Sodda darajadagi testlar


Download 56.05 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi56.05 Kb.
#1132908
Bog'liq
Sodda darajadagi testlar


SODDA DARAJADAGI TESTLAR
1. Moliyaviy vositachilarning asosiy vazifasi to’g’ri ko’rsatilgan javobni
aniqlang.
A) moliya bozoridagi mijozlarni shaxsan ular ishtirokidagi operatsiyalaridan ko‘ra yuqoriroq samara beradigan moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlash;
B) banklardagi mijozlarni shaxsan ular ishtirokidagi operatsiyalaridan ko‘ra yuqoriroq samara beradigan moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlash;
C) sug’urta bozoridagi mijozlarni shaxsan ular ishtirokidagi operatsiyalaridan ko‘ra yuqoriroq samara beradigan moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlash;
D) axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar mijozlarni shaxsan ular ishtirokidagi operatsiyalaridan ko‘ra yuqoriroq samara beradigan moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlash.
2. Moliyaviy vositachilar to’g’ri va to’liq ko’rsatilgan javobni aniqlang.
A) banklar, depozit jamg’armalar, sug‘urta kompaniyalari, pensiya fondlari, o‘zaro fondlar, investitsion banklar. venchur kompaniyalariga kapital qo‘yuvchi firmalar, axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar;
B) banklar, sug‘urta kompaniyalari, pensiya fondlari, supermarketlar, investitsion banklar, venchur kompaniyalariga kapital qo‘yuvchi firmalar, axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar;
C) banklar, sug‘urta kompaniyalari, pensiya fondlari, ta’lim institutlari, o‘zaro fondlar, investitsion banklar. venchur kompaniyalariga kapital qo‘yuvchi firmalar, axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar;
D) banklar, sug‘urta kompaniyalari, pensiya fondlari, o‘zaro fondlar, investitsion banklar. venchur kompaniyalariga kapital qo‘yuvchi firmalar, axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar.
3. Bank birinchi bo’lib qaysi davlatda paydo bo’lgan?
A) Italiya;
B) Fransiya;
C) AQSH;
D) Germaniya.
4. Ixtisoslashgan moliyaviy vositachilarga xos bo‘lgan deyarli barcha moliyaviy funksiyalarni bajaruvchi tashkilotlar ………… deb taladi.
A) universal banklar;
B) tijorat banklar;
C) investitsion banklar;
D) pensiya fondlari.
5. Sug‘urta sohasidagi kredit reytingini aniqlashga ixtisoslashgan axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firma berilgan javobni aniqlang.
A) Best's;
B) Moody's;
C) Standard & Poor's;
D) Bloomberg;
6. Xususiy kompaniyalar, hukumat va boshqa tashkilotlarga o‘z faoliyatini
moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni jalb qilishda yordam beruvchi moliyaviy vositachilar tog’ri ko’rsatilgan javobni belgilang.
A) investitsion banklar;
B) o’zaro fondlar;
C) sug’urta kompaniyalari;
D) venchur kompaniyalar;
7. Olinayotgan mablag‘lar bo‘yicha va’da qilinayotgan daromadlik
stavkasiga…………………. deb ataladi.
A) foiz stavkasi;
B) real stavka;
C) nominal stavka;
D) bank stavkasi;
8. “Nikkei”, “Topix” kabi indekslar qaysi davlat fond bozorlarida qo’llaniladi.
A) Yaponiya;
B) Fransiya;
C) BAA;
D) Germaniya;
9. “CAC 40” indeksi qaysi mamlakat fond bozorlarida foydalaniladi.
A) Fransiya;
B) Yaponiya;
C) Gollandiya;
D) Germaniya;
10. …………– bu pul massasining tovar aylanmasi ehtiyojlariga nisbatan ortib
ketishi natijasida pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar narxlarining o’sishidir.
A) Inflatsiya;
B) Devalivatsiya;
C) Revalivatsiya;
D) Bifilatsiya;
11. Inflyatsiyadan himoyalangan yangi turdagi qo‘shimcha jamg‘arma
obligatsiyalari qanday nomlanadi?
A) I Bond;
B) I Stock;
C) I Veksel;
D) I Saving.
12. Sug’urta kompaniyasi tomonidan xizmat ko‘rsatilgani uchun
sug’urtalanuvchi tomonidan to‘lanadigan pullar …………………. deyiladi.
A) sug’urta mukofoti;
B) sug’urta badali;
C) sug’urta polisi;
D) sug’urta shartnomasi.
13. Bir valyutaga nisbatan boshqa bir valyutaning bahosini
o’zgarishi………………. deb ataladi.
A) valyuta kursi;
B) valyuta riski;
C) valyuta ayirboshlash;
D) valyuta sotuvi.
14. Daromadi va’da qilingan daromad stavkasida beriladigan moliyaviy instrument ko’rsatilgan javobni aniqlang.
A) obligatsiya;
B) aksiya;
C) fyuchers;
D) forvard.
15. “FT-30”, “FT- 100” fond bozori indekslari qaysi mamlakat fond bozorlarida ishlatiladi?
A) Buyuk Britaniya;
B) Fransiya;
C) Germaniya;
D) Avstraliya.
16. Keltirilgan qiymatni aniqlash …………… deb ataladi.
A) diskontlash;
B) investitsiyalash;
C) bo’lajak qiymatni topish;
D) annuitet.
17. Korporatsiyada moliyaviy rahbarning funksiyalariga…….kiradi.
A) rejalashtirish, pul mablag’larini boshqarish, korporatsiya aktivlarini himoya qilish, investorlar bilan o’zaro munosabatlar;
B) rejalashtirish, pul mablag’larini boshqarish;
C) kapital bilan ta’minlash, buxgalteriya hisobi, soliqlarni boshqarish, baholash va konsalting;
D) kirim va chiqimlarni nazorat qilish.
18. Moliyaviy bitimlar tuzish, aktivlar va riskni almashishda foydalaniladigan bozorlar va boshqa institutlar majmuiga…………... deyiladi.
A) moliyaviy tizim;
B) foiz stavkasi;
C) moliyaviy boshqaruv;
D) moliyaviy oqim;
19. Moliyaviy vositachilarning moliyaviy xizmatlari nimalardan iborat?
A) hisob raqamlarni ochish, tijorat qarzlari va ipoteka kreditlarini berish, sug’urta shartnomalarining keng doirasiga hamda o’zaro jamg’armalarda ishtirok etishiga yo’l ochish;
B) mahsulot ishlab chiqarish, yetkazib berish, hisobraqamlarni ochish, tijorat qarzlari va ipoteka kreditlarini berish;
C) mahsulot ishlab chiqarish, yetkazib berish, sug’urta shartnomalarining keng doirasiga hamda o’zaro jamg’armalarda ishtirok etishiga yo’l ochish;
D) ish haqi berish, homiylik qilish, hisobraqamlarni ochish, tijorat qarzlari va ipoteka kreditlarini berish;



20. Resurslarning subyektlardan moliyaviy o’tishi nima deyiladi?


moliyaviy resurslari


resurslari ortiqcha bo’lgan iqtisodiy defitsit bo’lgan iqtisodiy subyektlarga oqib

A) moliyaviy oqim;
B) moliyaviy vositachilar;
C) xalqaro firma;
D) pul oqimi;
21. Investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moliyaviy resurslarda ehtiyojlaridan daromadlari ko’proq firmalarni qanday ataymiz?
A) ortiq mablag’ga ega bo’lgan subyektlar;
B) resurslari defitsit bo’lgan obyektlar;
C) resurslari defitsit bo’lgan subyektlar;
D) mustaqil firmalar;
22. Kelgusi sarmoyalar uchun resursi yetishmaydigan firmalarni qanday ataymiz?
A) resurslari defitsit bo’lgan subyektlar;
B) ortiq mablag’ga ega bo’lgan subyektlar;
C) resurslari avval ortib keyin kamayib ketadigan subyektlar;
D) moliyaviy qaram subyektlar;
23. Quyidagi qaysi operatsiyalar resurslarni vaqt (davr, zamon)ning bir nuqtasidan boshqasiga o’tishi joylashuviga olib keladi.
A) korxonalarni qo’llab quvvatlash uchun qarzlar, mamlakat rivojlanishidagi xarajatlar, tijorat banklari kreditlarini harkatlanishi;

B) riskni boshqarish, resurslarni birlashishi va kapitaldagi ishtirok ulushining bo’linishi;
C) uy sotib olish qarzlari, jamg’arilgan pensiya va ishlab chiqarish quvvatiga kapital qo’yilmalar, korxonalarni qo’llab quvvatlash uchun qarzlar;
D) korxonalarni qo’llab quvvatlash uchun qarzlar;
24. To’lovlarni amalga oshirishning alternativ vositalari tog’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang.
A) cheklar, kredit yoki plastik kartochkalari va elektron to’lov;
B) pul, tovar, mahsulot;
C) qimmatli qog’ozlar, resurslar, cheklar;
D) kredit yoki plastik kartochkalari va elektron to’lov, pul, tovar;
25. Stimullar bilan bog’liq bo’lgan muammolarni aniqlang va ular xalqaro amaliyotda qanday nom olgan? 1) “umrbod renta” maummosi; 2) “komitent- komissioner” maummosi; 3) “ma’naviy risk” maummosi; 4) “noqulay tanlov” maummosi.
A) 2, 3, 4;
B) 1, 2, 3;
C) 1, 3, 4;
D) 1, 2, 4;
26. Korporatsiya aksiyadorlari firmaning ishini yuritish uchun kimga
vakolatini beradilar?
A) korporativ menenjerlarga;
B) umrbod renta;
C) hamkorlarga;
D) ishchilarga;
27. Moliyaviy yangiliklar qanday yuzaga keladi?
A) tadbirkorlar va firmalarning iqtisodiy va innovatsion faoliyatlari natijasida;
B) markazlashtirilgan organlar tomonidan rejalashtirilishi natijasida;
C) davlat boshqaruvi o’zgarishi natijasida;
D) davlat boshqaruvi o’zgarishi va markazlashtirilgan organlar tomonidan rejalashtirilishi natijasida;
28. Moliyaviy bozorlarni tarkibiy qismi to’g’ri berilgan javobni belgilang.
A) pul bozori, kapital bozori;
B) kapital bozori, kredit bozori;
C) pul bozori, buyum bozori;
D) qimmatli qog’ozlar bozori, pul bozori;
29. Aksiyaning turlari to’g’ri berilgan javobni belgilang.
A) imtiyozli, oddiy;
B) belgili, imtiyozli;
C) oddiy, yutuqli;
D) uzoq va qisqa muddatli;
30. Uy xo’jaliklarining mavjud jamg‘armalarini qanday aktivlarga yo‘naltirish kerakligini uy xo’jaliklarining qaysi qarori asosida aniqlashimiz mumkin?
A) investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan investitsion qarorlar;
B) pul mablag‘larini iste’mol qilish va jamg‘arish to‘g‘risidagi qarorlar;
C) moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar;
D) riskni boshqarish bilan bog‘liq qarorlar;
31. Iqtisodiy qiymatga ega bo‘lgan barcha narsalar …... deyiladi.
A) aktivlar;
B) qimmatli qog’ozlar;
C) pul;
D) passivlar;
32. Firmalar darajasida moliyaviy qarorlar qabul qilish masalalari bilan shug‘ullanadigan moliya sohasi nima deb ataladi?
A) korxonalar moliyasi;
B) bo’limlar faoliyati;
C) uy xo’jaliklari;
D) tashqi savdo;
33. Bino, inshoot, mashina uskunalari va ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan boshqa zarur resurslar firmaning qanday kapitali hisoblanadi?
A) jismoniy kapitali;
B) an’anaviy kapitali;
C) zaruriy kapitali;
D) moliyaviy kapitali;
34. Firmalarga jismoniy kapitalni sotib olishni moliyalashtirish imkonini beruvchi aksiyalar, obligatsiyalar va kreditlar qanday kapital deyiladi?
A) moliyaviy kapitali;
B) an’anaviy kapitali;
C) zaruriy kapitali;
D) jamg’arma kapitali;
35. Uy xo‘jaligi o‘z iste’molchilik va investitsion rejalarini amalga oshirish
uchun qachon hamda qay tarzda qarz olingan mablag‘idan foydalanishi kerakligini aniqlashda uy xo’jaliklarini qaysi turidagi qaroridan foydalanadi?
A) moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar;
B) investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlar;
C) pul mablag‘larini iste’mol qilish va jamg‘arish to‘g‘risidagi qarorlar;
D) riskni boshqarish bilan bog‘liq qarorlar;
36. Oila boyligining qaysi qismini iste’molchilik ehtiyojlariga sarflash mumkinligi, joriy daromadning qaysi qismini kelajakda sarflash uchun saqlab qo‘yish va jamg‘arib borishlilgi uy xo’jaliklarining qaysi qaroriga misol bo’ladi?
A) pul mablag‘larini iste’mol qilish va jamg‘arish to‘g‘risidagi qarorlar;
B) moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar;
C) investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlar;
D) riskni boshqarish bilan bog‘liq qarorlar;
37. Uy xo‘jaliklari qanday qilib va qanday shartlarda moliyaviy vaziyat
mavhumligi va yo‘l qo‘yiladigan risk darajasini qachon kamaytirishlari kerakligi uy xo’jaliklarining qaysi qaroriga misol bo’ladi?
A) riskni boshqarish bilan bog‘liq qarorlar;
B) pul mablag‘larini iste’mol qilish va jamg‘arish to‘g‘risidagi qarorlar;
C) moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar;
D) investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlar;
38. Asosiy vazifasi tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishdan iborat
bo‘lgan iqtisodiy faoliyat subyekti (boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyot subyekt) nima deb ataladi?
A) firma;
B) bo’lim;
C) uy xo’jaliklari;
D) departament;
39. Quyidagilardan qaysi biri moliyaviy bozorlar tarkibiga kirmaydi?
A) xo'jalik buyumlari bozori;
B) pul bozori;
C) valyuta bozori;
D) kapital bozori;
40. Moliyaviy aktivlarning asosiy turlari ko’rsatilgan javobni aniqlang. 1) qarz majburiyatlari; 2) hosilaviy qimmatli qog‘ozlar; 3) ko’chmas mulklar; 4) aksiyalar;
5) asbob-uskunalar.
A) 1, 2, 4;
B) 1, 2, 3;
C) 3, 4, 5;
D) 2, 3, 4.
41. Muddati bir yildan kam bo'lgan qarz majburiyatlari bozori qanday nomlanadi?
A) pul bozori;
B) kapital bozori;
C) valyuta bozori;
D) fond bozori;
42. O’rta va uzoq muddatli qarz majburiyatlari bozori qanday nomlanadi?
A) kapital bozori;
B) pul bozori;
C) valyuta bozori
D) fond bozori;
43. …………. - bu firma mulkdorlari tomonidan uning aktivlari qismiga qo‘yiladigan talabdir.
A) Aksiya;
B) Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar;
C) To’lov balansi;
D) Obligatsiya;
44. Aksiyani sotib olish va sotish ……………da amalga oshiriladi.
A) fond bozori;
B) pul bozori ;
C) valyuta bozori ;
D) kapital bozori;
45. ”Moliya” fabi nechta asosiy analitik ustundan iborat hisoblanadi?
A) 3;
B) 5;
C) 4;
D) 2;
46. “Moliya” faniga to’g’ri ta’rif berilgan javobni belgilang.
A) Shaxslarning ma'lum vaqt mobaynida defitsit pul resurslari kirimi va chiqimini qanday boshqarishni o'rganuvchi fan;
B) Shaxslarning ma'lum vaqt mobaynida profitsit pul resurslari kirimi va chiqimini o'rganuvchi fan;
C) Korporativ boshqarishni o'rganuvchi fan;
D) Shaxslarning ma'lum vaqt mobaynida jamg'argan pul resurslari kirimi va chiqimini qanday boshqarishni o'rganuvchi fan;
47. Biznesni olib borishning asosiy tashkiliy shakllari nechta?
A) 3;
B) 4;
C) 5;
D) 6;
48. Moliyaviy kapital deb nimaga aytiladi?
A) Firmalarga jismoniy kapitalni sotib olishni moliyalashtirish imkonini beruvchi aksiyalar, obligatsiyalar va kreditlarga;
B) Bino, inshoot, mashina uskunalari va ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan boshqa zarur resurslarga;
C) Korxonalarning uzoq muddatli kapital qo'yilmalari va mamlakat iqtisodiy siyosatiga ta’sir qiladigan ongli fuqarolik qarorlariga;
D) Imkoniyatiga ega bo’lish, dunyoqarashni kengaytirishga;
49. Moliyaviy oqimlar deb nimaga aytiladi?
A) Moliyaviy resurslari ortiqcha bo‘lgan iqtisodiy subyektlardan moliyaviy resurslari defitsit bo‘lgan iqtisodiy subyektlarga oqib o‘tishiga;
B) Moliyaviy resurslari ortiqcha bo’lgan iqtisodiy subyektlardan moliyaviy resurslari ortiqcha bo’lgan iqtisodiy subyektlarga oqib o‘tishiga;
C) Pul mablag'larining bir joydan, ikkinchi bir joyga ko'chib o'tishiga;
D) Moliyalashtirish, riskni boshqarish bilan bog’liq qarorlarga;
50. “Moliya” o'ziga xos ilmiy - amaliy fan bo'lib, unda qanday masalalar o'rganiladi?
A) vaqt va noaniqlik sharoitida defitsit pul mablag'larini taqsimlash;
B) vaqt va noaniqlik sharoitida profitsit pul mablag'larini taqsimlash;
C) vaqt omilini hisobga olgan holda pul mablag'larini taqsimlash;
D) vaqt omili, YaIM, pul;
51. Aksiya - bu?
A) firma mulkdorlari tomonidan uning aktivlari qismiga qo‘yiladigan talab;
B) uzoq muddatli qarz majburiyatlari;
C) pul omonati;
D) qarz majburiyatlariga qo'yiladigan talab;
52. Talab deb nimaga aytiladi?
A) Ehtiyojlarning pul bilan qondirilgan qismiga
B) Ehtiyojlarning ortib borishiga
C) Fabrika, mashina uskunalari, tadqiqot o’tkaziladigan labaratoriyalar, ko’rgazma zallari, ulgurji omborxonalar loyihalarini tayyorlashlariga;
D) Taklif hajmining pasayishiga;
53. Bank tomonidan firmalardan undiriladigan stavka nima deb ataladi?
A) tijorat krediti bo‘yicha foiz stavkasi;
B) garov bo‘yicha foiz stavkasi;
C) omonat bo'yicha foiz stavkasi;
D) kapital stavkasi;
54. Moliyaviy tizim deb nimaga aytiladi?
A) Moliyaviy bitimlar tuzish, aktivlar va riskni almashishda foydalaniladigan bozorlar va boshqa institutlar majmuiga moliyaviy tizim deyiladi;
B) Muayyan moliyaviy qarorni qabul qilish va uni amalga oshirishiga moliyaviy tizim deyiladi;
C) Moliyaviy vositachilar yig’indisiga moliyaviy tizim deyiladi;
D) Moliyaviy munosabatlarning shakl va usullar yig’indisiga moliyaviy tizim deyiladi;
55. “Moliya” fanini o’rganish sabablari to’g’ri keltirilgan qatorni ko’rsating. 1) o’z pul mablag’laridan samarali foydalanish; 2) biznes dunyosida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish; 3) Qiziqarli va daromadli karyera qilish; 4) mamlakat iqtisodiy siyosatiga ta’sir qiladigan ongli fuqarolik qarorlari qabul qilish imkoniyatiga ega bo’lish; 5) dunyoqarashni kengaytirish.
A) 1, 2, 3, 4, 5;
B) 1, 3, 4, 5;
C) 1, 2, 3, 5;
D) 1, 2, 4, 5;
56. Uy xo’jaliklari tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy qarorlarga quyidagilardan qaysi biri kirmaydi?
A) taqsimlash to’g’risidagi qarorlar;
B) investitsiyalar bilan bog’liq bo’lgan qarorlar;
C) pul mablag’larini iste’mol qilish va jamg’arish to’g’risidagi qarorlar;
D) riskni boshqarish bilan bog’liq qarorlar;
57. Biznes olib borishning asosiy tashkiliy shakli noto’g’ri berilgan javobni aniqlang;
A) jamoatchilik;
B) yakka egalik;
C) shirkat;
D) korporatsiya;
58. Korporatsiyada moliyaviy rahbarning funksiyalariga quyidagilardan qaysi biri kirmaydi?
A) investorlarni himoya qilish;
B) rejalashtirish;
C) soliqlarni boshqarish;
D) boshqaruvning axborot tizimlari;
59. Real daromadlilik stavkasi nima?
A) Kreditor tomonidan ishlab topilgan hamda pulning sotib olish qobiliyati o’zgarishi hisobga olingan holda to’g’rilangan yoki o’zgartirilgan (korrektirovka qilingan) nominal foiz stavkasi;
B) Kreditor tomonidan ishlab topilgan (korrektirovka qilingan) nominal foiz stavkasidir;
C) Pulning sotib olish qobiliyati o’zgarishi hisobga olingan holda to’g’rilangan nominal foiz stavkasidir;
D) Qarz oluvchi tomonidan va’da qilingan va berilgan pul evaziga olinadigan summadir;
60. Bozor iqtisodiyotida daromadlilik stavkalari darajasiga ta’sir etuvchi asosiy omillarga quyidagilardan qaysi biri kirmaydi?
A) riskni maqsadga muvofiq ko’rish;
B) ishlab chiqarish vositalarining samaradorligi;
C) ishlab chiqarish vositalarini ishlatish samaradorligiga nisbatan noaniqlik darajasi;
D) odamlarning vaqtinchalik nimanidir afzal ko’rishi;
61. Sug’urta mukofoti bu ……...?
A) xizmat ko’rsatilgani uchun mijoz tomonidan to’lanadigan pullar;
B) sug’urta kompaniyasi foydasi;
C) sug’urta kompaniyasi tomonidan mijozga to’lanadigan pullar;
D) sug’urta bonuslari.
62. O’zaro fondlarning qanday asosiy turlari mavjud?
A) ochiq va yopiq;
B) keng qamrovli;
C) cheklangan va cheklanmagan;
D) kelishilgan va kelishilmagan;
63. Investitsion banklar qanday tashkilot?
A) Ular shunday firmalarki, ularning asosiy vazifasi xususiy kompaniyalar,
hukumat va boshqa tashkilotlarga o’z faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablag’larni jalb qilishda yordam berishdan iborat;
B) Ular banklar singari vazifalarni bajaradi;
C) Ular investorlarni birlashtiradi;
D) Ular banklarni moliyalashtirishda vositachi bo’lib xizmat qiladi;
64. Moliyaviy hisobotlar tizimini o’rganuvchi predmet yoki fan qanday nomlanadi?
A) Buxgalteriya hisobi;
B) Buxgalteriya va audit;
C) Moliya;
D) Audit;
65. Quyidagilardan qaysi biri moliyaviy hisobot turlariga kirmaydi?
A) Vaqtinchalik smeta;
B) Balans;
C) Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot;
D) Pul oqimlari to’g’risida hisobot;
66. Pul oqimlari to’g’risida hisobot nima?
A) Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda ma’lum davr ichida firmaning pul oqimlari kirimi va chiqimi aks ettiriladi;
B) Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda ma’lum vaqt oralig’ida firma samaradorligiga umumiy baho beriladi;
C) Firma balansi uning muayyan vaqt oralig’idagi aktivlarini (va majburiyatlarini aks ettiradi;
D) Daromad va xarajatlarning balansi ko’rsatiladi;
67. Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot nima?
A) Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda ma’lum vaqt oralig’ida firma samaradorligiga umumiy baho beriladi;
B) Firma balansi uning muayyan vaqt oralig’idagi aktivlarini va majburiyatlarini aks ettiradi;
C) Daromad va xarajatlarning balansi ko’rsatiladi;
D) Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda ma’lum davr ichida firmaning pul oqimlari kirimi va chiqimi aks ettiriladi;
68. Balans nima?
A) Firma balansi uning muayyan vaqt oralig’idagi aktivlarini va majburiyatlarini aks ettiradi;
B) Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda ma’lum vaqt oralig’ida firma samaradorligiga umumiy baho beriladi;
C) Daromad va xarajatlarning balansi ko’rsatiladi;
D) Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda ma’lum davr ichida firmaning pul oqimlari kirimi va chiqimi aks ettiriladi;
69. Buxgalteriya hisobi qoidalariga muvofiq ko’rsatilgan kompaniya aktivlari va aksiyadorlik kapitali qiymati ....... deb ataladi.
A) balans qiymati;
B) aktiv qiymati;
C) passiv qiymati;
D) kapital qiymati;;
70. Moliyaviy hisobotlarninig qanday asosiy turlari mavjud?
A) Balans, moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot, pul oqimlari to’g’risida hisobot;
B) Balans, asosiy vositalar to’g’risida hisobot, pul oqimlari to’g’risida hisobot;
C) Debitorlik va kreditorlik to’g’risida hisobot, moliyaviy natijalar to’g’rida hisobot, asosiy vositalar to’g’risida hisobot;
D) Debitorlik va kreditorlik to’g’risida hisobot, moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot, pul oqimlari to’g’risida hisobot.
71. Foyda - bu kompaniyaning ……… ……… o’rtasidagi farq.
A) daromadi va xarajatlari;
B) aktivlar va majburiyatlar;
C) taqsimlanmagan daromad va kreditorlik qarzlari;
D) aylanma aktivlar va xarajatlari;
72. Firmaning moliyaviy ahvoli, o‘tmishdagi xo‘jalik faoliyati samaradorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayerda aks ettiriladi?
A) Firmaning moliyaviy hisobotlarida.
B) Firmaning nizomida;
C) Firmaning balansida;
D) Ommaviy axborot vositalarida;
73. Pul mablag‘lari aylanishi siklining davomiyligi – bu………..?
A) firma o‘z mahsulot yetkazib beruvchilariga to‘lashni boshlashi kerak
bo‘lgan sana va o‘z iste’molchilaridan pul olishni boshlaydigan kun oralig‘idagi vaqt;
B) firma o‘z mahsulot yetkazib beruvchilariga to‘lashni boshlashi kerak bo‘lgan sana;
C) firma o‘z iste’molchilaridan pul olishni boshlaydigan kun;
D) u yoki bu davr mobaynida firmaning mumkin bo’lgan moliyaviy ahvolini oldindan ko’ra bilish;
74. …………………….. - bu umumiy muammolarni hal qilishga hamkorlar
sifatida boshqa korxonalar yoki yuridik shaxslarni jalb qilish orqali o’z riskining darajasini pasaytirishdir.
A) Risk sug’urtasi;
B) Riskni birlashtrish;
C) Riskni xejirlash;
D) Riskni diversifikatsiyalash;
75. …………….. narxlarning salbiy o’zgarishlarni oldini olish maqsadida
oldindan tuziladigan birjadagi bitimlar orqali risk darajasini pasaytirishdir.
A) Risk sug’urtasi;
B) Riskni birlashtrish;
C) Riskni xejirlash;
D) Riskni diversifikatsiyalsh;
76. O’rganilayotgan davr ichida narxlar nechta martaga oshganligini
ko’rsatuvchi ko’rsatkich …………. deb ataladi.
A) inflatsiya indeksi;
B) inflatsiya riski;
C) inflatsiya darajasi;
D) inflatsiya nominali;
77. Milliy valyutaning chet el valyutalariga yoki xalqaro hisob-kitob pul birliklariga nisbatan qadrining tushishi ………… deb ataladi.
A) devalivatsiya;
B) inflatsiya;
C) imobilizatsiya;
D) revalvatsiya;
78. Byudjet tashkilotlari moliya-xo’jalik faoliyatini taftish qilish yakunida qanday hujjat rasmiylashtiriladi?
A) dalolatnoma;
B) bildirishnoma;
C) ma’lumotnoma;
D) xabarnoma;
79. Dalolatnoma nima?
A) taftish natijalarini umumlashtiriluvchi hujjat;
B) taftish o‘tkazish haqida bildirishnoma;
C) tarixiy hujjat;
D) nazorat obyekti to‘g‘risida ma’lumotnoma;
80. Taftish o‘tkazish o‘z ichiga necha bosqichni oladi?
A) to‘rt bosqichni;
B) olti bosqichni;
C) besh bosqichni;
D) uch bosqichni;
81. Bojxona nazorati bu –
A) O‘zbekiston Respublikasining bojxona ishi sohasidagi qonun hujjatlari va
xalqaro shartnomalariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar majmui;
B) tovarlarni respublikaga olib kirish bilan bog‘liq nazorat;
C) bojxona bojlarini to‘g‘ri hisoblashni tashkil etish;
D) boj undirishga qaratilgan tadbirlar yig‘indisi;
82. Tijorat banklarida majburiy rezerv normasi kim tomonidan belgilanadi?
A) Markaziy Bank;
B) Oliy Majlis;
C) Moliya Vazirligi;
D) Vazirlar Mahkamasi;
83. INTOSAI qanday tashkilot?
A) oliy darajadagi xalqaro nazorat organi;
B) siyosiy tashkilot;
C) moliyaviy tashkilot;
D) mustaqil organ;
84. Davlat moliyaviy nazorati tizimining elementlarini ko‘rsating.
A) nazorat tamoyillari;
B) nazoratning afzalligi;
C) nazorat vazifasi;
D) nazoratning mavjudligi;
85. Moliyaviy nazorat subyektlarini ko‘rsating.
A) moliya organlari;
B) ta’lim muassasalari;
C) siyosiy partiyalar;
D) korxonalar;
86. Hujjatlar asosida o`tkaziladigan tekshiruv qanday ataladi?
A) kameral tekshiruv;
B) tanlanma tekshiruvi;
C) buxgalteriya tekshiruvi;
D) axborot tekshiruvi;
87. Amalga oshirish reglamentiga ko‘ra moliyaviy nazoratning shakllarini ko`rsating.
A) tashabbuskorlik, majburiy;
B) dastlabki, yakuniy;
C) ichki, tashqi, oraliq;
D) dastlabki, joriy, so‘ngi;
88. Umumiy va eng oddiy ko’rinishda, moliyaviy rejalashtirish deyilganda ...
A) moliyaviy rejalarni tuzish va amalga oshirish jarayoni nazarda tutiladi;
B) faqat moliyaviy rejalarni amalga oshirish jarayoni nazarda tutiladi;
C) faqat moliyaviy rejalarni tuzish jarayoni nazarda tutiladi;
D) odatda, moliyaviy rejalarni tuzish va amalga oshirish jarayoni nazarda tutilmaydi;
89. “Moliya” so’zining ona tilmizda ishlatilishining qanday ko’rinishlari mavjud?
A) Biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul mablag’lari;
B) Pul fondlarini taqsimlash, sarflash;
C) Davlat tasarufidagi moddiy va nomoddiy aktivlarni shakllantirish;
D) Moliya tizimi faoliyati;
90. Ijtimoiy iste’mol fondlariga …………… kirmaydi?
A) ishlab chiqarish fondlari;
B) boshqaruv, mudofaa;
C) ijtimoiy ta’minot va sug’urta;
D) maorif, sog’liqni saqlash;
91. Korxona moliyaviy siyosatining maqsadi nimalardan iborat bo’lishi mumkin?
A) korxona iqtisodiy salohiyatining o’sish sur’atlari barqarorligini ta’minlash;
B) korxonaning bozor qiymatini minimallashtirish;
C) byudjet daromadlarini ko‘payish;
D) iqtisodiyotni rivojlanishi;
92. Kredit siyosati natijasida kreditning arzonlashuvi nimalarga olib keladi?
A) takror ishlab chiqarish jarayoni subyektlari daromadlarining oshishiga;
B) byudjet daromadlarini ko‘payishiga;
C) byudjet daromadlarini kamayishiga;
D) itisodiyotni rivojlanishiga;
93. Moliya - ………….
A) pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash va undan foydalanish bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi;
B) pulli munosabatarini tartibga solidi;
C) pul fondlarini ifoda etadi;
D) tog’ri javob yo’q;
94. Moliyaning qanday funksiyalari mavjud?
A) taqsimlash va nazorat;
B) nazorat va rag‘batlantirish;
C) taqsimlash va tartibga solish;
D) pul fondlarini shakllantirish va nazorat;
95. Davlat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan
moliyaviy resurslarni tashkil etish va foydalanishga qaratilgan munosabatlar tizimini boshqarishi, tartibga solishi va bu resurslardan samarali hamda oqilona foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirishi ……..
ning asosiy vazifasi bo’lib hisoblanadi.
A) moliyaviy boshqaruv;
B) moliyaviy nazorat;
C) moliyaviy siyosat;
D) moliya tizim;
96. Moliyaviy bashoratlash bu - ……………
A) ma’lum bir davr mobaynida davlat yoki xo’jalik yurituvchi subyektning mumkin bo’lgan moliyaviy ahvolini oldindan ko’ra bilish va moliyaviy reja ko’rsatkichlarini asoslash;
B) tashqi va ichki muhitda o’zgarayotgan xo’jalik yuritish subyekti moliyaviy taraqqiyotining ko’p li bashoratlarini amalga oshirish jarayoni;
C) moliyaviy resurslarning balansliligini va prorportsionalliligini ta’minlashga qaratilgan faoliyat;
D) moliyaviy rejalarni tuzish va amalga oshirish jarayoni;
97. Moliyaviy boshqaruvning markaziy organi berilgan javobni aniqlang;
A) Moliya vazirligi va uning joylardagi organlari hisoblanadi;
B) Markaziy bank va uning joylardagi organlari hisoblanadi;
C) Davlat soliq qo’mitasi va uning joylardagi organlari hisoblanadi;
D) G’aznachilik va uning joylardagi organlari hisoblanadi;
98. Moliyaviy rejalashtirish nima?
A) moliyaviy resurslarning balansliligini va prorportsionalliligini
ta’minlashga qaratilgan faoliyat;
B) umumiy va oddiy ko‘rinishda, moliyaviy rejalarni amalga oshirish jarayoni;
C) pul mablag‘laridan iqtisod qilib, tejab-tergab foydalanish hisobidan korxonaning foydasini oshirish;
D) umumiy va oddiy ko‘rinishda moliyaviy rejalarni tuzish jarayoni;
99. Pul siyosati orqali qanday vazifani amalga oshiriladi?
A) muomaladagi pul miqdori tovarlar massasi miqdoriga mos kelmagan
sharoitda pul massasining yetmagan qismini qog‘oz pullar hisobidan yoki xorijiy valyuta hisobidan to‘ldirish;
B) emissiya qilinayotgan pul miqdori tovarlar massasi miqdoriga mos kelmagan sharoitda xorijiy valyuta hisobidan to‘ldirish;
C) tovar ishlab chivqarishni chegaralash;
D) mamlakatda xorijiy valyutaning muomalada bo‘lishiga ruhsat bermaslik;
100. Quyidagilardan qaysi biri moliyaviy siyosatning tarkibiy qismiga kirmaydi?
A) ishsizlik siyosati;
B) ijtimoiy moliyaviy siyosat;
C) byudjet-soliq siyosati;
D) kredit siyosati.
iii
Download 56.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling