Sobitjon Inog’omov farmasevtik qurilmalarida
Yupqa qatlamli xramatografik usul
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
FARMASEVTIK QURILMALARIDA O’LCHASH ASOSLARI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gazli xramatografik usul.
Yupqa qatlamli xramatografik usul. Yupqa qatlamli xramatografik usul
qog’ozli xramatografik usulga o’xshash bo’lib asosiy farqi shundan iboratki, yupqa qatlamli xramatografik usulda filtr qog’ozi o’rniga silikagel qatlami bilan qoplangan shisha plastikadan foydalaniladi. Bu usulda shisha plastinka (qo’zg’almas faza) yuzasidagi qoplama erituvchi (harakatlanuvchi faza) yordamida ko’chiriladi va shu tariqa shisha plastinkaning boshqa, ikkinchi chetiga etib boradi. Modda tarkibidagi konponentlar har xil tezlikda shisha plastinka bo’ylab tepa qismiga harakatlana borib qo’zg’almas fazaning (shishaning) turli nuqtalarida o’zining ma’lum bir dog’ belgisini qoldiragi. Keyin bu dog’ belgilari moddaning qanday komponentiga tegishli ekanligi ultrabinafsha nurlar yordamida ajratib olinadi. Ba’zi bir xollarda dog’larni ajratib olish uchun kimyoviy jarayonlardan foydalaniladi, masalan, shisha plastinkaning ustki qismidagi modda komponentlari 153 oltingugurt kislotasi yordamida kuydiriladi va natijada shisha plastinkada qora dog’ hosil qiladi. Qora dog’ni qanday komponentga tegishli ekanligi aniqlanadi. Bu usul organic moddalar tarkibidagi aralashmalarni, komponentalarni ajratib olish uchun eng sodda va tezkor usul hisoblanadi. Bu usuldan ko’proq o’simliklar tarkibidagi pigmentlarni aniqlashda, tolalardagi rang beruvchi pigmentlarni tarkibini analiz qilishda va shu bilan birga oziq-ovqat maxsulotlaridagi insektisid va pestidsidlarni aniqlash va miqdorini topishda qo’llaniladi. Yupqa qatlamli xramatografik usul qog’ozli xramatografik usulga nisbatan aniq ajratish xususiyatiga ega bo’lgan tezkor, primitiv va sodda usul hisoblanadi. 11.6-rasm. Yupqa qatlamli xramatografik usul yordamida moddalarni tarkibini aniqlash. Gazli xramatografik usul. Gazli xramatografik usul uchuvchan organic moddalarni tarkibini analiz qilish uchun qo’llaniladi. Gazli xramatograflar quyidagicha tuzilishga ega bo’ladi: analiz qilinayotgan preparatni yuborish moslamasi (1), harakatlanmaydigan fazalar kolonkasidan (2), detektordan (3) va olingan natijalarni qayd qiluvchi moslamadan tashkil topgan (11.6-rasm). Gazli xramatograflar quyidagicha ishlash prinsipiga ega: namunalarni aralashmasi (gazsimon shaklda) in’eksion teshik orqali yuboriladi (11.6-rasmga qarang). Yuboriladigan gazning miqdori juda kam bolib, taxminan mikrolitrlarning 154 ma’lum bir ulushini tashkil qiladi. Gaz tashuvchi yordamida namuna, ya’ni analiz qilinayotgan modda kolonkadan yaxshi, oson o’tishi uchun yuqori bosim hosil qilinadi. Gaz tashuvchi ya’ni harakatlanuvchi faza namuna bilan aralashib ketmasligi uchun odatda gaz tashuvchi sifatida inert gaz – geliy yoki reaksiyaga kirishmaydigan azot kabi gazlar olinadi. Metalldan yoki shisha trubkadan iborat bo’lgan kolonka suyuqlikning yupqa qatlamidan yoki qattoq taglikga surtilgan polimer (statsionar faza) dan iborat bo’ladi. Modda tarkibidagi komponentlar har xil qaynash temperaturasiga ega bo’ladi, shuning uchun ular temperature oshishi natijasida kolonka devorlari bilan har xil ko’rinishda o’zaro ta’sirlashadi. Bu har bir komponentni har xil vaqtda kolonkadan o’tishiga olib keladi. Komponentlarni o’tish vaqtlarini o’zaro solishtirish asosida modda tarkibidagi komponentlarni sifat va miqdoriy ko’satkichlarini aniqlash va ularni analiz qilish mumkin. 11.6-rasm. Gazli xramatograf qurilmasinig tuzilish sxemasi. Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling