Sobitjon Inog’omov farmasevtik qurilmalarida


Mustaqil tayyorlanish uchun savollar


Download 3.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/70
Sana03.08.2023
Hajmi3.42 Mb.
#1664850
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   70
Bog'liq
FARMASEVTIK QURILMALARIDA O’LCHASH ASOSLARI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

 
Mustaqil tayyorlanish uchun savollar 
1. 
Absolyut va nisbiy nur sindirish ko‘rsatkichlari deb nimaga aytiladi? 


131
2. 
Yorug‘likning to‘la qaytish hodisasi qanday tushuntiriladi ? 
3. 
Refraktometrning optik qismlari sxemada qanday joylashgan ? 
4. 
Kompensator qanday vazifani bajarishga mo‘ljallangan ? 
5. 
Refraktometrning asosiy qismlarini ayting. 
6. 
Eritmaning sindirish ko‘rsatkichi nimalarga bog‘liq? 
7. 
Refraktometr qo‘llanishiga misolllar keltiring. 
8. 
Refraktometrni qiyoslash metodikasini gapirib bering?
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


132
9-LABORATORIYA ISHI 
 
 
AREOMETRLARNING TUZILISHI, ISHLASH PRINTSIPI, 
QO”LLANILISHI VA ULARNI QIYOSLASH
 
Ishdan maqsad: areometrlarning tuzilishi, ishlash prinsipi va ularni qiyoslash 
metodikasi bilan tanishtirish. 
Vazifa: areometrlarning
tuzilishi va ishlash prinsiplarini o‘rganish, 
areometrlarni
qiyoslashni o’rganish va qiyoslash 
natijalarini taxlil qilish.
Asboblar va qurilmalar 
1. Har xil o’lchash shkalasiga ega bo’lgan areometrlar. 2. Har xil organic va 
noorganik suyuqliklar va har xil zichlikga ega bo’lgan eritmalar.
 
Nazariy qism 
Barchamizga ma’lumki, o’tmishda ham hozirgi kunda ham zichlik 
tushunchasi har bir sohada keng qo’llaniladi. Albatta sanoatda, ishlab chiqarish 
jarayonlarida bu termin tez-tez tilga olinadi va qo’llaniladi. Suyuqlik zichligini 
aniqlash uchun areometr o’lchash vositasi ishlatiladi. Ushbu o’lchash vositalari 
yirik ishlab chiqarish zavodlarida, neft ba’zalarida, yoqilg’i quyish 
shahobchalarida va ishlab chiqarish faoliyatinig boshqa turlarida keng miqyosda 
ishlatilib kelinmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimiz xududida turli xildagi 
areometrlar, densimetrlar va zichlikni o’lchovchi boshqa turdagi o’lchash 
vositalarining ishlab chiqarish jarayonlarida qo’llanilishi ortib bormoqda.
Qalqovichi butunlay cho'kadigan zichlik o'lchagichlarda tekshirilayotgan 
suyuqlikda qalqovichning cho'kish chuqurligi amalda doimiy bo'lsada, suyuqlik 
zichligiga proportsional bo'lgan, qalqovichga ta'sir etuvchi itaruvchi kuch 
o'lchanadi. Laboratoriya va ishlab chiqarish sharoitlarida ko'proq Arximed 
qonuniga asoslangan xolda ishlaydigan suyuqlikning zichligini o'lchash uchun 
areometr deb nomlanuvchi, qalqovichli zichlik o’lchash asboblari ishlatiladi. Ular 


133
turli xil ko'rinishda: shishali yoki metalli bo'lishi mumkin. Areometrlar davlat 
standarti bo'yicha ikki guruhga bo'linadi: 
- suyuqlik zichligini o'lchash uchun mo'ljallangan areometrlar densimetrlar 
deb atalib, ularning shkalasi zichlik birliklarida darajalangan bo'ladi va ular 
yordamida turli xil suyuqliklarni: kislotalar, ishqorlar, asoslar va boshqa 
suyuqliklarni zichliklarini o’lchash uchun qo’llaniladi (9.1- va 9.2-rasmlar); 
- aralashmalarning kontsentratsiyasini o'lchash uchun mo'ljallangan 
areometrlar, ularning shkalasi og'irlik yoki hajm bo'yicha foizlarda darajalangan 
bo'ladi. 
9.1-rasm. Areometrlarning umumiy ko’rinishi. 
9.2-rasm. Areometr yordamida suvning zichligini (1)
va kislotaning zichligini (2) o’lchash.
O’lchash vositalari yordamida olingan natijalarning sifatli bo’lishi uchun 
birinchi navbatda ularning aniqlik darajasi ta’minlangan bo’lishi kerak. 
O’zbekiston Respublikasi xududida ushbu o’lchash vositalarining metrologik 
aniqlik darajasini ta’minlash va metrologik ko’rikdan o’tkazish “O’zstandart” 


134
Agentligi vakolatiga kiradi. Ishlab chiqarish korxonalarida qo’llaniladigan barcha 
o’lchash vositalari o’rnatilgan tartibda davriy ravishda qiyoslash ko’rigidan 
o’tkazilib turiladi. Shu jumladan areometrlar ham O’zbekiston milliy metrologiya 
institutida davriy ravishda qiyoslash ko’rigidan o’tkazilib turiladi va buning uchun 
u erda barcha sharoitlar yaratilgan.
Avstriya davlatida ishlab chiqarilgan DMA-4500 qurilmasi qiyoslash uchun 
qo’llaniladigan turli xildagi namunalarni tarkibini 0,00005 g/sm
3
aniqlikda 
o’lchash xususiyatiga ega. Ushbu namunaviy o’lchash vositasi yordamida 
tayyorlangan standart namunalar hamda yuqori aniqlikdagi namunaviy o’lchash 
vositalari yordamida areometrlarning aniqlik darajasi etalon suyuqliklar yordamida 
tekshiriladi va bu areometrlar uchun qiyoslash ko’rigidan o’tkazilganligi 
to’g’risida guvohnoma beriladi.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish jarayonlarida qo’llanilayotgan areometrlar 
9.1-jadvalda keltirilgan va ular quyidagi guruxlarga ajratiladi:
9.1-jadval 
Areometrlarning turlari 
Areometrlarning qo’llanilishi 
bo’yicha tiplari 
Umumiy qo’llash uchu 
mo’ljallangan areometrlar 
АОН-1, АОН-2, АОН-3,
АОН-4, АОН-5; 
Sut maxsulotlari uchun 
areometrlar 
АМ, АМТ; 
Neft mahsulotlari uchun 
areometrlar 
АН, АНТ-1, АНТ-2; 
Spirt uchun areometrlar 
АСП-1, АСП-2, АСП-3, АСП-
Т; 
Elektrolitlar uchun 
areometrlar 
АЭ-1, АЭ-2, АЭ-3; 
Grunt aremetrlari 
АГ; 
Dori vositalari tayyorlash 
uchun mo’ljallangan 
areometrlar 
ADV -1, ADV -2, ADV -3 


135
9.1-jadvalda keltirilgan ishlab chiqarishning turli sohalarida qo’llaniladigan 
areometrlar tuzilishi va ishlash printsipi bo’yicha bir-biriga o’xshash lekin ular 
shkalasining qiymatlari va aniqlik darajasi bilan bir-biridan farq qiladi. 9.2-
jadvalda umumiy ishlatish uchun mo’ljallangan areometrlarning o’lchash 
diapazonlariga bog’liqlik taqsimoti keltirilgan. 
9.2-jadval 
Umumiy ishlatish uchun mo’ljallangan areometrlarning
o’lchash diapazonlari
Kimyo va oziq-ovqat sanoatida zichlikni uzluksiz o'lchashda tekshirilayotgan 
suyuqlik uchun qalqovichi doimiy cho'kib turuvchi avtomatik asboblardan 
foydalaniladi. 
Qalqovichli zichlik o'lchagichda kirish trubkachasi orqali tekshirilayotgan 
suyuqlik zichlik o'lchagichning o'lchash kamerasi 1 ga berilib, chiqish trubkachasi 
orqali to'kiladi. Qalqovich 2 shtok 3 orqali tortsion trubka 4 bilan sharnirli 
Nomi 
Zichlikni o’lchash diapazoni, кg/м³ 
Bo’lim 
bahosi 
t, °С 
Areometrning 
uzunligi, мм 
АОН – 1 
700–760, 760–820, 820–880, 880–
940, 940–1000, 1000–1060, 1060–
1120, 1120–1180, 1180–1240, 
1240–1300, 1300–1360, 1360–
1420, 1420–1480, 1480–1540, 
1540–1600, 1600–1660, 1660–
1720, 1720–1780, 1780–1840 

170 
АОН – 2 
1000–1080, 1080–1160, 1160–
1240, 1240–1320, 1320–1400 
1400–1480, 1480–1570, 1570–
1660, 1660–1750, 1750–1840 

305 
АОН – 3 
1000–1400 
10 
300 
1300–1800 
20 
АОН – 4 
700–1000 

320 
1000–1500 
10 
1000–1800 
20 
АОН – 5 
650–720, 720–790, 790–860, 
860…930, 930–1000, 1000–1070, 
1070–1140, 1140–1210, 1210–
1280, 1280–1350, 1350–1420, 
1420–1490, 1490–1560 
0,5 
480 


136
bog'langan bo'lib, uning yordamida o'lchash kamerasidan oqib o'tayotgan suyuqlik 
zichligini 
o'lchashda 
qalqovichda 
hosil 
bo'ladigan 
itaruvchi 
kuchni 
muvozanatlashtiruvchi kuch hosil qilinadi. 
Bundan tashqari tortsion trubka 4 differensial - transformatorli o'zgartgich 5 
ning o'zagi bilan bog'langan bo'lib, unga to'g'ri keladigan o'lchash asbobi ulanadi. 
Ulash kamerasi davriy ravishda asosning ostki qismida o'rnatilgan to'kish jo'mragi 
orqali tozalanadi. 
Sanoatda 900-1800 kg/m
3
o'lchash diapazoniga, ±4 % xatolikka ega bo'lgan 
gidrostatik zichlik o'lchagichlar ishlab chiqariladi. 
Areometrlar yakka yoki to’plam holda chiqariladi. To’plamda 19 ta areometr 
bo’lib, eng engilining darajasi 0,700, eng og’iriniki esa 1,8400 teng bo’ladi.
Aniqlashni 20°С xaroratda spirtga eng engilini tushirishdan boshlash kerak. Agar 
xarorat 20°С dan farq qilsa, 20°С dagi spirtning quvvatini GOST ning 1-jadvali 
(massa buyicha) yoki 2-jadvali (xajm buyicha) asosida topish ham mumkin. 
Refraktometrik usulda spirtniig quvvatini aniqlash. Toza suvning nur sindirish 
ko’rsatgichi 1,3330 ga teng, absolyut spirtniki esa 1,36242 ga teng. Shu 
ko’rsatgichlar asosida tuzilgan jadvaldan foydalanib, spirtning hajmiy quvvati 
topiladi.

Download 3.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling