Sogʼliqni sаqlаsh vаzirligi
Download 0.78 Mb.
|
o`zbek majmua tkk oxirgisi (3) (2)
YaKUNIY NAZORAT (YaN)
JNga ajratilgan kreditlarni to`liq to`plagan talaba YaNga kiritiladi. YaNda talabaning bilim, ko`nikma va malakalari modulning umumiy mazmuni doirasida baholanadi. YaN modul bo`yicha o`quv mashg`ulotlari tugaganidan so`ng og`zaki OSKI shaklida o`tkaziladi. Bunda talabalarning kompetentsiyalarni, amaliy ko`nikmalarni egallash darajasi va nazariy bilimlari tekshiriladi. OSKI 10 ta stantsiyadan iborat bo`lib, 8 ta stantsiyada amaliy ko`nikma, 2 ta stantsiyada nazariy savol beriladi. YaNda saralash balini ( 55 ball) yig`a olmagan talaba YaNdan o`tmagan va modulni o`zlashtirmagan deb hisoblanadi (JNda kreditni to`liq yig`gan bo`lsa ham). Ta`lim muassasasi rektorining buyrug`i bilan ichki nazorat va monitoring bo`limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o`tkazish jarayoni davriy ravishda o`rganib boriladi va uni o`tkazish tartiblari buzilgan hollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor qilinadi va yakuniy nazorat qayta o`tkaziladi. Kasalligi sababli yakuniy nazoratni topshira olmagan talabalarga fakul`tet dekani farmoyishi asosida, o`qishni boshlaganidan so`ng ikki hafta muddatda topshirishga ruxsat beriladi. Semestr yakunida yakuniy nazoratda saralash balidan kam ball to`plagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o`zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida modulni o`zlashtira olmagan talaba fakultet dekani tavsiyasiga ko`ra belgilangan tartibda rektorning buyrug`i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi. Talaba nazorat natijalaridan norozi bo`lsa, modul bo`yicha nazorat turi natijalari ehlon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakul`tet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko`ra rektor buyrug`i bilan 3 (uch) a`zodan kam bo`lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi. Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko`rib chiqib, shu kunning o`zida xulosasini bildiradi. Baholashning o`rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o`tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakul`tet dekani, kafedra mudiri, o`quv bo`limi hamda ichki nazorat va monitoring bo`limi tomonidan nazorat qilinadi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling