Sodda kiritmalar so`zlar va so`z-gaplar bilan, murakkab kiritmalar


Download 22.09 Kb.
bet6/7
Sana22.03.2023
Hajmi22.09 Kb.
#1285817
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
56-mavzu

III.MAVZUGA OID TESTLAR:
1. Gap bo‘laklari bilan grammatik jihatdan bog‘lanmaydigan so‘z qatnashgan gapni toping.
A) Shamol, qor, yomg‘ir, do‘l, o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi.
B) Vatanim bor, ko‘rkam.
C) Do‘stlar, navqiron yoshlikni qadrlang.
D) U yerda, taxtako‘prikning ostida bir buloq bor.
2. So‘zlovchining o‘zi bayon qilgan fikriga munosabatini bildirgan so‘z qaysi gapda berilgan?
A) Ey farzand, fe’l-atvoring kishilarni ranjitmasin.
B) O‘qishdan keyin sof havoda dam olamiz, albatta.
C) Oy tangalari suv betida milt-milt oqadi.
D) Bu joylar shu qadar chiroyli, shu qadar go‘zal!
3. Kirish birikma qaysi gapda qo‘llangan?
A) Har bir o‘rtog‘ingiz, shak-shubhasiz, sizga faqat yaxshi niyat tilaydi.
B) Mirzakarimboy boshqalarga maqtanmasa ham (maqtanchoqlikni yomon ko‘rardi u), ba’zi vaqt ichidan faxrlanardi.
C) Birinchidan, bu zamin bag‘rida Mendeleyev jadvalidagi hamma elementlar mavjud, ikkinchidan o‘zbek xalqi juda mehnatkash xalq ekan.
D) Tabibning ta’biricha, tuzalmaydigan kasallik yo‘q.
4. Kirish gap qatnashgan jumla berilgan qatorni aniqlang.
A) Mana shularni ko‘p o‘yladim-u, men sizga aytsam, ariza tashlashga jazm etdim.
B) Yaxshisi, dushmanni o‘z quroli bilan urish kerak.
C) Rahmat, doktor opa, juda minnatdorman.
D) Niyatingga yetkur, quloq sol.
5. Bayon qilinadigan fikrning tartibini bildirgan kirish so‘z qaysi gapda qo‘llangan?
A) Oxiri, tutun hidi anqib turgan choy bizga ham keldi.
B) Xullas, bu savdolar ko‘p yillar davomida ko‘p kishilarning boshidan kechgan.
C) Aytgancha, Komil tabib ham o‘g‘lini jo‘natdi.
D) To‘g‘ri, pulga o‘xshaydi, ammo-lekin pulmas…
6. Gumonni bildirgan kirish so‘z qaysi gapda berilgan?
A) Bu yerda ba’zi irimlarga moyil bo‘lib, masalan, tushga, ko‘ngil sezishga ishonadigan ekansan, ochig‘i.
B) Afsuski, men uning otini bilolmay qoldim.
C) Osongina buyruqni bajarmay, donolik qilib, bu yerga boshlab kelganim, balki ba’zilarga yoqmas.
D)Qaysi ishni qilmoqchi bo`lsang, eng avvalo, o`z ko`ngling bilan kengashib ko`rgin.
7. Achinishni bildirgan kirish so‘z qaysi qatorda qo‘llangan?
A) Ha, o‘zining duch kelganiga ancha bo‘ldi, shekilli.
B) Shunday qilib, yoz ham o‘tdi.
C) Demak, Rahmonqulovga bosh egish yo‘q.
D) Afsuski, yolg‘on emas, – dedi Juman.
8. Quyidagi kirish so‘zlarning qaysi biri, asosan, gap oxirida keladi?
A) shekilli B) xullas
C) to‘g‘ri D) haqiqatdan
9. Nosirovning xonadonida beminnat xizmat qiladi, bog‘-chorbog‘idan, chorvasidan xabar oladi (Nosirovning xobbisi bir juft qo‘y, o‘n-o‘n besh tovuq boqish edi). Gapdagi qavsga olingan jumla nimani bildiradi?
A) ajratilgan izoh bo‘laklarni B) kirish birikmani
C) kirish gapni D) uyushiq bo‘laklarni
10. Soraxon shuncha kundan beri yetolmagan niyatiga – Roziyani avvalgiday go‘zal, shod ko‘rish niyatiga – Sattor bir lahzada yetdi. Ushbu gap haqidagi qaysi hukm to‘g‘ri?
A) kiritma gapli va ajratilgan bo‘lakli gap
B) uyushiq va ajratilgan bo‘lakli gap.
C) uyushiq bo‘lakli gap
D) ajratilgan bo‘lakli gap
11. Kirish so‘zlar, asosan, qaysi turkumlar bilan ifodalanadi?
A) mustaqil so‘zlar bilan B) yordamchi so‘zlar bilan
C) modal so‘zlar bilan D) taqlidiy so‘zlar bilan
12. Demak, maktabni bitirib, o‘qishga kirmoqchisan. Ushbu gapdagi kirish so‘z qaysi ma’noni bildiradi?
A) ishonch va tasdiq B) fikrning kimga qarashli ekanligi
C) fikrning tartibi D) fikrga yakun yasash
13. To‘g‘ri yo‘ldan uchta yengil mashina kelar edi. Gapda to‘g‘ri so‘zi qanday holatda kirish so‘zga aylanadi?
A) to‘g‘ri so‘zidan keyin vergul bo‘lsa
B) to‘g‘ri so‘zidan keyin undov belgisi bo‘lsa
C) to‘g‘ri so‘zidan keyin nuqta bo‘lsa
D) to‘g‘ri so‘zi bu gapda kirish so‘z bo‘la olmaydi.
14. Qaysi qatorda uyushmagan undalma qo‘llangan?
A) Biz, bengalliklar, inglizlarning nimadan quvonishlarini sira anglay olmaymiz.
B) Arzandam, yolg‘izim, agar ba’zida seni urishgan bo‘lsam, kechir.
C) Dilorom, Alisher, sizlar qayerda edingiz?
D Qishlog‘im, nechog‘lik suluvsan bugun, yashilga burkanib yashnabsan shuncha.
15. Kiritma gaplar nutqning qaysi ko‘rinishlarida ko‘proq qo‘llanadi?
A) nasriy nutqda B) she’riyatda
C) dramatik nutqda D) barcha javob to‘g‘ri
16. O‘z fikri tarkibiy qismlarining ahamiyatliligi darajasini bildiruvchi kiritma qaysi gapda mavjud?
A) Yaxshi hamki, vaqtida yetib keldik.
B) Demak, ertalab uchrashamiz.
C) Yaxshi kunlarda uchrashamiz, inshoolloh.
D) Birinchidan, bu borada siz nohaqsiz.
17.Oqshomdan boshlangay, odatda, tonglar.

Download 22.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling