Tushuvchi va singan nurlar ikki muhit chegarasiga nurning tushish nuqtasi orqali o`tkazilgan perpendikulyar bilan bir tekislikda yotib, tushish burchagi sinusining sinish burchagi sinusiga nisbati berilgan ikki muhit uchun o`zgarmas


Download 5.51 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi5.51 Kb.
#1587978
Bog'liq
Fizikq


Yoruglikning bir muhitdan ikkinchi muhitga, masalan, suvdan havoga o`tganda sinishini biz tabiatda ko`p uchratamiz. Tiniq suvga botirilgan tayoqchaning qismi go`yo sinib qolgandek ko`rinishi, suv ostida yotgan buyumning haqiqiy o`rnidan siljigan holda ko`rinishi va boshqalarni eslaylik. Bularga yoruglikning muhitdan muhitga o`tishida sinish hodisasi sababchidir. Yoruglikning sinish qonuni quyidagicha tariflanadi:




Tushuvchi va singan nurlar ikki muhit chegarasiga nurning tushish nuqtasi orqali o`tkazilgan perpendikulyar bilan bir tekislikda yotib, tushish burchagi sinusining sinish burchagi sinusiga nisbati berilgan ikki muhit uchun o`zgarmas kattalikdir, yani

bunda n–muhitning nisbiy sindirish ko`rsatkichi yoki ikkinchi muhitning birinchi muhitga nisbatan sindirish ko`rsatkichi deyiladi.

Endi muhitning absolyut sindirish ko`rsatkichi haqida to`htab o`taylik. Biror muhitning vakuumga nisbatan sindirish ko`rsatkichi uning absolyut sindirish ko`rsatkichi deyiladi


Muhitlarning ana shu n1 va n2 absolyut sindirish ko`rsatkichilari, yoruglikning tushish sinish burchaklari sinuslari, yoruglikning shu muhtlardagi tezliklari va hamda muhitlarning nisbiy sindirish ko`rsatkichlari orasida quyidagi munosabat o`rinli:

Shuni eslatib o`tamizki, normal sharoitda havoning absolyut sindirish ko`rsatkichi vakuumning absolyut sindirish ko`rsatkichiga deyarli teng, yani 1 ga (aniqrogi 1,000292 ga) teng. Ana shu sababli amaliiotda asosan muhtlarning havoga nisbatan sindirish ko`rsatkichi ishlatiladi. Istalgan muhitning havoga nisbatan sindirish ko`rsatkichi 1 dan katta sondir, chunki 

bo`lgani uchun.Yoruglik sindirish ko`rsatkichi katta bo`lgan muhitdan (masalan shishadan, suvdan) sindirish ko`rsatkichi kichikroq muhitga (masalan, havoga) o`tganda to`la ichki kaytish hodisasi kuzatilishi mumkin. Masalan, yoruglik havoga nisbatan sindirish ko`rsatkichi n ga teng bo`lgan shishadan havoga o`tayotgan bo`lsin.
Download 5.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling