Sodir etilgan qilmish o`z vaqtida tuzatilmasa yoxud o`z vaqtida tegishlicha
Download 188.63 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 29-modda. Ishtirokchilikning shakllari
KAZUS №67
Sodir etilgan qilmish o`z vaqtida tuzatilmasa yoxud o`z vaqtida tegishlicha jazo tartibi qo`llanmasa yoki yashirilsa, bu qilmish o`z navbatida keyingi bir xatoga hamda mudhish oqibatlarga olib kelinishi mumkin. Yuqorida bizga berilgan kazusda ham huddi shunday xato va uning bevosita ikkinchi xatoga yo`l ochib berganini ko`rishimiz mumkin. Ushbu kazusda fuqaro E. Saydaxmedov hamda uning muqaddam sudlangan sherigi S.Odilovlar yo`l qoidasini buzgan hamda ma`muriy javobgarlikdan qochish maqsadida ikkinchi jinoyatga qo`l urishgan. Ushbu shaxslar o`z qilmishini yashirish maqsadida til biriktirib B.Zokirovga tegishli bo`lgan qarovsiz turgan ― ваз-2101‖ rusumli transport vositasiga tegishli bo`lgan ―01 S 241 QA‖ davlat raqamini old va orqa belgilarini yashirin ravishda egallab voqea joyidan yashirinishgan. Ushbu vaziyatni jinoyat huquqi fani yuzasidan tahlil qilishda avvalo jiunoyat subyekti, jinoyat obyekti, jinoyatning obyektiv tomoni hamda jinoyatning subyektiv tomonlarini bilishimiz lozim bo`ladi. Jinoyat obyekti – bu jinoyat qonuni bilan qo`riqlanadigan ijtimoiy munosabatlardir. Bundan ko`rinib turibdiki, faqat jinoyat kodeksi bilan qo`riqlanadigan munosabatlar jinoyat obyekti bo`la oladi. Boshqa munosabatlar esa jinoyat obyekti bo`lolmaydi. Kazusdagi ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxslarning dastlabki qilmishi ya`ni yo`l harakati qoidalarini buzishi ushbu vaziyatda jinoiy harakatga misol bo`lolmaydi, chunki yo`l harakati qoidalari jinoyat kodeksi bilan qo`riqlanmaydi va ushbu vaziyatda qay tartibda yo`l harakatini buzganligi yoritib o`tilmagan. Ikkinchi ijtimoiy xavfli qilmish esa
jinoyat obyektida mavjud, chunki o`zganing mulkini yashirin ravishda egallash jinoyat kodeksi 169-moddasida korsatilgan jinoyat tarkibini o`z ichiga oladi. Jinoyat subyekti- jinoyat qonuniga ko`ra jinoyat subyekti aqli raso, jismoniy shaxs va jinoyat kodeksining 17 moddasida korsatilgan yoshga yetgan shaxs bo`la oladi. Ushbu tarifdan korinadiki yuqoridagi jihatlarning birortasi bolmasa biz jinoyat subyekti sifatida qabul qilolmaymiz. Jinoyat subyekti bo`lmasa o`z-o`zidan jinoyat ham bo`lmaydi. Jinoyatning obyektiv tomoni- jinoyatning obyektiv tomoni deyilganda jinoyat huquqi nazariyasida jinoyat sodir etgan shaxs tomonidan jinoyat sodir etishdagi harakati yoki harakatsizligi. Jinoyat sodir etilishi usuli, vositasi, vaziyati, holati va shu kabi boshqa tomonlari kiradi. Jinoyatning subyektiv tomoni- bu jinoyat sodir etgan shaxsning o`zi sodir etgan qilmishiga o`zining munosabatidir. Ya`ni sodir etayotgan ijtimoiy xavfli qilmish qasddan yoki ertiyotsizlik oqibatida yuzaga kelganligini anglatadii. Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyatning subyektiv tomoni deyilganda, aybdor o`zi sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmish va uning oqibatlariga bo`lgan ruhiy munosabati tushuniladi. Aqli rasolik haqida jinoyat kodeksining 18-moddasida quyidagicha tarif berib o`tilgan. 18-modda. Aqli rasolik. Jinoyat sodir etish vaqtida o‗z harakatlarining (harakatsizligining) ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va ularni boshqara olgan shaxs aqli raso shaxsdir. Yuqorida keltirilgan jinoyatlarning umumiy tarkibidan bizga berilgan kazusdagi harakatning jinoyat yoki jinoyat doirasiga kirish va kirmasligi haqida fikr yuritamiz. Yuqoridagi kazusda fuqarolar S.Odilov hamda E.Saydaxmedovlar til biriktirib qasddan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan. Ushbu shaxslar jinoyat kodeksining 169-moddasida keltirilgan harakatni malga oshirgan. Bu harakat bilan
ushbu fuqarolar o`zganing mulkini yashirin ravishda o`zlashtirgan hamda voqea joyidan yashirinishgan. Jinoyat kodeksinbing 169-moddasi bo`yicha jinoyat obyekti- o`ziga tegishli bo`lmagan mulk, ya`ni o`zganing mulki. Ushbu modda binoan jinoyat sodir etuvchi shaxs boshqa shaxslardan yashirin ravishda, mulkdorning xohish-irodasiga qarshi o`zganing mulkini o`zlashtiradi va uni o`zining mulki kabi tasarruv eta boshlaydi. Kazusda ham fuqarolar o`zgaga tekishli bo`lgan, fuqaro Zokirovga tegishli bo`lgan transport vositasi davlat raqami belgilarini egallaydi. Ushbu modda bo`yicha jinoyat subyekti- jinoyat kodeksi 17-moddasida keltirilishicha 169-moddaning subyekti bo`lish uchun jinoyat sodir etgan shaxs jinoyat sodir etilgan vaqtgacha 14 yoshga to`lgan, aqli raso va jismoniy shaxs bolishi lozim. Demak kazusdagi ikki fuqaromiz ham jinoyat kodeksining subyekti bo`loladi. Chunki bu ikki shaxs o`z xatti-harakatlarining oqibatlarini ruhiy tomonlama to`liq anglab yetolgan. Endi ushbu moddaning subyektiv tomoni haqida so`z yuritadigan bo`lsak ushbu ijtimoiy xavfli qilmish qasddan o`z qilmishini yashirish va mamuriy javobgarlikdan qochish uchun amalga oshirilgan. Subyektiv tomondan ushbu jinoyat to`g`ri qasd bilanetilgan. Aybdor olingan o`zganing mulkini nafaqat qonuniyligini va qaytarib berilmasligini, balki o`z harakatlarini yashirin usullarini ham tushunib yetadi. Shu bilan birga jinoyatchilar ushbu moddaning zaruriy belgisi bo`lmish g`arazli maqsadlarni ko`zlaydi. Jinoyat kodeksining 169-moddasiga binoan ushbu ijtimoiy xavfli qilmishning obyektiv tomoni shundan iboratki; obyektiv tomondan o`g`rilik o`zganing mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish bilan ifodalaniladi. Talon- taroj qilishning yashirinligi deganda, jinoyat mol-mulk egasi yoki mol-mulk egasi ishonib topshirilgan yoxud ixtiyorida turgan shaxsga sezdirmasdan yoki boshqa shaxslar yo`q vaqtda sodir etilishi tushuniladi. Bundan ko`rinib turibdiki, fuqaro Zokirovga tegishli bo`lgan transport vositasi davlat raqami belgisini yashirin
ravishda egallagan fuqarolar o`z harakatlari bilan 169-moddaning obyektiv tomonini yaqqol keltirib chiqargan. Ushbu sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishda 169-moddaning 2-qismi ―v‖ bandi hamda 3-qismi ―a‖ bandida ko`rsatilgan harakatlar ham namoyon bo`lgan. 169-moddaning 2-qismi ‖v‖ bandida bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etish deya ta`kidlanlangan. 169-moddaning 2-qismi ―v‖ bandida takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan deya tarif berilgan. Demak bizga berilgan kazusdagi jinoyat subyektlariga etibor beradigan bo`lsak, jinoyat sodir etgan fuqarolar o`z qilmishlarini yashirish maqsadida oldindan til biriktirib ushbu qilnishni amalga oshiradi. 169-moddaning 3-qism ―a‖ bandi asosan esa fuqaro S.Odilov muqaddam sudlangan. Jinoyat kodeksining 34-moddasi 2-qimida shunday deyilgan. Ilgari hukm qilingan jinoyatiga o‗xshash jinoyat sodir etgan, ushbu Kodeksda alohida ko‗rsatilgan hollarda esa, Maxsus qismning boshqa moddalari bilan ham hukm qilingan shaxsning qasddan yangi jinoyat sodir etishi xavfli retsidiv jinoyat deb topiladi. Sodir etilgan harakat yuzasidan ikki fuqaroga alohida alohida jinoiy jazo tayinlanadi chunki jinoyat kodeksi 58-moddasiga asosan Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat uchun jazo tayinlashda sud har qaysi aybdorning jinoyatda ishtirok etganlik xususiyati va darajasini hisobga oladi. Har qaysi ishtirokchining shaxsiga tegishli bo‗lgan yengillashtiruvchi va og‗irlashtiruvchi holatlar sud tomonidan faqat shu ishtirokchining o‗ziga jazo tayinlashda hisobga olinadi deya takidlangan.
Nazariy savol №91 Bizga taqdim etilgan nazariy savollardan birida transport vositasini olib qochish va temir yo‗lning harakatlanadigan tarkibini, havo, dengiz yoki daryo kemasini olib qochish yoki egallab olish jinoyatlarini tahlil qilish berilgan ekan. Ushbu jinoyatlar jinoyat kodeksining 164- va 167- moddalarida keltirilgan. 264-modda. Temir yo‗lning harakatlanadigan tarkibini, havo, dengiz yoki daryo
kemasini olib qochish yoki egallab olish. 267-modda. Transport vositasini olib qochish. Yuqoridagi moddalarni tahlil qilishda biz avvalo ushbu jinoyat sodir etilishidagi jinoyat tarkibini ko`rib chiqishimiz lozim bo`ladi. Jinoyat tarkibi esa quyidagilardir. Jinoyat obyekti, jinoyat subyekti, jinoyatning obyektiv tomoni hamda jinoyatning subyektiv tomonidan iboratdir. Temir yo‗lning harakatlanadigan tarkibini, havo, dengiz yoki daryo kemasini olib qochish yoki egallab olish jinoyatining obyekti- kemalar qatnovi, parvozlar, temir
yo`lning harakatlanadigan tarkibining xavfsizligi, yo`lovchilar, havo yoki dengiz kemalari boshqaruvchilari azolarining sog`lig`i hisoblanadi. Qoshimcha obyekt esa jamoat xavfsizligi, insonlar hayoti, mol-mulk butligi va daxlsizligi. Predmeti esa daryo, dengiz va havo kemasi hamda temir yo`l harakatlanadigan tarkibi. 267-modda obyekti- yo`l harakati sohasidagi transport vositalari harakatining xavfsizligi, shuningdek, o`zgalar mulki jinoyatning obyekti hisoblanadi. Jinoyat
kodeksining 164-moddasida ko`rsatilgan transport vositalaridan tashqari, barcha transport vositalari 267-moddada ko`rsatilgan jinoyatning predpeti bo`loladi. Jinoyatlarning subyektlariga kelsak, jinoyat kodeksining 17-moddasiga asosan 164-moddadagi jinoyat obyekti sifatida 16 yoshga to`lgan, aqli raso, jismoniy shaxs javobgarlikga toriladi. 167-moddada ko`rsatilgan jinoyat subyekti bo`lish uchun esa ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxs 17-moddaga asosan 14 yoshga to`lgan, aqli raso, jismoniy shaxs bo`lishi darkor. Obyektiv tomondan 167-moddada transport vositalarini olib qochish bilan harakterlanadi.qonunga xilofligi transport vositasidan foydalanish, unga egalik qilish va uni tasarruf etish yuzasidan hech qanday vakolatga ega emasligidan dalolat beradi. 164-moddaning obyektiv tomoni, ushbu moddada ko`rsatilgan transport vositalaridan birini olib qochish yoki egallab olish. Bunda egallab olish
deganda, transport vositasini nazorat qilayotgan shaxs o`z ixtiyoriga ko`ra transportdan foydalanish imkoniyatiga ega bo`lish tushuniladi. Ushbu jinoyatlarning subyektiv tomonlari esa albatta to`g`ri qasd bilan amalga oshirilganligidir. Mana biz bizga berilgan ikkita bir-biriga o`xshash jinoyatning tarkibini tahlil qilib chiqdik. Albatta bir qaraganda ikki jinoyat bir biri bilan juda o`xshashdek ko`rinadi, biroq aslida jinoyat tarkibini ko`zdan kechiradigan bo`lsak juda kata farqlarni sezamiz. Nazariy savol № 38
192 2 -modda. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish va moliya- xo‗jalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzish Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishning va moliya-xo‗jalik faoliyatini taftish qilishning belgilangan tartibini buzish, xuddi shuningdek tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qonunga xilof ravishda tekshirish tashabbusi bilan chiqish va (yoki) o‗tkazish, shunday harakatlar uchun ma‘muriy jazo qo‗llanilganidan keyin sodir etilgan bo‗lsa, bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‗sha harakatlar: a) ko‗p miqdorda zarar yetkazgan holda; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‗lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha
ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‗sha harakatlar: a) juda ko‗p miqdorda zarar yetkazgan holda; b) uyushgan guruh manfaatlarini ko‗zlab sodir etilgan bo‗lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Jazo mahkumni axloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatni davom ettirishiga to‗sqinlik qilish hamda mahkum, shuningdek boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida qo‗llaniladi. Jinoyat kodeksining 54-moddasi jazo tayinlashga qaratilgan. 54-moddada shunday deyilgan. Jinoyat sodir etishda qonunda belgilangan tartibda aybli deb topilgan shaxs jazoga tortiladi. Sud Jinjoyat Kodeksi Maxsus qismining jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan moddasida belgilangan doirada Umumiy qismning qoidalariga muvofiq jazo tayinlaydi. Sud jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, qilmishning sababini, yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini, aybdorning shaxsini hamda jazoni
yengillashtiruvchi va
og‗irlashtiruvchi holatlarni hisobga oladi. Jinoyat kodeksi maxsus qismidagi moddalar sanksiyalarida jazolar yengillaridan boshlanib og`irlariga qarab o`sib boraveradi. Yuqoridagi moddada ham huddi shu xolat kuzatiladi, ya`ni modda 3 qismga bo`linadi. 1-qismda ushbu jinoyatni sodir etgan shxsga nisbatan jazo tartibi va uning turlari birma-bir sanab o`tilgan. 2-qismda esa og`irlashtiruvchi holatlar yuzasidan jazo tartibi, turi hamda miqdori o`sganligiga guvoh bo`lamiz. 3-qismda
ham huddi shu hol kuzatiladi, b iroq 2-qismdagi holat va 3-qismdagi holatlarni biz ajratib olishimiz lozim bo`ladi. 192
2 -moddaning 2-qismida ko`p miqdorda, 3-qismida juda ko`p miqdorda kabi so`zlar mavjud. Endi biz shu holatni tahlil qilamiz. Ko`p miqdor bu- bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha bo‗lgan miqdor. Juda ko`p miqdor esa bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravari va undan ortiq bo‗lgan miqdor. Shu o`rinda uyushgan guruh hamda bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktib singari iboralarga ham to`xtalib o`tishimiz lozimdir. Bu to`g`risida jinoyat kodeksining 29-moddasida yaqqol tushuntirib berilgan. 29-modda. Ishtirokchilikning shakllari Jinoyatda ishtirokchilik: oddiy ishtirokchilik, murakkab ishtirokchilik, uyushgan guruh, jinoiy uyushma shaklida bo‗ladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirmay jinoyat sodir etishda qatnashishi oddiy ishtirokchilik deb topiladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirib jinoyat sodir etilishida ishtirok qilishi murakkab ishtirokchilik deb topiladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borish uchun oldindan bir guruhga birlashishi uyushgan guruh deb topiladi. Ikki yoki undan ortiq uyushgan guruhning jinoiy faoliyat bilan shug‗ullanish uchun oldindan birlashishi jinoiy uyushma deb topiladi. Ushbu modda orqali biz 192 2 -moddada keltirilgan jazo tartiblari, turlari va miqdori turlicha ekanligini bilib olishimiz mumkin. Umuman olganda jinoyat kodeksida jazo tartibi hamda miqdori yengilidan og`iriga qarab o`sib boradi. Yuqoridagi kazus hamda nazariy savollarni o`z vakolatimiz yuzasidan kelib chiqqan holda tahlil qildik.
Download 188.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling