TOSHKENT DAVLAT
IQTISОDIYOT UNIVERSITETI
«Tarmoqlar iqtisоdiyoti» kafedrasi
«Xulq-atvor iqtisodiyoti» fani
Mavzu:
«VAQT ORALIG‘IDAGI
XATTI-HARAKATLAR»
(6-mashg’ulot)
Ma’ruzachi: PhD., dots. Umarova G.G.
Toshkent - 2023
6-MAVZU
REJASI:
6.1. Fisherning befarqlik egri chizig‘i
tahlili
6.2. Ikki davrli modelning budjet
cheklovi va unda optimal isteʼmol
6.3. Vaqtning nomuvofiqligi
6.4. Tajribalarda vaqt afzalliklarini
o‘lchash
6.1. Fisherning befarqlik egri chizig‘i tahlili
Iste’molchi ikki davr (0 davr va 1 davr) uchun yashaydigan oddiy
modelni ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, mehnat daromadi ekzogen tarzda
0-davrda Y0 va 1-davrda Y1 sifatida berilgan. Foiz stavkasi r bilan
belgilanadi, 0-davridagi iste’mol C0 ga, 1-davrdagi iste’mol C1 va naflik
funksiya U(C0, C1) bilan belgilanadi. Jamg‘arma daromad va iste’mol
o‘rtasidagi farq bilan belgilanadi hamda 0-davrida iste’molchi uni tejashi
mumkin.
6.1
Agar C0 Y0 dan katta bo‘lsa va S manfiy bo‘lsa, biz iste’molchi
qarz olgan deb hisoblaymiz. Ikki davrli modelda iste’molchi 1-davrning
oxirgi davrida qarz ololmaydi va 1-davrdagi iste’mol jamg‘arma S foiz
daromadi rS hamda mehnat daromadi Y1 yig‘indisidan kichik yoki teng
bo‘lishi kerak.
6.2
(6.1) va (6.2) ni umumlashtirish orqali quyidagiga ega bo‘lamiz.
6.3
Bu vaqtlar oralig‘idagi budjet cheklovidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |