Sogʼliqni sаqlаsh vаzirligi


II. Talaba mustaqil ta’limining maqsad va vazifalari


Download 0.78 Mb.
bet76/126
Sana17.01.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1096713
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   126
Bog'liq
o`zbek majmua tkk oxirgisi (3) (2)

II. Talaba mustaqil ta’limining maqsad va vazifalari
2.1. Talaba mustaqil ta’limining asosiy maqsadi – Tibbiyot kasbiga kirish fanidan o‘quv dasturida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o‘qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida mustaqil ravishda bajarishi uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir.
2.2. Talaba mustaqil ta’limining vazifalari quyidagilardan iborat:
- yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- kerakli ma’lumotlarni izlab topish, qulay usullari va vositalarini aniqlash;
- axborot manbalari va manzillaridan samarali foydalanish;
- an’anaviy o‘quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy xujjatlar bilan ishlash;
- elektron o‘quv adabiyotlari va ma’lumotlar banki bilan ishlash;
- Internet tarmog‘idan maqsadli foydalanish;
- berilgan topshiriqning rastional echimini belgilash;
- topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondoshish.
III. Talaba mustaqil ta’limining tashkiliy shakllari
3.1. Talaba mustaqil ta’limini tashkil etish muayyan fanning xususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan xolda quyidagi shakllardan foydalaniladi: fanning ayrim mavzularini o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish, o‘quv manbalari bilan ishlash, amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish, retseptura bo‘yicha vazifalarni bajarish, dozalarni hisoblash, konspekt yozish, ma’lum mavzular bo‘yicha referat tayyorlash, test va munozarali savollar hamda topshiriqlar tayyorlash, vaziyatli masalalar echish, TIJda ishtirok etish, ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tezislarini tayyorlash, uy vazifalarini bajarish.
3.2. Fan bo‘yicha namunaviy va ishchi dasturlarda talaba mustaqil ishining shakli, mazmuni va hajmi ifoda etilgan.
3.3. Fan bo‘yicha talaba mustaqil ishi uchun ajratilgan vaqt byudjetga mos ravishda kafedrada mustaqil ishning tashkiliy shakllari, topshiriqlar variantlari ishlab chiqiladi va filial ilmiy-uslubiy kengashida tasdiqlanadi.
3.4. Mustaqil ta’limni bajarish uchun fanlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling