Aminokislotalarni ajratib olish va idinfikatdiya qilish usullari
Download 18.55 Kb.
|
Aminokislotalarni ajratib olish va idinfikatsiya qilish usullari (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aminokislotalar
- Kimyoviy xossalari
Aminokislotalarni ajratib olish va idinfikatdiya qilish usullari Reja Tuzilishi va olinishi usullari Fizik va kimyoviy xossalari Ayrim vakillari Foydalanilgan adabiyitlar Aminokislotalar — molekulasida amin va karboksil guruhi boʻlgan organik birikmalar, oʻsimlik hamda hayvon oqsilining asosiy elementa hisoblanadi. A- rangsiz, suvda eruvchan kristall moddalar. 200 ta tabiiy Aminokislotalar maʼ-lum. Lekin oqsillar tarkibida faqat 20 Aminokislotalar va ularning 2 ta amidi uchraydi. Qolganlari oqsillar tarkibiga kirmaydi. Aminokislotalarning D-yoki L-qatorga tegishligini N va NH2 guruhning uglerod atomida qanday joylashganligi koʻrsatadi. Deyarli barcha tabiiy A L-qatoriga kiradi. D-qatorga mansub Aminokislotalar tabiatda kamdan-kam boʻlib, mikroorganizmlar tarkibida topilgan. Aning L-formasi oʻsimliklar tomonidan yaxshi oʻzlashtiriladi va u moddalar almashinuvining bar-cha jarayonlarida qatnashadi, lekin D-formalarini oʻsimliklar oʻzlashtira olmaydi, baʼzan ular moddalar almashi-nuvi jarayonlarini toʻxtatib qoʻyadi. Bu organizmning fermentativ sistemasi Aminokislotalarning L-qatoriga moslashganligidan darak beradi. Aminokislotalar organizmda erkin holda va oqsillar yoki boshqa birikmalar tarkibida uchraydi. Oqsillar sintezi uchun a formali 20 Aminokislotalar- proteinogen Aminokislotalar (lizin, gi-stidin, arginin, aspartat kislota, aspa-ragin, treonin, serii, glutamat kislota, glutamin, prolin, glitsin, alanin, siste-in, izoleysin, leysin, metionin, valin, tirozin, fenilalanin va triptofan)dan foydalaniladi. Oqsillar tarkibida uchraydigan Aminokislotalar esa ularning fermenta-tiv oʻzgarishi natijasida hosil boʻladi. Ayrim Aminokislotalar hayvon va odam organizmidan sintezlanmaydi. Bu almashinmaydigan aminokislotalardir. Odam organizmi uchun 8 (triptofan, fenilalanin, metio-nin, lizin, valin, treonin, izoleysin va leysin) almashinmaydigan A bor. Oʻsimliklar oʻzi uchun zarur boʻlgan barcha azotli birikmalarni sintezlash qobiliyatiga ega. Aminokislotalar sintezi jarayonida ammiakli azot organik birikmalarga aylanadi. Oʻsimliklarda hosil boʻlgan Aminokislotalar uzluksiz almashinib turadi. Ular asosan, oqsillar sintezi uchun sarfla-nadi, shuningdek, dekarboksillanishi, azot asoslari va boshqa birikmalar sintezi uchun ishlatilishi, aminogruppani ajratib yuborishi, toʻliq oksidlanishi va organizm uchun energiya manbai boʻlib xizmat qilishi mumkin. [3] Fizik xossalari: Aminokislotalar yuqori haroratda suyuqlanadigan, suvda yaxshi eriydigan rangsiz kristall moddalardir. Ularning suyuqlanish haroratlari bir-biridan kam farq qiladi. Bir asosli aminokislotalarning suvdagi eritmalari neytral xarakterga ega. Aminokislotalar ichki tuz (bipolyar ion) N+H3–CH2COO– ko’rinishida mavjud bo’ladilar. Ularning bunday tuzilishga ega bo’lishligi fizikaviy tekshirish usullari yordamida aniqlanilgan. Bipolyar ion kislotali muhitda kation, ishqoriy muhitda esa anion sifatida mavjud bo’ladi. Aminokislota eritmalari izoelektrik nuqtada elektr tokini o’tazmaydi. Tabiiy aminokislotalar ikkiga: almashtirib bo’lmaydigan (lizin, metionin, izoleysin, trionin, tiptofan, valin va boshqalar) va almashtirsa bo’ladigan aminokislotalarga bo’linadilar. Ko’pchilik tabiiy aminokislotalar optik faollikka ega bo’lib, ulardan L-qatorga mansublari achchiq, yoki mazasiz, D-qatorga mansublari esa shirin mazaga egadirlar. Kimyoviy xossalari: Aminokislotalar kislotalar va aminlar uchun xos bo’lgan reaksiyalarga kirisha oladilar. Bundan tashqari, aminokislotalarning o’zlariga xos reaksiyalari ham bor. Aminokislotalar asoslar bilan tuz hosil qiladilar: aminokislotalarning og’ir metallar bilan hosil qilgan tuzlari kompleks hususiyatga ega bo’lib, rangli bo’ladi. Masalan, aminosirka kislotaning mis bilan hosil qilgan tuzi ko’k ranga ega. Kislotalar kabi aminokislotalar ham murakkab efirlar, galogen angidridlar, amidlar va boshqalarni hosil qiladilar. Aminokislotalar aminoguruh hisobiga anorganik kislotalar, kislota xususiyatiga ega bo’lgan birikmalar bilan tuz hosil qiladilar:Aminokislotalarga nitrit kislota bilan ta’sir etilganda oksikislotalarni hosil qiladilar: Aminokislotalar — amfoter xususiyatli moddalardir. Ular bifunksional birikmalar boʻlib, tarkibidagi aminogruppa hisobiga asoslarga xos reaksiyalarga, karboksil guruh hisobiga kislotalarga xos reaksiyalarga kirishadi. [1]Burxonova X.K. Mikrobiologiya Toshkent “O’quvchi” 1975 ISBN 978-9943-08-010-2 Ayrim vakillari: Aminosirka kislota (glikokol, glitsin) jelatinani, fibroinni gidrolizlab olinadi. Xlorsirka kislotaga ammiak ta’sir ettirib olinishi mumkin. a-aminopropion kislota (a-alanin). (+)-alanin hamma oqsillar tarkibiga kiradi. Siangidrin usuli bilan olinadi. a-aminoizokapron kislota (leysin). (+)-leysin ko’pchilik oqsillar, ayniqsa gemoglabin tarkibiga kiradi. Diaminokapron kislota (lizin), (+)–lizin ayrim baliqlarning ikrasidagi oqsil tarkibiga kiradi. Almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalar qatoriga mansub. [2] Foydalanilgan adabiyitlar Burxonova X.K. Mikrobiologiya Toshkent “O’quvchi” 1975 ISBN 978-9943-08-010-2 http://www.ziyonet.uz/ https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Aminokislotalar Download 18.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling