Sog`likni saqlash tadbirlari va tarbiya haqida ibn Sinoning ko`rsatishicha salomatlikni saqlash uchun birinchi galda quyidagi sog`lom turmush tadbirlarini amalga oshirish kerak


Download 21.82 Kb.
bet3/4
Sana15.06.2023
Hajmi21.82 Kb.
#1487786
1   2   3   4
Bog'liq
IBN SINO 4 TEMA

III. Tarbiya haqidagi tadbirlar:1.Bolaning tug`ilgandan to oyoqqa turguncha qilinadigan tadbirlar 2.Bolani emizish va so`t bezidan ajratish tadbiri 3.Bolalarda paydo bo`ladigan kasalliklar va ularni davolash tadbiri4.Chaqaloqlarni bolalik yoshidan o`tgandan keyingi tadbirlar to`g`risida Chaqaloq tug`ilgandan keyin 4 barmoq eniga qoldirib kindik kesiladi, og`riq byermaslik uchun jun ip bilan bog`lanadi va zaytun yog`iga botirilgan matoni uni ustiga qo`yiladi. Bola badani qattiq va terisi kuchli bo`lishi uchun kam tuzli namakob suvga cho`miltiriladi. Ko`zlariga zaytun yog`i tomiziladi. Chaqaloq yotadigan uyni havosi o`rta darajali, issiq va sovuq bo`lmagan uyda uxlatiladi, uy soya va qorong`iroq bo`lishi kerak, uyga quyoshning kuchli nuri tushmasligi kerak, bola boshiga loyiq qalpoqcha kigiziladi. Bolani cho`miltirish vaqti uzoq uxlagandan keyingi vaqtdir.Bolani emizish va ona so`ti bilan boqish kerak. Bir kunda 2-3 marta emizish kerak. Bolani tez-tez emizmaslik kerak. Ertalab emizadigan so`tdan 2-3 marta sog`ib tashlab keyin emiziladi. Ko`krak so`ti sifatsiz va achchiq bo`lsa ovqatlanmasdan oldin bolani emizmaslik kerak. Bola mizojini kuchaytirish uchun bolani beshigini tez tebratmaslik kerak va unga alla aytish kerak. Bolani ko`krakdan ajratish uchun murr va cho`l yalpizining har biridan bir dir ham dan olinib ezib so`t beziga surtiladi. Ko`krakdan asta sekinlik bilan ajratish kerak.
Chaqaloqlarning bolalik yoshiga o`tgandan keyingi tadbirlar to`g`risida. Bolaning ho`lqlarini mo``tadillikka saqlashga e`tibor berish kerak. Bolani qo`rqishdan, qattiq g`azab, qayg`u va uyqusizlikdan saqlash lozim. hamma vaqt bola istagan narsani muxayyo qilish kerak. Bunda ichki manfaat bor; biri bolaning nafsi uchun bo`lib u yoshlikdan boshlab yaxshi ho`lkli bo`lib usadi. Ikkinchisi-uning badani uchundir, chunki yomon ho`lk turli xil mizoj buzilishiga olib kyeladi. Bola Uyqudan uygonganda uni issiq suvda chumiltirish kerak, keyin uni bir necha vaqt uynatib, keyin bir oz narsa edirish kerak. Bolaga ovqatdan keyin suv byermaslik kerak. Bola 6 yoshga etgach mo`rabbiy va muallim ixtiyoriga topshirish kerak. Ovqat eyishdan oldin ko`proq badan tarbiya Bilan shugullanishi kerak.

Download 21.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling