Sobitjon Inog’omov farmasevtik qurilmalarida


- yorug‘likning birinchi muhitdagi tezligi;  ???? ???? -


Download 3.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/70
Sana03.08.2023
Hajmi3.42 Mb.
#1664850
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70
Bog'liq
FARMASEVTIK QURILMALARIDA O’LCHASH ASOSLARI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

yorug‘likning birinchi muhitdagi tezligi; 
𝒗
𝟐
yorug‘likning ikkinchi muhitdagi tezligi. 
YOrug‘likni bir muhitdan ikkinchi bir muhitga o‘tganda uning sinishi 
quyidagi qonun bo‘yicha sodir bo‘ladi: tushayotgan nur, singan nur va ikki muhit 
chegarasidagi nurning tushish nuqtasiga o‘tkazilgan perpendikulyar bir tekislikda 


115
yotadi. Tushish burchagi sinusiningsinish burchagi sinusiga nisbati shu ikki muhit 
uchun o‘zgarmas kattalikdir: 
𝒏
𝟐𝟏
=
𝒔𝒊𝒏 𝜶
𝒔𝒊𝒏 𝜷
 
Bu erda -tushish burchagi, β - sinish burchagi. 
Agar yorug‘lik optik zichligi kichik muhitdan optik zichligi katta muhitga 
sinib o‘tsa, sinish burchagi tushish burchagidan kichik bo‘ladi (α>β)(19.1a-rasm).
Agar yorug‘lik optik zichligi katta muhitdan optik zichligi kichik muhitga sinib 
o‘tsa sinish burchagi tushish burchagidan katta bo‘ladi (α<β) (9.1b-rasm). 
9.1-rasm. YOrug‘lik bir muhitdan ikkinchi muhitga
o‘tganda nurlarni yo‘llarini o‘zgarishi.
Har qaysi shaffof qattiq jism yoki suyuqlik o‘ziga xos sindirish ko‘rsatkichiga 
ega. Eritmalarning sindirish ko‘rsatkichi unda erigan qattiq moddalarning 
kontsentratsiyasiga bog‘liq. Demak, eritmaning sindirish ko‘rsatkichini aniqlash 
bilan konsentratsiyasi haqida fikr yuritishimiz 
mumkin. Eritmalarning 
konsentratsiyasini aniqlashda qo‘llaniladigan o‘lchov asbobi refraktometr va 
saxarimetrlarning ishlash prinsipi shunga asoslangan. 
Suyuqliklarning sindirish ko‘rsatkichi ularning zichligiga, suyuqlikda erigan 
boshqa moddalarning konsentratsiyasiga bog‘liq. Tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, 
odamlar yoki hayvonlar kasallanganda ularning qoni, siydigi va orqa miya
suyuqligidagi tuz, qand va oqsillarning konsentratsiyalari o‘zgarib ketadi, natijada 
ularning sindirish ko‘rsatkichi ham o‘zgaradi. SHuning uchun sindirish 
ko‘rsatkichining normal qiymatdan chetlashishiga qarab, ba’zi kasalliklarni 


116
aniqlash mumkin. Xuddi shu maqsadda tibbiyotda va veterinariyada 
refraktometrlar keng qo‘llaniladi. Bundan tashqari oziq - ovqat sanoatida, meva va 
sabzavot mahsulotlaridan turli xil sharbatlar tayyorlanadi, hamda ularning 
tarkibidagi qand konsentratsiyasini bilishga to‘g‘ri keladi. Qishloq ho‘jaligida qand 
lavlagining 
pishib 
etilganligini 
bilish 
uchun 
uning 
tarkibidagi 
qand 
konsentratsiyasini bilish kerak. Bu ishlarning hammasida refraktometrlar 
qo‘llaniladi. 
Tibbiyot, veterinariya va oziq-ovqat sanoatida nemis fizigi V. Abbe 
tomonidan asos solingan refraktometrlar qo‘llanib, ular yorug‘likning to‘la ichki 
qaytish hodisasiga asoslanib ishlaydi. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda 
hamda dori vositalarini tarkibidagi ta’sir etuvchi moddalarni konsentratsiyasini 
aniqlash uchun zamonaviy refraktometrlardan foydalaniladi (9.2 –rasm). 
9.2 –rasm. «RX-5000 Alfa-plyus» tipidagi 
avtomatik refraktometr. 
9.3 –rasm. «RFM-300» tipidagi 


117
laboratoriya refraktometri. 
Yorug‘likning to‘la ichki qaytishi yorug‘likning optik zichligi katta muhitdan 
optik zichligi kichik muhitga o‘tishida sodir bo‘ladi. Masalan, bu hodisa yorug‘lik 
suvdan havoga yoki shishadan havoga o‘tishida ro‘y beradi. Biror S yorug‘lik 
manbaidan tarqalayotgan nurlar ikki muhit chegarasiga turlicha burchak ostida 
tushayotgan bo‘lsin (9.4 –rasm). 
9.4 - rasm. To‘la ichki qaytish xodisasi. 
9.4-rasmda a, b, c, d, e, f, g nurlar optik zichligi katta bo‘lgan muhitdan 
optik zichligi kichik muhitga o‘tayotgan bo‘lsin. Nurning tushish burchagini 
orttirib borish bilan va uning biror bir α

Download 3.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling