Sobitjon Inog’omov farmasevtik qurilmalarida


I.  Areometrlarni qiyoslash


Download 3.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/70
Sana03.08.2023
Hajmi3.42 Mb.
#1664850
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70
Bog'liq
FARMASEVTIK QURILMALARIDA O’LCHASH ASOSLARI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

I. 
Areometrlarni qiyoslash 
Shishali areometrlar 9.3-rasmda keltirilgan UPA-1 qurilmasi yordamida
GOST 8.263-77 standartlari asosida qiyoslash ko’rigidan o’tkaziladi. Bu qurilma 
yopiq, temperaturasi +10 dan +35°С gacha va havoning nisbiy namligi 80 % 
gacha hamda normal atmosfera bosimiga ega bo’lgan xonalarda sharoitida 
ishlatish uchun mo’ljallangan



137
9.3-rasmda keltirilgan qurilma podstavka (1), stol (2) muzlatgich (3), rezina 
trubka (4), thermostat vannasi (5), shishali silindr (6) va ТС-24А yoki СЭМЛ-
19/25 tipidagi termostatlardan tashkil topgan bo’lib, shishali areometrlarni +10 
dan +50°С gacha temperatura oralig’ida qiyoslash uchun mo’ljallangan. Bu 
temperatura oralig’i shaffof organic shishadan yasalgan to’g’ri to’rtburchak 
shaklidagi termostat vannada suv yordamida hosil qilinadi. Qiyoslash ko’rigidan 
o’tkazilayotgan areometrlar shishali termostat vannadan bemalol kuzatib turiladi. 
Vannaning ichiga qiyoslanayotgan areometrlar tushirilib ma’lum bir
temperaturada qiyoslash ko’rigidan o’tkaziladi. Muz bilan hosil qilinadigan 
sovitgich past temperaturalarni hosil qilish uchun mo’ljallangan. 
9.3-rasm. – Shishali areometrlarni qiyoslash uchun mo’ljallangan
qurilma UPA-1 ning umumiy ko’rinishi. 
Bu qurilma yordamida areometrlarni ishlatish uchun yaroqliligini 
suyuqliklarni zichligini o’natilgan aniqlikda o’lchash orqali ishonch hosil 
qilinadi. 
Shishali areometrlarni birlamchi va davriy qiyoslash ko’rigidan o’tkazish 
GOST 18481-81 asosida ishchi areometrlarni biror bir namunaviy areometrlarga 
solishtirish orqali olib boriladi. 


138
Areometrlarni qiyoslash ko'rigidan o'tkazish asosan uchta etapda olib boriladi:
1) tashqi ko’rik; 
2) namunaviy va tekshirilayotgan areometrlar bo’yicha olingan natijalarni 
qiyoslash; 
3) o’lchash natijalarini taxlil qilish. 
Areometrlarni qiyoslash uchun atrof-muhitni temperaturasi 20+5 
0
С bo’lishi 
kerak. 
Areometrlarni qiyoslash uchun quyidagi qiyoslash vositalaridan foydalanish 
lozim: 
- xajmi 200, 500, 1000 ml teng bo’lgan shisha silindrlar 
- laboratoriya sharoitida qo’llaniladigan , bo’lim bahosi 0,1
o
C ga teng bo’lgan 
simobli, shisha termometrlar
- ГОСТ 12026-76 asosida chiqarilgan filtr qog’ozlari. 
Areometrlarni qiyoslash maxsus qiyoslash uchun tayyorlangan suyuqliklardan 
foydalangan xolda olib boriladi. Qiyoslash uchun tayyorlangan suyuqlik sifatida 
kimyoviy tozaligi «XЧ» bo’lgan va qaynash temperaturasi 60
o
C dan past 
bo’lmagan (benzol, toluol, geksan, oktan va boshqa shu kabilar) individual 
uglevodorod suyuqliklar ishlatiladi.
Qiyoslanayotgan 
areometr 
kamida 
bir 
sutka 
davomida 
qiyoslash 
o’tkazilayotgan xonada saqlangan bo’lishi kerak.
Areometrlarni qiyoslash tartib-qoidalari quyidagilardan iborat:
1. Qiyoslanayotgan areometr tozalash vositasi yordamida yuviladi. Birinchi 
vodoprovod suvi yodamida, keyin distillangan suv bilan va so’ngra etil spirit bilan 
chayiladi. Qiyoslanayotgan areometr toza paxta mato yordamida artib quritiladi. 
2. Qiyoslanayotgan areometr uchun qiyoslash etalon suyuqligi shunday tanlab 
olish kerakki, areometr shu suyuqlikga tushirilganda uning o’rta qismigacha botib 
turishi kerak. 
3. Qiyoslash uchun ishlatilayotgan suyuqlikning aniq jadvaldagi zichlik 
qiymatini 20
o
C temperaturada topib olamiz. (Odatda bu zichlik qiymati berilgan 
bo’ladi). 


139
4. O’lchash silindrini qiyoslanayotgan areometr geometric o’lchamlarini 
e’tiborga olgan xolda shunday tanlab olish kerakki, bunda qiyoslanayotgan 
areometr syuyqlikga tushirilganda u silindrning tagiga va yon devorlariga 
tegmasligi kerak, balki suyuqlikda erkin suzib yura olishi kerak.
5. O’lchash silindriga qiyoslash uchun tanlab olingan suyuqlikni solamiz va 
uning temperaturasini 0,1
o
C aniqlikda o’lchaymiz. 
6. Qiyoslanayotgan areometrni qiyoslash uchun tanlab olingan suyuqlikga 
asta-sekin tushirib erkin tebrana olishini kuzatamiz (suyuqlik sirtidan 3-4 sm 
yuqoriroq ko’tarib tushiramiz). 
7. Keyingi bo’ladigan areometrning o’z o’qi atrofidagi tebranma harakati 
to’xtaguncha kutib turib uning ko’rsatishini yozib olamiz. (Agar qiyoslanayotgan 
areometr o’z o’qi atrofida tebranmasa harakat qila olmasa unda silindr noto’g’ri 
tanlangan hisoblanadi.) 
8. Qiyoslanayotgan areometrning ko’rsatishini lupa yordamida yuqori 
meniskdan yozib olamiz. 
9. Areometrni suyuqlikdan chiqarib olamiz. Tajribadagi olib borilgan 4-7 
punktlarni kamida uch marotaba qaytariladi. Olingan bu natijalardan o’rtacha 
arifmetik qiymatini aniqlab o’lchanayotgan temperatura uchun zichlik qiymatini 
topamiz. 
10. Olingan natijalarimizni xatoligini jadvaldagi yoki GOST 3900-85 dagi 
zichlikning qiymatlari bilan solishtirish asosida standart suyuqlikning zichligini 
anqlaymiz. 
11. Agar olingan tajriba natijalari jadvaldagi keltirib o’tilgan zichlik 
qiymatlaridan farqi aniqlanayotgan temperaturada (20
o
C) qiyoslanayotgan 
areometrning aniqlik klassiga teng yoki undan kichik bo’lsa, areometr standart 
talablariga javob beradi va unga yaroqli degan guvohnoma beriladi. 
Qiyoslanayotgan areometrning aniqlik klassi sifatida areometr shkalasining eng 
kichik bo’lim bahosi olinadi. Agar olingan tajriba natijalari jadvaldagi keltirib 
o’tilgan zichlik qiymatlaridan farqi aniqlik klassidan katta bo’lsa, areometr standart 


140
talablariga javob bermaydi va unga ishlatish uchun yaroqsiz degan guvohnoma 
beriladi va u o’lchash asbobi tajribalarda ishlatish uchun ruxsat berilmaydi.
Qiyoslash uchun ishlatiladigan ba’zi–bir organic suyuqliklarni 20
o

temperaturadagi zichliklarini keltirib o’tamiz: г/см
3

Бензол – 0,8791; Декан – 0,7300; Глицерин – 1,2620; 
Толуол – 0,8671; Нонан – 0,7180; 
Гексан – 0,6600; Октан – 0,7030. 

Download 3.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling