Sobitjon Inog’omov farmasevtik qurilmalarida
Mustaqil tayyorlanish uchun savollar
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
FARMASEVTIK QURILMALARIDA O’LCHASH ASOSLARI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishdan maqsad
Mustaqil tayyorlanish uchun savollar 1. Areometrlarning tuzilishi, ishlash printsipi va ularni qollanilishini to’g’risida ma’lumot bering. 2. Areometrlar qanday qonuniyat asosida ishlaydi. Tushuntirib bering. 3. Zichlikni aniqlash uchun qanday areometrlardan foydalaniladi? 4. Moddalarni konsentrasiyani aniqlash uchun qanday areometrlardan foydalaniladi? 5. Areometrlar qanday qiyoslanadi? 141 10-LABORATORIYA ISHI REAKTORLARNING TUZILISHI, ISHLASH PRINTSIPI, QO”LLANILISHI VA ULARNI QIYOSLASH Ishdan maqsad: Reaktorlarning tuzilishi, ishlash prinsipi va ularni qo’llanilishi. Vazifa: Reaktorlarning tuzilishi va ishlash prinsiplarini talabalarni tanishtirish va ularni ishlatilishini o‘rgatish. Asboblar va qurilmalar 1. Reaktorlar va bu reaktorlarni qo’llanilishi bo’yicha passport. Nazariy qism Farmasevtika va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati uchun mo’ljallangan reaktorlar turli xil kimyoviy-texnologik jarayonlarni amalga oshirish, jumladan, dori vositalarini tayyorlash, gidrolizlash, krisstalizatsiyalash, bug’latish, moddalarni eritish, kimyoviy o’zgarishlar hosil qilish, tayyorlanayotgan mahsulotga turli temperaturalarda ishlov berish va mahsulotlarni turli temperaturalarda tayyorlash uchun mo’ljallangan (10.1-rasm). 10.1-rasm. Dori vositalari ishlab chiqarish korxonalarida qo’llaniladigan har xil xajmdagi reaktorlarning umumiy ko’rinishi. 142 Sanoat miqyosida mahsulotlar tayyorlash uchun mo’ljallangan, zanglamaydigan po’latdan yasalgan qozonlar reaktorlar deb ataladi. 10.1-rasmda ishlab chiqarishda qo’llaniladigan mahsulotlar tayyorlash uchun mo’ljallangan turli xajmdagi reaktorlar tasvirlangan. Tayyorlanayotgan mahsulotning miqdoriga qarab turli xajmdagi reaktorlardan foydalanish mumkin. Dori vositalari ishlab chiqarishda ko’proq MAX Clean Room firmasida ishlab chiqarilgan reaktorlardan foydalaniladi. Bu reaktorlar nafaqat dori vositalari, balki kimyiviy mahsulotlar, sellyloza mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari va parfyumeriya mahsulotlari tayyorlashda keng miqyosda qo’llaniladi. Bu reaktorlar yordamida turli fizik xolatga va kimyoviy tarkibga ega bo’lgan dorilar: mazlar, gellar, tomchi dorilari, har xil miksturalar, infuzion eritmalar va suppozitoriylar va turli agregat xolatidagi boshqa dori vositalari ishlab chiqariladi (10.2-rasm, a va b ). a) b) 10.2-rasm. Dori vositalari tayyorlash uchun mo’ljallangan 100 litrli (a) va 1000 litrli (b) reaktorlarning umumiy ko’rinishi. 143 Yuqorida keltirilga zamonaviy dori vositalari tayyorlash uchun mo’ljallangan reaktorlar to’liq zanglamaydigan po’lat metalldan yoki qisman po’lat metalldan tayyorlangan bo’ladi. Qisman po’lat metalldan tayyorlangan reaktorlar qozonining ichki qismi zanglamaydigan po’lat metal bilan qoplangan bo’ladi. Dori vositalari tayyorlash uchun mo’ljallangan reaktorlarning konstruksiyasida shtutser o’rnatilgan bo’lib, u asosan issiq va sovuq havoni aralashtirib berish uchun mo’ljallangan. Reaktor qozonining ichki qismida tayyorlanayotgan mahsulot bir tekis qizdirilishi va sovitilishi uchun aralashtirgich o’rnatilgan. Aralashtirgich reaktor qopqog’ining ustki qismida o’rnatilgan motor yordamida aylantiriladi. Qozondagi temperaturani nazorat qilish va uni boshqarish uchun mo’ljallangan datchik qozonning pastki qismida o’rnatilgan. Xuddi shunday tuzilishga ega bo’lgan “Max Clean ROOM” firmasida ishlab chiqarilgan reaktorlar 10.4-rasmda tasvirlangan. 10.4-rasm. “Max Clean ROOM” firmasida ishlab chiqarilgan reaktorlar. “Max Clean Room” firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan reaktor va aralashtirgichlar turli xildagi suyuqlikli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun buyurtma asosida tayyorlab beriladi. Aralashtirgichlar ko’proq kimyo, kosmesevtika, oziq-ovqat va farmasevtika sanoatida turli xildagi suspenziya, emulsiya va eritmalarni tayyorlashda qo’llaniladi. Buyurtmachilarning talabiga asosan qurilmalarda turli xildagi aralashtirgichlar va temperaturani electron 144 ko’rinishda boshqarish bloklari o’rnatib beriladi. Bu aralashtirgichlarning xajmi 10 litrdan 2000 litrgacha bo’lib, xona temperaturasidan 90 gradus selsiygacha bo’lgan temperatura oralig’ida mahsulot tayyorlash uchun mo’ljallangan. Bu aralashtirgichlarning ishchi muhiti neytral, agressiv suyuqliklar va boshqa mahsulotlar tayyorlash uchun mo’ljallangan. U qurilmalardagi aralashtirgichlarning tiplari qanday mahsulot tayyorlanishiga qarab turli ko’rinishda, masalan, yaproqchali, turbinali, yakorli, ramali va propellerli bo’lishi mumkin. Bu qurilmalarning tiplari quyidagisha bo’lishi mumkin: - tekis, qiyasimon yoki konussimon taglik bilan; - polga yoki platformaga o’rnatiladigan; - qozonning qopqog’i qozonga mahkamlangan yoki undan yechiladigan xolda; - aralashtirish jarayonida mahsulotni qizdirish yoki sovitish mumkin bo’lgan har xil ko’rinishdagi reaktor va aralashtirgichlardan foydalaniladi. 10.5-rasm. ”Promvit” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan reaktorning umumiy ko’rinishi. Keyingi 20 yil davomida Ukrainaning ”Promvit” kompaniyasi farmasevtika sanoatida har xil turdagi dori preparatlarini tayyorlash uchun xajmi 5 litrdan 3000 litrgacha bo’lgan sig’imli reaktorlarni ishlab chiqarmoqda. Bunday reaktorlardan biri RCDP-500 BK tipidagi reactor bo’lib, u quyidagi texnik xarakteristikalarga ega (10.5-rasm): - ishchi xajmi – 500 l; - sig’imning qopqog’i ochilib yopiladigan ko’rinishda ishlangan; - reaktorning sig’imi vakuum sharoitida ham ishlash uchun mo’ljallangan; 145 - temperaturani boshqarish moslamalari o’rnatilgan bo’lib, temperaturani minus 80 o C dan plyus 350 o C gacha boshqarish mumkin; - reaktorning qopqog’i maxsus ko'tarish moslamasi yordamida ochiladi va u texnologik lyuk bilan, ko’rish oynasi, yoritish chirog’i, reaktor qopqog’ini yuvish moslamasi va mahsulot tayyorlashda kerak bo’ladigan komponentalarni uzatib berish shtutserlari bilan ta’minlangan. - reaktor qozonining pastki qismida ikkita ventil va temperature datchigi o’rnatilgan. - mahsulotni aralashtirish uchu boshqariladigan motor o’rnatilgan bo’lib, uning aylanish tezligini 1200 ayl/min dan 1500 ayl/min gacha boshqarish mumkin. - reaktorning yakorli aralashtirgichi teflondan yasalganbo’lib, suzib yuruvchi xolatda bo’ladi va uning tezligini bir tekis 15 ayl/min dan 56 ayl.min. gacha boshqarish mumkin. - reaktor AISI316L markadagi toza po’lat metalldan yasalgan. Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling