Ko‘nikma
|
Kasallik tarixining titul varaqasini tuldirish.
Yotoq yaralarning paydo bo‘lish sabablari va oldini olish choralarini amalga oshirishni.
Ko‘z, quloq, burun, og‘iz bo‘shlig‘i va tashqi jinsiy a’zolarni parvarish qilishni.
tabiiy ovqatlanish usullarini sun’iy ovqatlanish usullari ( me’da zondi yoki nazogastral zond orqali, gastrostoma orqali, rektal va parenteral yo‘l orqali)ni.
Tana xarorati va arterial bosimni ulchash.Pulsni va nafas olishni sanashni.
Xuqna turlarini: tozalovchi, sifonli,moyli, dorili, oziqalini turli xildagi huqna o‘tkazishga va gaz chiqarish naychasini qo‘llashda uchraydigan asoratlar va mone’liklarni.
Bemorlarga xantal qo‘yishni isitadigan kompress qo‘yishni isitgichdan, muz xaltadan foydalanishni;
bemorni vanna va dush qabul qilishga tayyorlashni suvli muolajalarni o‘tkazishda bemorlarni kuzatishni.
Dori moddalarni tarqatish qoidalarini dori moddalarni organizmga kiritish usullarini dori moddalarni parenteral yuborish usullarini inyeksiya natijasida rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarni va ularni oldini olishni inyeksiya asoratlarida birinchi yordam ko‘rsatishni.
Laborator va asbob-uskunali tekshiruvlarda tibbiyot hodimlarining vazifalarini laborator va asbob-uskunali tekshiruvlarga bemorlarni tayyorlashni bemorni rentgenologik va endoskopik tekshiruvlarga tayyorlashni bemorni ultratovushli tekshiruvga tayyorlashni.
Xushdan ketganda birinchi yordam ko‘rsatishni anafilaktik shokda birinchi yordam ko‘rsatishni
nafas yo‘llari obstruksiyasida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni
sun’iy o‘pka reanimasiyasini “og‘izdan-og‘izga”, “og‘izdan burunga” usullarida bemorlarga o‘tkazishni bilvosita yurak massajini o‘tkazishni.
|
O‘quv rejaga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fan nomi
|
“Hamshiralik ishi texnikasi” fanini o‘qitishda umumta’lim fanlaridan matematika, fizika va kimyo, umumkasbiy fanlardan “Anatomiya, fiziologiya va patologiya”, “Farmakologiya va reseptura”, “Umumiy gigiyena va ekologiya”, “Mikrobiologiya epidemiologiya asoslari bilan”, “Valeologiya” va maxsus fanlardan “Klinik patologiya va birinchi tibbiy yordam”, “Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi”, “Yuqumli kasalliklar”, “Favqulotda holatlar tibbiyoti” fanlari bilan bog‘lab o‘tiladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |