fazalar o’rtasida taqsimlanishiga asoslangan. 
Birinchi faza gaz yoki suyuqlik shaklida, ikkinchisi esa qattiq modda ko’rinishida 
bo’lishi mumkin. 


147
Moddalarni tarkibini analiz qilish uchun ishlatiladigan xromatografiya usulini
qo’llash taklifi XX asrning boshlarida olimlar tomonidan kiritilgan lekin bu usul 
sanoat miqyosida va laboratoriya sharoitida 1960 yildan keyin, xromatografiya 
uchun maxsus qurilmalar takomillashgandan keyin qo’llanila boshlagan. 
Xramatografiya usuli yordamida turli xildagi analizlarni amalga oshirish mumkin, 
shuning uchun bu usulni ilmiy-tadqiqot ishlari va sanoat miqyosidagi ishlab 
chiqarishda modda tarkibini analiz qilish, ularni ajratib olishda ba’zi bir 
yo’nalishlarda asosiy usul sifatida, ba’zi sohalarda esa qo’shimcha, to’ldiruvchi 
usul sifatida qo’llaniladi. Masalan, neft va gaz qazib olishda ko’pchilik analizlar 
xramatografik usul yordamida amalga oshiriladi. Xramatografik tahlil usullari 
uchun qo’llaniladigan zamonaviy qurilmalardan biri 11.1-rasmda tasvirlangan. 
11.1-rasm. Xramatografik tahlil usullari uchun qo’llaniladigan
qurilmaning umumiy ko’rinishi. 
Yuqoridagilardan tashqari xramatografik tahlil usuli ishlab chiqarishda 
organik moddalarni sintez qilishda, laboratoriya sharoitida va sanoatda ishlab 
chiqarilayotgan maxsulotlarni va ularni tashkil etuvchi moddalarni sifat 
ko’rsatkichlarini tekshirishda foydalaniladi. Ekologiya sohasida bu usul 
moddalarning tarkibidagi har xil aralashmalar, gerbidsid va pestidsidlarni 
miqdorini aniqlashda qo’llaniladi. Oziq-ovqat sanoatida mahsulotlarni tarkibini, 


148
shu bilan birga ularning tarkibida asosiy moddalarni standart talablariga javob 
berishi, turli xil substansiyalarni ajratib olish va miqdorini aniqlashda qo’llaniladi. 
Shu bilan birga xramatografik tahlil usuli farmasevtika sanoatida, kosmesevtikada 
va krimininalistika tekshiruvlarida juda keng miqyosda qo’llaniladi. 
Xramatografik tahlil usuli farmasevtika sanoatida dori preparatlari ishlab 
chiqarishda, ishlab chiqarilgan dori preparatlarini tarkibini analiz qilishda, ularni 
standart talablariga javob berishi hamda eng asosiysi dori preparatlari tarkibidagi 
ta’sir etuvchi moddani miqdorini aniqlashda ham nazariy ham amaliy tomondan 
keng qo’llaniladi (11.2-rasm). 
 
11.2-rasm. Zamonaviy komp’yuterlashtirilgan xramatograf.
Xramatografik usulning laboratoriya va sanoat miqyosida qo’llanilish 
jarayonidagi ishlash printsipi va uning afzallik tomonlari to’g’risida ma’lumot 
beramiz. Moddani tarkibini analiz qilish uchun birlamchi substansiya gaz yoki 
suyuqlik shaklidagi tashuvchida eritiladi. Keyin u qattiq material yuzasiga ya’ni 
harakatlanmaydigan statsionar fazaga - sorbentga o’tkaziladi va u bilan har xil 
tezlikda o’zaro ta’sirlashadi. Bu jarayonlar natijasida aralashma tarkibidagi 
komponentlar ajratiladi va bu ajralgan komponentlar xramatografning detektoriga 
har xil vaqt oralig’ida tushadi. Oxirgi natijada boshlang’ich soligan modda tarkibiy 
qismlarga ajraladi. Komponentlarni ajralib chiqish vaqti hamda cho’qqining 
(pikning) yuzasi va balandligi o’lchash asosida modda tarkibining sifat va miqdor 
qiymatlari aniqlanadi. Modda tarkibidagi komponentlar harakatlanmaydigan 


149
statsionar fazada har xil aktivlikga ega bo’lganligi uchun har xil tezlikda va har xil 
vaqt oralig’ida kolonkadan o’tadi. Quyidagi 11.3-rasmda modda tarkibidagi 
komponentlarni xramatografik usulda ajratib olish sxemasi tasvirlangan. 11.4-
rasmda esa modda tarkibidagi komponentlarni kolonkalar yordamida ajratib olish 
tasvirlangan.
11.3-rasm. Modda molekulalarini xromotografik usulda ajratish.
11.4-rasm.Moddalarni xramatografik taxlil jarayonini
olib borish sxemasi. 


150
Ajratish texnirasi bo’yicha xramatografiyani quyidagi guruhlarga
klassifikasiyalash mumkin: 
1. Adsorbsiya xramatografiyasi (adsorbsiyalash yoki ligand almashinuvi) 
2. Ajratish xramatografiyasi 
3. Gel xramatografiyasi (o'lchamlarni istisno qilish) 
4. Ion almashinuvi xramatografiyasi 
5. Spetsifik gurux (ma'lum bir statsionar guruh payvand qilingan umumiy 
tarkibiy qismlardan faqat bittasi tomonidan bardoshli majmuani shakllantirish 
tufayli) 
6. Cho’ktirish xramatografiyasi. 
Fazalarning agregat xolatiga ko’ra quyidagilarga ajratish mumkin:
1. Gaz 
1.1. Gaz- Qattiq modda 
1.2. Gaz – suyuqlik - Qattiq moda 
1.3. Gaz - suyuqlik 
2. Suyuqlik 
2.1. Suyuqlik- suyuqlik 
2.2. Suyuqlik - qattiq modda 
2.3. Suyuqlik - Gel 
3. Yuqori fazali flyuid 
Xramatografik usul qanday afzallik tomonlarga ega: 
- birinchidan, xramatografik usul yordamida boshqa analiz usullariga 
nisbatan olingan natjalar yuqori aniqlikga ega bo’ladi. Bitta to’liq analiz orqali 
modda tarkibi to’g’risida to’liq ma’lumot olish mumkin; 
- ikkinchidan
,
xramatografik usul tezkor usulligi bilan xarakterlanadi;
- uchnchidan
,
xramatografik usul moddaning har qanday agregat xolatda – 
suyuq, gaz va qattiq jism xolatlarida analiz qila olishi bilan ajralib turadi. Buning 
uchun turli xil agregat xolatida o’lchash xususiyatiga ega bo’lgan qurilmalardan 
foydalaniladi; 


151
- to’rtinchidan, xramatografik usul yordamida ilmiy, amaliy, analitik va 
laboratoriya uchun mo’ljallangan masalalarni to’liq xal qilish mumkin.
Yuqoridagi masalalarni kompleks xolda xal qilish uchun qanday turdagi 
xramatografik qurilmalaridan foydalaniladi? Xramatografik analiz uchun 
qo’llaniladigan qurilmalar fazalarning agregat xolatiga ko’ra quyidagi guruhlarga 
ajratiladi: qog’ozli xramatograflar; yupqa qatlamli xramatograflar; gazli 
xramatograflar; suyuqlikli xramatograflarga bo’linadi. Ishlab chiqarish 
jarayonidagi yoki laboratoriya sharoitidagi olingan moddaning turiga qarab qanday 
agregat xolatidagi moddalarni analiz qilish uchun mo’ljallangan qurilmadan 
foydalangan xolda va bajarilayotgan analizning maqsadini, qanday modda 
ekanligini, qancha miqdordaligini va qaysi usul yordamida analiz qilinishiga qarab 
qurilma tanlab olinadi. 

Download 3.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling