Sodda kiritmalar so`zlar va so`z-gaplar bilan, murakkab kiritmalar


Download 22.09 Kb.
bet5/7
Sana22.03.2023
Hajmi22.09 Kb.
#1285817
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
56-mavzu

II.MAVZUGA OID MASHQLAR:
1-mashq. Berilgan gaplardagi kiritmalarni aniqlang, ularning qanday ma’no ifodalashi va qaysi turkumga mansubligini ayting.
1.Asli qiyofangni ko`rsatishdan qo`rqishing, demak, o`zingdan nafratlanishingni bildiradi. 2. Ko`pdan ko`p baxtsizliklarning ildizi shundaki, yoshlikdanoq bolani o`z xohishlarini tizginlashga, bu ishni qilish mumkin, bunisini , albatta, qilish kerak targ‘ibot va tashviqot kerak emas, degan noto‘g‘ri xulosa bilan yashayotgan odamlar ham uchrab turibdi. 3. Xo‘p, bugungi gapim tamom, qizim.
2-mashq. Kiritmalarni aniqlang.
1. Ko‘zlari bo‘taloqning ko‘zlariday javdirab turgan bu yosh, hurkak malakni (uning ismi ham jismiga monand – Qorako‘z begim edi!) amirga Buxoro hokimi Alp Tegin in’om qilib yuborgan. 2. Mana, bir oydan oshdi, G‘aznadan maxfiy elchi Abulvafo Sariq kelib, Ibn Sino hazratlarini topolmay noumid qaytib ketdi hamki, amir har on, har daqiqa G‘aznadan sovuq xabar kutib (gunohkor bandangni o‘zing kechirgaysen, Xudovandi Karim!) betoqat bo‘ladi, kechalari mijja qoqmay chiqadi. 3. Sarpardaning chap tomonida, baland qilib to‘shalgan oq kigizlar ustida…. boshiga qora telpak, egniga uzun qora chakmon kiygan bir odam… (Yo rab! – bu odam Sulton Mahmud G‘aznaviy edi!) uzala tushib yotardi! 4. Mirzajon aka (bizda birovni o‘ta hurmat qilsang, yosh bo‘lsa ham aka deymiz, men ham u kishini aka degim keladi)…muloyim kulimsirab qo‘ydi. 5. Shundan keyin Saltanatni o‘ninchi sinfni bitiruvchilar kechasida (bu to‘yga odatdagiday hammamiz yig‘ilgan edik) ko‘rdim.
3-mashq. Berilgan gaplarda kirish so‘zlar qanday vazifa bajarishini aniqlang.
1. Qani, kiring, ichkarida bemalol gaplashamiz. 2. Yolg‘on gapirish, albatta, gunohdir. Lekin o‘rinsiz haq so‘zdan, nazarimda, sukut yoki bezarar yolg‘on yaxshiroq. Masalan, Hakim kasalini tuzalish bosqichidan o‘tgan bemorning umidli savoliga, sizningcha, qanday javob berishi kerak? Shak-shubhasiz, o‘lasiz debmi? 3. Nahotki, daryolar oqar teskari, nahotki, odamlar kezar darbadar. 4. Xayriyat, vaqtida yetib keldik. 5. Aytishlaricha, bugun kelishi kerak. 6. Demak, ertalab uchrashamiz. 6. Yaxshi hamki, yomg‘ir yog‘madi



Download 22.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling