Sobitjon Inog’omov farmasevtik qurilmalarida


Qog’ozli xramatografik usul


Download 3.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/70
Sana03.08.2023
Hajmi3.42 Mb.
#1664850
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   70
Bog'liq
FARMASEVTIK QURILMALARIDA O’LCHASH ASOSLARI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

Qog’ozli xramatografik usul. Qog’ozli xramatografik usul keng tarqalgan
sodda analitik, modda tarkibidagi komponentalarni bir-biridan ajratish va rangli 
komponentalarni, masalan rangli pigmentlarni aniqlash uchun mo’jallangan usul 
hisoblanadi. Bu usul yupqa qatlamli xramatografiya usuli bilan almashtirilgan 
bo’lishiga qaramasdan hozirgi vaqtda ham keng miqyosda moddalarni tarkibini 
analiz qilish uchun qo’llaniladi. 
Bu usul yordamida moddani tarkibini aniqlash prinsipi shundan iboratki, 
oligan moddaning bir tomchisi (masalan, siyox suyuqligi uchun) filtr qog’oziga 
tushiriladi, keyin bu filtr qog’ozini 11.5-rasmda ko’rsatilganidek vertical xolatda 
osib qo’yiladi. Filtr qog’ozning pastki qismi erituvchiga (odatda, suv yoki spirt 
bo’lishi mumkin) tushirib qo’yiladi. Bu osilgan xolatda filtr qog’ozdagi siyox 
dog’i erituvchiga tegmasligi va erituvchi sathidan bir oz yuqoriroqda turishi kerak. 
Bir oz vaqtdan keyin erituvchi (harakatlanuvchi faza) filtr qog’ozi bo’ylab shimilib 
tepaga kapillyar kuch ta’sirida ko’tarila boshlaydi. Erituvchi tepaga ko’tarilgani 
sari siyox suyuqligi tarkibidagi modda komponentlarni ranglari bo’yicha tarkibga 
ajratadi (11.5-rasmga qarang). 11.5-rasmdan ko’rish mumkinki, filtr qog’ozi 
bo’ylab erituvchi shimilib brogan sari filtr qog’ozida turli xil ranglarni kuzatish 
mumkin. Har bir rang siyox tarkibidagi turli modda komponentlarini ko’rsatib 


152
beradi. Har bir component o’zining rangiga ega bo’lib ularning har biri o’zining 
eruvchanlik darajasiga, har xil harakatlanish tezligiga ega bolganligi uchun 
erituvchi moddaga etib borganda biz ularni har xil rangga ega bo’gan 
komponentlarni har xil balandlikda kuzatishimiz mumkin. Ana shu usul yordamida 
moddaning tarkibi sifat ko’rsatkichlari hamda miqdor ko’rsatkichlari jihatdan 
ajratib olinadi. Ba’zi xollarda modda tarkibida rangli komponentlar bo’lmasligi 
mumkin, unday xollarda modda komponentlarini ajratib olish uchun boshqa 
maxsus modda qo’shish orqali ajratib olinadi.
 
11.5-rasm. Qog’ozli xramatografik usul yordamida
moddalarni tarkibini aniqlash. 

Download 3.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling