Sog’liqni saqlash muassasalarini xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirishni takomillashtirish masalalari
Download 42.39 Kb.
|
Behruz Dilaro 2
Sog’liqni saqlash muassasalarini xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirishni takomillashtirish masalalari. Reja; SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMINI MOLIYALASHTIRISHNING NAZARIY VA TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI. SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMINI MOLIYALASHTIRISHNING AMALDAGI HOLATI. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMINI MOLIYALASHTIRISHNI ISLOH QILISH STRATEGIYASI. Davlatning sog‘liqni saqlash tizimi islohotlariga oid ijtimoiy dasturlarini amalga oshirishning asosiy manbasi sifatida budjetdan foydalaniladi. Davlat budjetning aynan taqsimlash funksiyasiga tayanib, ixtiyoridagi markazlashgan moliya resurslarini shakllantiradi va budjet yordamida umumdavlat iste’mollarini pul resurslari bilan ta’minlaydi. Moliyaviy resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida sog‘liqni saqlash sohasi muassasalari ham budjetdan moliyalashtiriladi. Sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlashda, ular qonunda belgilangan tartibda respublika, viloyat/shahar va tuman budjetlaridan moliyalashtiriladi Tibbiy xizmatlarga haq to‘lashning bir nechta metodlari mavjud : 1. Tibbiy xizmatlarga kasalxonadagi bir kunlik o‘rin o‘rtacha qiymati bo‘yicha haq to‘lash. Ushbu metod bo‘yicha kasalxonalar mijoz kasalxonada bo‘lgan kunlar sonining barcha mijozlar uchun yoki alohida mutaxassislikpar bo‘yicha o‘rtacha chiqarilgan bir kunlik standart tarifga ko‘paytmasi miqdorida haq oladi. O‘tgan asrning 80-chi yillar o‘rtalarigacha bu usuldan sog‘liqni saqlashni ijtimoiy sug‘urtalash mablag‘laridan moliyalashtiradigan mamlakatlarda kasalxonalar xizmatlariga haq to‘lashda foydalanib kelingan. Bugungi kunda u ko‘proq ixtiyoriy tibbiy sug‘urtadan foydalanuvchi mamlakatlarda qo‘llaniladi. Ushbu usulda davolanish narxi barcha mijozlar uchun o‘rtacha hisoblab chiqariladi. Shuning uchun ayrim bemorlarni davolash o‘rtacha darajadan qimmatroqqa va aksincha, ayrimlariniki arzonroqqa tushishi mumkin, ammo shunga qaramay ular umuman kasalxona bo‘yicha o‘rtacha narxdan kelib chiqib to‘lanadi. 2.Davolangan mijoz uchun o‘rtacha qiymat bo‘yicha tibbiyxizmat haqini to‘lash metodi. Bu usulda tariflar o‘rtacha qiymat bo‘yicha hisoblab chiqiladi. Tibbiyot muassasalari har bir davolangan mijoz uchun o‘rtacha qiymat bo‘yicha haq oladi. Bu tibbiy xizmatlarni qimmatga ko‘rsatadigan ta’minotchilar uchun foydali, chunki ular qimmatli tashhisotlar va davolash usullari hisobiga ma’lum darajada kasalxonalar budjetini boshqarib turadi. 3.Tibbiy xizmatlar haqini muolajalarga ketadigan xarajatlar asosida to‘lash metodi. Ushbu usulda tariflar har bir muolaja bo‘yicha hisoblab chiqiladi va to‘lovlar shu tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi. O‘zbekistonda bu metod sinovdan muvaffaqiyat bilan o‘tgan hamda Respublika ixtisoslashtirilgan markazlarida (kardiologiya, urologiya, jarrohlik, ko‘z mikroxirurgiyasi markazlarida) qo‘llanilmoqda. Bu usul mijozga imkon qadar ko‘proq testlar yoki . Pullik tibbiy xizmatlarni ko‘rsatishda narxni shakllantirish masalalari. Xalqaro tajriba va istiqbollar etish va boshqari jarrohlik aralashuvlarini tayinlash imkoniyatini istisno etmaydi. Ammo bularni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan standartlar yordamida nazorat qilish mumkin. Mazkur tizim tegishli mijozga ko‘rsatilgan har bir muolaja uchun xarajatlar qiymatini hisoblash hajmlarining kattaligi tufayli muayyan qiyinchiliklarga ega. 4. Tibbiy xizmatlarga tibbiy-iqtisodiy standartlar bo‘yicha haq to‘lash metodi. Bu usulga ko‘ra narxlar kasalxonalar tomonidan mustaqil hisoblab chiqilishi mumkin. Shuningdek, tibbiy xizmatlarga milliy yoki mahalliy tariflar ham o‘rnatilishi mumkin, davolash-profilaktika muassasalari esa kasallik tashhisi bo‘yicha haq oladi. Har bir guruhda mijozlar tasdiqlangan protokol bo‘yicha muayyan sxemada davolanishi kerak, u dorilar bilan davolash va tashhislash testlaridan iborat. Bu tizim xarajatlarni dastlab baholashni talab etadi, har bir mijozga ko‘rsatilgan davolash esa davolash protokoliga muvofiq olib borilishi lozim. Ammo bu usul ba’zida, agar qabul qilingan standartlar etarlicha aniq bo‘lmasa, jiddiy mablag‘lar sarflanishiga olib kelishi mumkin. Mazkur xizmatni ko‘rsatuvchi tibbiy muassasaning darajasi ham standart bo‘yicha aniqlanadi. 5. Tibbiy xizmatlarga maqsadli haq to‘lash metodi. Bu usul ko‘pincha dastlabki darajada, ya’ni davolashning katta, ammo nazorat qilinadigan hajmi talab etilganda qo‘llaniladi. Masalan tibbiy muassasalar emlashni yuqori darajasiga etishgani uchun haq olishlari mumkin, bunda to‘lovlar emlangan aholi sonining ortishiga proportsional tarzda ortib borishi mumkin. Tibbiyot muassasalari maqsadli aholining 100 foizdan ortig‘ini emlashni o‘tkaza olmaydi, vaktsinalarning o‘zi esa yaroqlilik muddati etarli bo‘lgan holda emlash muddatlarini hisobga olib tayinlanishi kerak 6. Tibbiy xizmatlarga qat’iy belgilangan budjet bo‘yicha haq to‘lash metodi. Ushbu usul tibbiyot muassasasigaa bir yilda qat’iy belgilangan budjet mablag‘larini to‘lashdan iborat. Odatda u tarixan qaror topgan qoidaga yoki davolash-profilaktika muassasasining infratuzilmaviy bazasiga (shtatlar, aholi tarkibi, daromad solig‘i miqdori) asoslanadi. Shtat jadvaliga asoslangan qat’iy 14 belgilangan budjet MDH mamlakatlarida, shu jumladan O‘zbekistondagi davolash-profilaktika muassasalarida keng qo‘llaniladi. Ushbu usulning kamchiligi shundan iboratki, ko‘pincha sog‘liqni saqlash resurslarining asossiz ravishda qisqartirilishiga olib keladi, chunki bunda moliyalashtirish ham, shunga mos holda davolash muassasasi shtati ham qisqaradi. 7. Mijozlarning tibbiy xizmatlarga to‘gridan-to‘gri haq to‘lashi metodi. Tibbiy sug‘urta yaxshi rivojpanmagan ko‘pchilik mamlakatlarda tibbiy xizmatlarga mijozlarning o‘zlari tomonidan haq to‘lanishi usulidan foydalaniladi. Bunda tariflar har bir tibbiy xizmat uchun hisoblab chiqiladi, xizmatlarga haq to‘lash esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlar ko‘rinishida amalga oshiriladi (pullik tibbiy xizmatlar). Bunda to‘lovlarning asosiy og‘irligi mijozlarning o‘zida qoladi. Afzallik tomoni shundaki, mijoz o‘zini oqlamaydigan maslahatlar va davolanishlarni talab qilmaydi. Shu bilan birga, mijoz, tibbiy xizmatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri haq to‘lar ekan, asosli tarzda, uning yuqori sifatda bo‘lishini talab qiladi. Shunday qilib, har bir haq to‘lash metodi o‘zining kuchli va zaif tomonlariga ega. Barcha hollar uchun umumiy tavsiyalar berib bo‘lmaydi. Bu erda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish strategiyasini tanlaganda haqiqiy imkoniyatlarni chuqur anglash, tibbiy xizmatlar tannarxini samarali hisoblab chiqish hamda munosib haq to‘lash tizimini aniqlash zarur. Ijtimoiy islohotlar orasida davlatning aholi sog‘lig‘ini saqlash vazifasi muhim hisoblanadi. Bu maqsadga erishish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ushbu jarayonni tobora kuchaytira borish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilib, izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda sog‘liqni 15 saqlash tizimi moliyalashtirish davlatimizning asosiy ustuvor vazifalaridan biri hisoblanib keladi, bu borada yurtboshimiz: “...ustuvor vazifamiz – xalqimiz salomatligini muhofaza qilish, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish va samarasini oshirish, profilaktika ishlarini kuchaytirishdan iboratdir9 .” - deya ta’kidlaganlar. Mamlakatimiz o‘z mustaqilligni qo‘lgan kiritgan so‘ng sog‘liqni saqlash sohasini mablag‘ bilan ta’minlash borasida kuchli normativ-huquqiy baza yaratildi, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida“ 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-sonli, “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentyabrdagi PF-3923- sonli, “Sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-sonli Farmonlari hamda “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2005 yil 1- dekabrdagi PQ-229-sonli, “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 2-oktyabrdagi PQ700-sonli Qarorlari, shu bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil qilish va uning uchun haq to‘lashning Vaqtinchalik tartibi” 1997-yil 2- dekabrdagi 532-sonli, “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 28-sentyabrdagi 217-sonli, “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21- dekabrdagi 276-sonli Qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi Adliya vazirligitomonidan 1537-sonli ruyxatga olingan 2005-yil 31- dekabrdagi 107-sonli Qarorini keltirib o‘tish o‘rinlidir. Ko‘rish mumkinki, oxirgi yillarda yurtimizda ushbu sohani isloh qilish borasida ishlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Shu o‘rinda, Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek, “2013-yilda tibbiyot-sanitariya sohasida birinchi yordam ko‘rsatish oilaviy tibbiyot printsipi asosida ishlash shakliga o‘tkazildi. Bu esa yurtimizda sog‘liqni saqlash sohasini isloh etishni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha joriy etilayotgan chora-tadbirlar tizimida muhim qadam bo‘ldi. Bunday o‘zgarish qishloq joylarda, ayniqsa, chekka tumanlarda yashayotgan 14 million 600 ming nafar aholiga malakali tibbiy yordamdan foydalanish imkonini berdi10”.Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tasdiqlangan “1998-2005 yillarda sog‘likni saqlash tizimini isloh qilish konsepsiyasi”da O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy siyosatida soqliqni saqlash tizimini takomillashtirish ustuvorligi va aholi sog‘ligini yaxshilash uchun shart-sharoitlar yaratish o‘zining umumiy ifodasini topdi. Aholi sog‘lig‘i darajasi milliy boylikning muhim tarkibiy qismi va madaniyatli jamiyatning fundamental xususiyatlaridan biri hisoblanadi, aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish xizmatini har tomonlama rivojlantirish jamiyat taraqqiyotining muhim sharti va ijtimoiy rivojlanish darajasining integrallashgan ko‘rsatkichidir. Ushbu Farmonga ko‘ra, “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish konsepsiyasi” va “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi”11 qabul qilindi. Hozirgi kunga qadar mazkur dasturlar doirasidagi ishlar o‘z yakuniga etdi va sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, uni har jihatdan jahon talablari darajasiga olib chiqish hozirgi kunda mamlakatimiz oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Soha anchayin murakkab tuzilishga ega bo‘lganligi sababli uni optimal darajada shakllantirish hamda moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish masalalari jiddiy e’tiborni talab etadi. Sohaning murakkabligini uning oldiga qo‘yilgan vazifa, ya’ni mamlakat aholisining salomatligini saqlashga qaratilgan vazifalar bilan izohlash mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, ushbu mexanizmni samarali ishlashi ko‘p jihatdan uning moliyalashtirish tartibiga bog‘liq. Farmondan kelib chiqqan holda mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimidagi tashkilotlarni quyidagi usulda moliyalashtirish belgilab berilgan: o davlat budjetidan moliyalashtirish; o aralash tarzda moliyalashtirish; o davlat dasturlari va loyihalar asosida jalb qilinadigan xorijiy investitsiyalar va kreditlar evaziga. Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish konseptsiyasiga muvofiq, davlat quyidagilarni o‘z ichiga olgan bepul tibbiy-sanitariya xizmatlarining taqdim etilishini ta’minlaydi: tez, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilishi; sog‘liqni saqlashning birlamchi bosqichlarida va qator davlat, avvalo qishloq joylardagi davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi aholini qator yuqumli kasalliklarga qarshi emlash ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar va atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan kasalliklar(sil, onkologik, ruxiy, giyohvandlik, endokrinologik kasallar va kasb kasalligiga uchragan bemorlar)gi oid ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish; bolalarni tekshiruvdan o‘tkazish va davolash (pullik kasalxonalardan tashqari); 15-17 yoshdagio‘smirlar va chaqiruv komissiyasi yo‘llanmasi bilan kelgan chaqiruv yoshidagilar (18-27 yosh)ni tekshiruvdan o‘tkazish va davolash; tug‘ruqqa yordam xizmatlarini ko‘rsatish(pullik kasalxonalardan tashqari); davlat davolash-profilaktika muassasalarida bemorlarning imtiyozli toifalari (nogironlar, urush faxriylari, etimlar)ni davolash. Shu bilan bir qatorda, yuqorida keltirilgan Farmonda sog‘liqni saqlash muassasalarini bosqichma-bosqich pullik tibbiy xizmatlarga o‘tkazilishi belgilab berilgan. Pullik tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi yuridik va jismoniy shaxslar mablag‘lari evaziga xususiy moliyalashtirish ko‘rinishida hamda aralash tarzda ya’ni, qisman xususiy tarzda xarajatlarni yopish va qolgan qismini davlatdan dotatsiya sifatida qoplash. Shundan kelib chiqqan holda tibbiyot muassasalarida aralash tarzda moliyalashtirishda budjetdan va o‘z-o‘zini moliyalashtirish tizimi qo‘llaniladi. Moliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 1999-yil 22-martda 679-son bilan tasdiqlangan “Pullik tibbiy xizmat ko‘rsatishga bosqichma-bosqich o ‘ tayotgan davolash-profilaktika muassasalarini moliyalash” tartibiga ko‘ra, Davolash profilaktika muassasalarining moliyaviy resurslarining shakllanish manbalari belgilab berilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida belgilangan samaradorlikka erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tibbiyot tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lar bilan ta’minlanishini yuzasidan mamlakatimizda Davlat maqsadli jamg‘armalari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari shakllantirilgan bo‘lib, budjet kodeksiga ko‘ra ularga quyidagilar kiradi: davlat maqsadli jamg‘armasi hisoblanuvchi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasbhunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” 12 ; budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalariga kiruvchi “Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi” va “Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi”13 keltirib o‘tilgan. Budjet kodeksida ushbu mablag‘larning shakllantirish manbalari va ularni yo‘naltirish xarajatlari belgilab berilgan. Budjet kodeksining 60-moddasiga binoan budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi daromadlari: Hisobot choragining so‘nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo‘yicha tejalgan mablag‘lar, bundan kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar mustasno; faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar; budjet tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan mablag‘larning bir qismi; Budjet kodeksining 61-moddasiga ko‘ra “Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi” daromadlari belgilangan, ya’ni ular: Tibbiyot tashkilotiga ajratiladigan budjet mablag‘lari umumiy hajmining 5 foizigacha bo‘lgan miqdorda budjetdan ajratiladigan mablag‘lar; Faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar; Hisobot choragining so‘nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo‘yicha ejalgan mablag‘lar, bundan kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar mustasno; Tibbiyot tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan mablag‘larning bir qismi; Belgilangan tartibda budjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan mablag‘lar; Homiylikdan olingan mablag‘lar hisobidan shakllantiriladi Mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash, tibbiy xizmatlarni yetkazib berishda aholiga qulayliklar yaratish yo‘lida hamda ularni molyaviy mablag‘lar bilan ta’minlash jarayonlarini yanada takomillashtirish ishlari yuqori sur’atlarda rivojlanmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov tomonidan “2014 yil Sog‘lom bola” yili deb nomlanishi va bu borada qabul qilinadigan Davlat dasturining ustuvor yo‘nalishlarida alohida e’tibor berilishi ta’kidlandi Shu nuqtai nazardan esa, ijtimoiy soha, xususan, sog‘liqni saqlash tizimini samarali moliyalashtirishni takomillashtirishda xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda ularni respublikamizda joriy qilish yo‘llarini ishlab chiqish alohida ahamiyat kasb etadi. Shu o‘rinda, mamlakatlarning sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligining xalqaro reytingini keltirib o‘tish o‘rinli bo‘ladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 193 ta mamlakatning sog‘liqni saqlash tizimining moliyaviy-iqtisodiy va tibbiy-demografik ko‘rsatkichlariga asosan o‘tkazgan tahlillariga ko‘ra davlatlarning soha bo‘yicha qayd etgan reytinglari aniqlandi, ularni rivojlantirish mumkun. SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMINI MOLIYALASHTIRISHNING AMALDAGI HOLATI Mamlakatimizda har yili davlat budjetini qabul qilishda ayni ijtimoiy sohani rivojlantirishga alohida ahamiyat beriladi. Ushbu bajarilayotgan ishlarning davomi sifatida hamda har tomonlama sog‘lom avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarimizni izchil davom ettirish va yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida 2014 yilni mamlakatimizda “Sog‘lom bola yili” deb e’lon qilindi. Respublikamizda budjet xarajatlarining sog‘liqni saqlash tizimida sezilarli bo‘lishining sabab-omili sifatida – yurtboshimiz tomonidan belgilab berilgan bozor munosabatlariga o‘tishning besh tamoyilidan biri – kuchli ijtimoiy siyosat ekanligini ta’kidlash mumkin. Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan “2011-2013 yillarda 535 ming nafar homilador ayol irsiy va tug‘ma kasalliklar bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazildi. Yil mobaynida mamlakatimiz bo‘yicha 311 milliard so‘mlik budjet mablag‘i hisobidan 146 ta zamonaviy tibbiyot muassasasi foydalanishga topshirildi. Bu 2013-yilda qariyb 2,7 ming bolaning tug‘ma xastaliklar va rivojlanishdagi nuqsonlar bilan tug‘ilishining oldini olish imkonini berdi. Muxtasar aytganda, “Ona va bola skriningi” dasturining hayotga tatbiq etilishi natijasida rivojlanishda nuqsoni bor bolalarning tug‘ilishi 2000-yildagiga nisbatan 1,8 marta kamaydi27” deb ta’kidlab o‘tilgan bo‘lib, ushbu so‘zlari zamirida mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish talab darajasida bo‘layotganining ifodasi desa bo‘ladi. 2006-2012 yillarda respublikamizda sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishda budjet mablag‘lari ulushi o‘rtacha 94 foizni 27 tashkil etgan holda, qolgan qismi budjetdan tashqari manbalar hisobidan amalga oshirilmoqda. Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilgan islohotlar natijasida erishilgan yutuqlar xalqaro tashkilotlar tomonidan yuksak baholab kelinmoqda. 2007-yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan O‘zbekistonning milliy tibbiyotmodeli boshqa mamlakatlarga namuna sifatida tavsiya etilgani bunga yaqqol misoldir. 2011-yilda ― ”Save the Children” (“Bolalarni asraylik”) xalqaro tashkiloti dunyoda bolalar salomatligini himoya qilish bo‘yicha eng yaxshi davlatlar reyting ro‘yxatini tuzdi. Shuni alohida g‘urur va iftixor bilan ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy profilaktik yordam darajasi bo‘yicha 161 ta davlat ichida jahonning eng yaxshi rivojlangan o‘nta yetakchi mamlakati qatoriga kiritildi: Shveytsariya, Finlyandiya, Irlandiya, Norvegiya, Belorus, Daniya, Shvetsiya, Kuba davlatlaridan so‘ng O‘zbekiston 9-o‘rinni va Germaniya 10-o‘rinni egalladi. Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, mamlakatimizda jahondagi yuksak talablar darajasidagi yuqori texnologiyalarga asoslangan ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlarni shakllantirish, ilg‘or tibbiy texnologiyalarni keng joriy etishning tashkiliy, moliyaviy–iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlarini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 23 fevraldagi “Sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-3214-sonli farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 27 fevraldagi 14-sonli hamda 2004 yil 8 iyundagi 264- sonli qarorlari qabul qilindi. Byudjet xarajatlarining tarkibi va uning tuzilmasi davlatning tabiatiga, u tomonidan bajarilayotgan funktsiyalarga, milliy xo‘jalikning ehtiyojlariga bog‘liq hamda byudjet mexanizmi orqali ishlab chiqarish va iste’molning ba’zi bir omillariga davlatning ta’sirchanligini ta’minlash kabilar bilan belgilanadi. Quyida keltirilgan 2.1-jadvalda O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining xarajatlari tizimini ko‘rish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlari aholi turmush farovonligini oshirishda yanada ijobiy o‘zgarishlarni ta’minlashga, byudjet sohasi xodimlari ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar miqdorini izchil oshirib borish kabi ijtimoiy sohadagi tadbirlarni moliyalashtirish bilan birga jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatni barqaror iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omili sifatida ichki talabni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirishga yo‘naltirilmoqda. Davlat byudjeti xarjatlari tarkibida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llabquvatlash xarajatlari jami xarjatlarning eng yuqori ulushga ega bo‘lib, ular 2010- yilda jami davlat byudjeti xarajatlarining 59,1 foizni, 2011-yilda 59,5 foizni, 2012- yilda 58,0 foizni tashkil etgan va 2013-yilda 59,2 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan. Iqtisodiyot xarajatlari esa 2010-yilda 11,5 foizni 2012-yilda esa 11 foizni tashkil etishi ko‘zda tutilgan. Markazlashtirilgan investitsiyalarni byudjetdan moliyalashtirish uchun 2010-yilda 825 milliard so‘m, 2011-yilda 950 milliard so‘m, 2012-yilda esa 1059 milliard so‘m sarflanishi ko‘zda tutilgan. Bu o‘z navbatida hozirgi kunda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va yangilash, innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilish bilan bog‘liq yirik va strategik ahamtyatga ega bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirishda byudjet investitsiyalarining ham ahamiyati yuqoriligidan dalolat beradi. Iqtisodiyotga sarflangan xarajatlar 2013-yilda 10,6 foizni tashkil etishi ko‘zda tutilgan. 2012- yilga nisbatan jami xarajatlarga nisbatan foizda kamayish kuzatilgan bo‘lsada, ushbu sohaga qilingan nominal xarajatlar hajmi ortib borgan. 2.2-jadvaldan shuni ko‘rish mumkinki, 2010-yilda sog‘liqni saqlash xarajatlari uchun mablag‘lar 2005-yildagiga nisbatan 4.7 barobarga oshgan bo‘lsa, 2013 yilga kelib esa 2005-yildagiga nisbatan 9.5 barobarga, 2010 yilga nisbatan 2 barobarga oshirilgan. YaIMga nisbatan davlat xarajatlari 2005-yilda 22,5 foizni, 2010-yilda 21,7 foizni, 2013-yilda 22,3 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, sog‘liqni saqlash xarajatlarining YaIMdagi ulushi 2005-yilda 2,4 foizni, 2010-yilda 2,8 foizni, 2013-yilda 2,9 foizni tashkil qilgan. Ko‘ykali davolanish muassasalarining sog‘liqni saqlash xarajatlaridagi ulushi 1995-yilda 69,8 foizni, 2013-yilda 58,4 foizni tashkil qilayotgan bo‘lsa, ambulatoriya-poliklinika muassasalarining sog‘liqni saqlash xarajatlaridagi ulushi 1995-yilda 10,8 foizni, 2013-yilda 31,2 foizni tashkil qilmoqda. Ya’ni, respublikamizda oxirgi yillarda aholiga ambulatoriya-poliklinika muassasalarida birinchi tibbiy sanitariya yordami ko‘rsatilib kasalliklar oldini olishga hamda shu bilan statsionarlarda bemorlar sonini kamaytirish orqali budjetdan ajratilayotgan mablag‘lar samaradorligini oshirishga ko‘proq e’tibor qaratilayotganini ko‘rish mumkin. 2.3-jadvalga asosan, sog‘liqni saqlash sohasiga ajratilayotgan mablag‘lar aholi jon boshiga hisoblanganda, hududlar bo‘yicha ushbu ko‘rsatkichda ancha farq borligini ko‘rish mumkin. Sog‘liqni saqlash sohasi xarajatlarida mehnatga haq to‘lash tizimi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur choralar orqali mamlakat aholisi turmush farovonligini kuchaytirish, aholi sog‘lig‘ini saqlashda tibbiy xizmat sifatli va malakali bo‘lishini ta’minlashda tibbiyot xodimlarining mas’uliyatini yanada oshiradi. Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash sohasida xarajatlarning aksariyat qismi xodimlarning ish haqi bilan bog‘liq xarajatlarni tashkil etishi, sohada tibbiyot uskunalari va dori-darmon bilan ta’minlanish darajasida tegishli muammolar borligidan dalolat beradi. Respublikamizda tibbiyot xodimlari mehnatini moddiy rag‘batlantirishga alohida ahamiyat berilayotgan bo‘lsada, ish haqi va unga ajratma uchun xarajatlar boshqa xarajatlar o‘rtasidagi o‘zaro nisbatda ish haqi va unga ajratmalar hajmi ancha yuqori bo‘lmoqda. Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashni kamaytirish emas, balki boshqa xarajatlar hajmini maqsadli oshirib, ish haqi va unga ajratma uchun xarajatlar bilan o‘zaro nisbatni mustahkamlash lozim. Mamlakatimizning sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirgan iqtisodiy islohotlar pirovardida bir-qator natijalarga erishildi. Shular barobarida tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini tubdan isloh qilish, tibbiyot xodimlariga to‘lanadigan ish haqi miqdori ular bajaradigan ishning qiyinlik darajasi, ular ishlaydigan sharoit va bajarilgan ishning sifatiga o‘zaro chambarchas bog‘liq qilib qo‘yildi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 1-dekabrdagi PQ-229 son qarorini bajarish yuzasidan, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirishning amaldagi tizimini yanada takomillashtirish, ular mehnatiga haq to‘lash miqdorining bajarilayotgan ishlarning murakkabligi va yuklamasi darajasiga, ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatiga bog‘liqligini kuchaytirish, shuningdek tibbiyot xodimlarining kasb darajasi va malakasini uzluksiz oshirib borishlari uchun rag‘batlar yaratish maqsadida 35 Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrda “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 276-son Qarori qabul qilindi. Sog‘liqni saqlash tizimiga ajratilgan mablag‘larning hajmini keyingi 8 yil ichida salkam 9 barobarga ko‘payganini, shuning ish haqi va unga ajratma uchun qaratilgan xarajatlarning o‘zgarishi 13,5 barobarga oshganligi ahamiyatlidir. 6- jadval ma’lumotlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ish haqi va unga ajratmalar uchun budjet xarajatlari miqdori o‘tgan yillarga nisbatan keyingi 7 yil ichida o‘rtacha 1,4 barobarga oshgan. Quyidagi 2.6-jadvalda Mirobod tumani budjetidan oxirgi yillar mobaynida sog‘liqni saqlash sohasiga yo‘naltirilgan mablag‘lar dinamikasi aks ettirilgan. . Sog‘liqni saqlash muassasalari xarajatlarini rejalashtirish amaliyoti Sog‘liqni saqlash sohasiga tor ma’noda yondashish ijtimoiy hayotda keskin salbiy holatlarni keltirib chiqaradi. Sog‘liqni saqlash tizimi muassasalari, nafaqat, tibbiy, balki ijtimoiy va iqtisodiy masalalarni hal qiladi Shuning uchun budjetdan ijtimoiy xizmatlarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar ajratiladi. Sog‘liqni saqlash iqtisodiyotning o‘ziga xos tarmog‘i bo‘lib, nafaqat tibbiy xizmatni taqdim etish bilan aholining ijtimoiy ehtiyojini qondirishga safarbar etiladi, shu bilan birga iqtisodiy o‘sishni jadallashtirishga ta’sir ko‘rsatish borasida keng imkoniyatlarga ega. Sog‘liqni saqlash muassasalarini moliyaviy ta’minlash manbalari turlarini quyidagi 2.3-rasmda ko‘rsatilgan tartibda guruhlash mumkin. Budjetdan ijtimoiy sohaga ajratilayotgan mablag‘lar doirasida, xususan aholi sog‘lig‘ini saqlash va uni yanada mustahkamlash uchun, ayniqsa davlat budjeti mablag‘larining nechog‘lik zarur ekanligini ko‘rish mumkin. Shunday ekan, sohani samarali faoliyat olib borishida budjet xarajatlarini istiqbol rejalarini ishlab chiqish yo‘nalishlarini aniqlash lozim bo‘ladi. Davlat budjetidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy soha xarajatlarini rejalashtirish va prognozlashtirishda belgilangan aniq tamoyillarga rioya etilishi maqsadga muvofiq holat. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishda belgilangan me’yorlarga tayanib, ijtimoiy soha tarkibiy xarajatlarida soha ulushini ma’lum darajada amalga oshirib borish muhim vazifalardan biri bo‘lib qolishi kerak. Sog‘liqni saqlash sohasi muassasalari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirishda quyidagi ko‘rsatkichlar asosiy hisoblanadi: sog‘liqni saqlash muassasalaridagi o‘rinlar soni; poliklinikaga qatnash kunlari soni; tibbiyot xodimlari soni; bemor o‘rinning 1 yildagi band bo‘lish kunlari soni. Sog‘liqni saqlash muassasalarida bemor o‘ringa qarab xarajatlar hisoblanadi. Xuddi shuningdek, aholini bemor-o‘rinlar soni bilan ta’minlash ham muhim ahamiyatga ega. Kasalxonalar ham shaharlar katta kichikligiga toifalanadi. Yirik shaharlarda respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan markazlashtirilgan kasalxonalar bo‘lib, ularda o‘rinlar soni 1000 dan 4000 taga yetadi. Poliklinikada 1ta vrach bir kunda 15-20 bemorni qabul qilishi mumkin. Shifoxonalarning shart sharoiti, ya’ni binoning hajmi, ichki maydoni, palatalar, xonalar soni, bemor-o‘rinlar soni, yo‘laklari, bog‘i, kanalizatsiya, isitish tizimi, ovqat pishiradigan oshxona, kiryuvish sharoiti yordamchi xo‘jaliklari ularning shtatlar ro‘yxatini tuzishga ta’sir etadi. Sog‘liqni saqlash muassasasining xarajatlar smetasi va shtatlar ko‘rsatkichi moliya bo‘limlarida ko‘rib chiqiladi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Budjet tashkilotlarining smetalari va shtat jadvallarini tuzish hamda tasdiqlangan smetalar va shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibiga rioya etilishi, ularning tasdiqlangan tasnifnomaga, xarajatlar normativlari va limitlariga muvofiqligi uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq budjet tashkilotlarining rahbarlari va bosh buxgalterlar - budjet tashkilotlarining ishlab chiqilgan va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kiritiladigan tasdiqlangan smetalari va shtat jadvallari to‘g‘riligi va asoslanganligi uchun; - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimining vakolatli xodimlari, jumladan Moliya vazirligi rahbarlari va markaziy apparati xodimlari - budjet tashkilotlarining ro‘yxatdan o‘tkazilgan shtat jadvallari va yig‘ma smetalari to‘g‘riligi va asoslanganligi uchun shaxsan javob beradilar. Sog‘liqni saqlash muassasalarini bir yashovchi kishi hisobiga xarajatlar normatividan kelib chiqib moliyalashtirish usulini qo‘llanilishi “Salomatlik-2” va “Ayollar va bolalar sog‘ligini mustahkamlash” dasturlari doirasida boshlang‘ich tibbiy-sanitariya yordami (BTSYo) muassasalarini boshqarishni takomillashtirish maqsadida qishloq va shahar muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2005 yil 28 sentyabrdagi 217-sonli Qarorni asosida eksperiment sifatida joriy etildi va o‘z samarasini bergandan so‘ng bosqichma-bosqich keng joriy qilinmoqda. Download 42.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling