Sodda ot qo’shma ot juft ot 4 takroriy ot
Download 18.1 Kb.
|
1.Quyida otlarn-WPS Office
1.Quyida otlarning tuzilishiga ko’ra nechta turi qo’llangan? Belbog’, osmon, qarindosh-urug’, temir-tersak, qo’ni-qo’shni, tustovuq, daraxt, aka-uka 1) sodda ot 2) qo’shma ot 3) juft ot 4) takroriy ot A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,2,4 D) 2,3,4 2.Qanday otlar qanday? qanaqa? so’roqlariga javob bo’ladi? A) fe’lga bitishuv usuli bilan bog’langan otlar B) otga bitishuv usuli bilan bog’langan otlar C) otga moslashuv usuli bilan bog’langan otlar D) otlar har doim kim? nima? qayer? so’rog’iga javob bo’ladi 3.Qo’shma otlar haqida aytilgan qaysi fikr to’g’ri emas? A) qo’shma otning qismlari turli turkumlarga mansub bo’lishi mumkin. B) qo’shma otning qismlari ajratib yozilishi mumkin. C) qo’shma otning qismlari tub yoki yasama bo’lishi mumkin. D) qo’shma otlar yasama so’z sanalmaydi. 4.Quyida berilgan mikromatnning necha o’rnida bosh harflar imlosi bilan bog’liq xatoga yo’l qo’yilgan? toshkent vohasini chirchiq daryosi suv bilan ta’minlab turadi. shahardan oqib o’tuvchi ariq va kanallarning hammasi chirchiq daryosidan boshlanadi. qorasuv, salor, kaykovus, qoraqamish, shayxontohur, rohat, anhor, oqqo’rg’on kabilar shaharning qon tomirlaridir. A) 12 o’rinda B) 11 o’rinda C)10 o’rinda D) 9 o’rinda 5.Tarkibidagi har bir so’z bosh harf bilan yozilishi lozim bo’lgan nomlar qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? 1) xalqaro tashkilot nomlari; 2) oliy davlat tashkilotlari; 3) oliy davlat mansabi; 4) vazirliklar nomi A) 1,2,3,4 B) 1,2,4 C) 1,2,3 D) 2,3,4 6.Qaysi javobda shaxs nomlari berilgan? A) zargar, suvchi, kampir B) lola, rayhon, temir C) Aziz, Ilg’or, Lobar D) qoplon, lochin, qaldirg’och 7.Qaysi gapda shaxs oti yasovchi qo’shimcha qo’llangan? A) Rashidboy ertasi kuni qassobning mashinasida tog’ ortiga jo’nadi. B) Yaxshilikka yomonlik deganlari shu ekan. C) Qo’shiq aytganim faqat otamga yoqqan emish. D) Aravakash mo’mingina, muloyim, kamgap kishi. 9.Qaysi gapda tafakkur va tasavvur orqali idrok qilinadigan ot qo’llangan? A) Dadam kunduzi chopiqda juda charchagan edi. B) Yoshlik qaytib kelmaydi. C) Yolqin akam terimdan bo’shagandan keyin hovlini tuzatadi. D) Qirlarning g’ir-g’ir shamoli, o’pkalarga moydek tuyulgan totli havosi hammamizning ruhiyatimizni ko’tarib yubordi 10.Qaysi javobda otlarning kichraytirish shakli berilmagan? A) –gina B) –choq C) –chak D) –choq 11.Qaysi gapda subyektiv munosabat shakli qo’llanmagan? A) Bu Olimtoy yaratgan robot. B) Huriniso ketib, Saidaga qarashib turgani Kifoyatxonni yubordi. C) Turg’unoy birinchi tovushni eshitganda seskandi. D) Ertaga yaxshilab uycha yasab berib ketaman. 12.Qaysi grammatik shakl(lar) ismlarning sintaktik vazifasini belgilaydi? 1) kelishik shakllari 2) egalik shakllari 3) ko’plik shakli A) 1,2,3 B) 1,2 C) faqat 1 D) faqat 2 13.So’z birikmasi qismlarini bog’lash uchun xizmat qiluvchi vositalar qaysi javobda qayd etilgan? 1) kelishik qo’shimchalari 2) egalik qo’shimchalari 3) ko’makchilar 4) ohang A) 1,2,3,4 B) 1,2,4 C) 2,3,4 D) 1,3,4 14.–lar qo’shimchasi qarindoshlikni bildiruvchi so’zlarga qo’shilib, qanday ma’no(lar)ni ifodalashi mumkin? A) faqat hurmatlash ma’nosini B) tusmollash ma’nosini C) hurmatlash va ko’plik ma’nosini D) birgalik ma’nosini 15.Qaysi javobda predmetning tinglovchiga qarashliligi ifodalangan? A) ruchkam B) ruchkang C) yozdim D) yozding 16.Egalik qo’shimchalari haqida aytilgan qaysi fikr to’g’ri emas? A) Otlarning uch shaxsdan biriga qarashliligini, tegishliligini ifodalaydi. B) Viloyat, shahar, tuman, korxona, tashkilot, muassasa kabilarning nomlarida qo’llanib xoslik, umumdan ajratilganlik, mo’ljallanganlik ma’nosini ifodalaydi. C) Fe’lning sifatdosh va harakat nomi shakllariga qo’shilib, harakat bajaruvchisi(subyekti)ning shaxsi va sonini bildiradi. D) Egalik qo’shimchalari faqat belgili qo’llanadi. 17.Qaysi kelishik qo’shimchalarining poetik(she’riy) shakli o’zaro shakldosh(omonim) sanaladi? A) qaratqich va tushum B) jo’nalish va o’rin-payt C) qaratqich va chiqish D) tushum va chiqish 18.Qaysi kelishik shaklidagi so’zlar aniq bir sintaktik vazifa bajaradi? A) tushum B) jo’nalish C) o’rin-payt D) chiqish 19.Shoirlik—bu shirin jondan kechmakdir, Limmo-lim fidolik mayin ichmakdir. Shoirlik—jigarni ming pora etmak, Bag’ir qoni bilan satrlar bitmak. (Erkin Vohidov) Yuqoridagi to’rtlikda kelishik qo’shimchalari qay tarzda qo’llangan? A) uch o’rinda belgili, ikki o’rinda belgisiz B) ikki o’rinda belgili, ikki o’rinda belgisiz C) to’rt o’rinda belgili, to’rt o’rinda belgisiz D) ikki o’rinda belgili, uch o’rinda belgisiz 20.Qalb shunday ummonki, uning bag’rida Dahshatli dolg’alar silsilasi bor. Qalb shunday zaminki, otash qa’rida Vulqonlar otguvchi zilzilasi bor. (Erkin Vohidov) To’rtlikda belgili qo’llangan turlovchi qo’shimchalar miqdorini aniqlang. A) 7 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 4 ta Download 18.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling