Toshkent viloyati chdpu fizika va kimyo fakulteti kimyo yo`nalishi 23/2-guruh talabasi Tojiboyeva Munisaning umumiy psixologiya fanidan mustaqil ishi


Download 263.53 Kb.
Sana15.11.2023
Hajmi263.53 Kb.
#1775108
Bog'liq
Tojiboyeva Munisa

Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Fizika va kimyo fakulteti” “Ilmiy va metodologik kimyo” kafedrasi Kimyo 1-kurs(kunduzgi)23/2-guruh 1-semestr FAN NOMI: Umumiy psixologiya MAVZU: Pedagogik faoliyatda muloqot Topshirdi:Tojiboyeva Munisa Qabul qildi:Avlayev Orif

Reja:

  • 1. Pedagogik faoliyatda rag`batlantirish va jazolash usullari
  • 2. Pedagogik jamoadagi o`zaro munosabatlar psixologiyasi
  • 3. Ta’lim olayotgan shaxsga psixologik-pedagogik ta’sir etish

Bolaning psixologik rivojlanishi uchun rag`batlantirishi va jazolashi bir xil me`yorda stimul sifatida muhimdir:rag`batlashtirish ijobiy sifatlarning rivojlanishiga xizmat qilsa, jazolanish salbiy xususiyatlarini korreksiyasiga yoki tuzatishga qaratiladi. Amalyotda mos holatda har ikkovining qo`llanilishi ta’lim va tarbiya vazifalaridan kelib chiqqan tarzda o`zgarishi lozim.

Ular o`rtasidagi moslik darajasi yosh bilan, bolani mustaqillikka intilishidagi e’tirozga bog`liq holda o`zgarishi mumkin. Qanchalik e’tirozlar ko`p bo`lsa, bolaning o`z xohish irodasi va istagida yo`l qo`yilgan kamchiliklarga shunchalik qat’iy jazo qo`llanilishi lozim. Vaholanki, bolalardagi mustaqillikka intilishdagi e’tirozlar o`smirlik davrida keskin namoyon bo`la boshlar ekan, bu yoshda ularga bo`lgan munosabat qattiqqo`llik bilan ifodalanishi kuzatiladi. Bolalarni tarbiyalash jarayonida rag`batlantirish va jazolash usullarining xususiyatlarini o`zida aks ettiruvchi baholash pedogogik stimul bo`lib xizmat qiladi: yaxshi baho rag`batlantirishni bildiradi, yomon baho esa jazolashni o`taydi.

Rag`batlantirish psixikaning ijobiy sifatlari va xususiyatlarini shakllanishini stimullashtiradi, jazolash usuli esa salbiylarining yuzaga kelishini oldini oladi.agar amaliyotda faqatgina rag`batlantirish qo`llanilib, jazolash inkor etilsa bolalar shaxsida ijobiy sifatlar bilan birgalikda salbiy xususiyatlar ham yuzaga kelishi va shakllanishi mumkin

Psixologlar pedagogik jamoa ruhiy muhitining asosiy xususiyatlari sifatida quyidagi ko`rsatkichlarni ajratib ko`rsatadilar:

  • Jamoa a’zolarining o`zaro munosabatlaridan, mehnat jarayonidan, rahbarlikdan qanoatlanganligi;
  • Qanday kayfiyatning ustunligi;
  • Rahbar va ular qo`l ostidagilarning bir-birini o`zaro tushunishi;
  • Jamoani boshqarish va o`zini o`zi boshqarishda jamoa a’zolarining ishtirok etish darajasi;
  • Uyushqoqlik, ongli intizom, ishning unumdorligi.

Download 263.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling