SOG`LIKNI SAQLASh TADBIRLARI VA TARBIYA HAQIDA
Ibn Sinoning ko`rsatishicha salomatlikni saqlash uchun birinchi galda quyidagi sog`lom turmush tadbirlarini amalga oshirish kerak.
1.Kishi mizojini mo``tadil holatga kyeltirish
2.Ovqatlanish tadbiri
3.Odam organizmini chiqindilardan tozalash
4.Tarbiya haqidagi tadbirlar
5.Badantarbiya tadbiri
6.Yilning turli fasllaridagi tadbirlar va havoni sog`lomlashtirish to`g`risida
7.Mo``tadil uyqu va uyg`oklik ham kiradi.
Ibn Sino bu tadbirlarni yangi tug`ilgan chaqaloqdan boshlab to qarilikkacha bo`lgan barcha davrda qaysi usul va yo`llar bilan amalga oshirilishini batafsil bayon etgan. Ibn Sino sog`likni saqlash tadbirlaridan birinchi o`rinda badan tarbiya va yaxshi jismoniy Harakat larni, ikkinchi va uchinchi o`ringa ovqatlanish tadbiri va uyquni qo`ygan. Ibn Sino badantarbiyani a ham iyati haqida so`zlab mo``tadil ravishda va o`z vaqtida badantarbiya bilan shug`ullanuvchi kishi kasalliklarning davosiga muhtoj bo`lmaydi. Ibn Sinoning ta`kidlashicha: keksalar sog`lom bardam bo`lishlari uchun birinchi galda ovqatlanish rejimiga rioya qilishlari kerak, oz-oz miqdorda yaxshi hazm bo`ladigan ovqatlar iste`mol qilishlari lozim. Mevalarning sharbati ko`proq dori sifatida iste`mol qilish tavsiya etiladi.
I.Kishi mizojini mo``tadil qilish uchun quyidagilar qilinadi.
1.Issig`i oshib ketgan mizojni tuzatish to`g`risida
2.Sovug`i oshgan mizojni tuzatish to`g`risida
3.Kasallikkka tez byeriluvchan kishilar tadbiri
4.Oriq kishini semirtirish tadbiri
5.Semiz kishini ozdirish tadbiri
Issig`i oshib ketgan mizojni tuzatish uchun mizojga mos, yoqadigan ovqatlar byerib tadbir qilinadi, o`t larni bo`shatish, chiqindilarni qayt qildirish, ich surdirish tadbirlari qilinadi. Badantarbiyani engillashtirish va yaxshi sifatli ovqatlar edirish kerak, ba`zan bir kunda 3 marta Hammomda cho`miltirish kerak. Har qanday qizdiruvchi sababdan saqlanmoqlik kerak. Ovqatdan keyin Hammomga tushish kerak. Qorin va jigar sohasida og`riq paydo bo`lsa rum arpabodiyoni va achchiq bodom ichiladi. Bular tiqilmalarni ochadi. Bu kishilar doimo badanlarni yog` bilan silab yuradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |