Sogʼliqni sаqlаsh vаzirligi
Download 0.78 Mb.
|
o`zbek majmua tkk oxirgisi (3) (2)
OSHQOZONNI YUVISH.
Oshqozonni yuvish davolash va tashxis ko‘yish, Oshqozondagi sifatsiz oziklar, shillikni, zaxarni chikarib yuborish maksadida qo‘llaniladi. Oshqozonni yuvish uchun: 1-1,5 m li yo‘gon zond uchi varonkasimon , suvli yoki dorili ( natriy gidrokarbonatning 2%li eritmasi, xona xaroratida och rangli kaliy permanganat eritmasi ) krujka, xamda bemor uchun fartuk, suvni ko‘yish uchun chelak,perchatka,10-12 litrgacha suv kerak bo‘ladi. Hamshira bolani qo‘liga olib, uni klenka yoki choyshabga o‘rab, uni oyoqlarini o‘zining oyoqlari orasida kisib, boshini yelkaga ko‘yib maxkam ushlaydi, keyin shpatel bilan og‘zini ochib tezlik bilan zondni til ildiziga ko‘yib, bemordan bir necha marta yutinishini so‘raydi va zondni kizilo‘ngachga itarib yuboradi. Zond halqumga kelganida bemor yo‘talishni boshlaydi, bo‘g‘iladi, ko‘karadi, ovozi yo‘koladi, kusish xarakatining to‘xtashi zond Oshqozonda ekanligidan dalolat beradi. Varonkani bemorning tizzasi bilan baravar ko‘yiladi. Keyin unga suv kuyib, og‘izdan yuqoriga ko‘tariladi va Oshqozonga suyuklik yuboriladi. Suv varonkani bo‘yniga yetganida, uni bemorning tizzasidan pastgi tushiriladi va Oshqozondagi moddalar tog‘orachaga qaytib tushadi. Muolajani tog‘orachaga toza suv tushgunga kadar qaytariladi. Oshqozonni tozalash tugatilgandan so‘ng varonka olinadi va tezlik bilan zond chikariladi. Bolani xazm qilish aʼzolari kasalliklari tekshirishni o‘ziga xos xususiyatlari bor. Bola va onadan so‘rash, bunda bemornning shikoyatiga, uning kachon kasal bo‘lganligiga , kun tartibi va ovqatlanishiga eʼtibor karatish lozim. Ko‘rik paytida bolaning umumiy xolatiga baho berish lozim, og‘iz bo‘shlig‘ini shillik qavatiga, uning namligiga, toshmalar va boshqa o‘zgarishlarga eʼtibor berish kerak. Lab ko‘rilganda-og‘iz burchaklaridagi yoriklar, uchuklarga eʼtibor karatamiz. Lablarda yoriklar paydo bo‘lganda og‘iz atrofidagi teri suv yoki antiseptik eritma bilan yuvib, quruq kilib artiladi.Steril salfetkaga shpatel yordamida yumshatuvchi krem yupka kilib surtilib, ketma-ket tepa va pastki lab artiladi. Yoriklarga tegishga ruxsat etilmaydi va xar qanday yarani qo‘l bilan tegish yoki olib tashlash mumkin emas. Uchuk chikkanda uchukka qarshi preparatlarni qo‘llash kerak. Emizikli bolalarda stomatit paytida og‘iz bo‘shlig‘ini shillik qavatini tozalash rezinali ballon yoki paxtali tampon yordamida amalga oshiriladi. Bir necha marta kaliy permanganat eritmasi yoki 2 foizli perekis vodorod eritmasi (katta yoshli bolalar faqatgina og‘zini shu eritmalar bilan chayishi kerak.) bilan tozalab, keyin esa 1 foizli metil ko‘kining suvli eritmasini surtiladi. Agar bolada aftozli yoki yarali stomatit bo‘lsa, uni darxol alohida ajratish lozim, unga alohida idishlar, o‘yinchoklar, tozaligiga karash, ularni tez- tez dezinfeksiya qilish kerak. Molochnitsa bo‘lganda og‘iz bo‘shlig‘ini 2% natriy bikarbonat eritmasi bilan artiladi. Bundan tashqari 20 % glitserinli bura eritmasi bilan xam artish mumkin, xamda 100% li kand eritmasidan foydalansa bo‘ladi. Rentgenologik tekshiruv ko‘p kasalliklarga tashxis ko‘yish usullaridan biri hisoblanadi. Oshqozon ichak traktini rentgenologik tekshiruvi uchun bemorni tayyorlash zarur. Bir kun avval ovqat tarkibidan sabzavotlarni, mevalarni, kora nonni , kashalarni cheklab ko‘yiladi. Tekshiruvga 14 soat kolganida bemor ovqatlanishni to‘xtatishi kerak. Kechkurun yotishdan avval tozalovchi xukna kilinadi, ertalab tekshiruvga 2- 3 soat kolganida xukna takrorlanadi. Oshqozon ichak kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni parvarish qilish. Bu kasalliklarda ovqatlantirish rejimini bilish katta axamiyatga ega. Toksikoinfeksiya, elementar buzilishlar ( ovqat rejimini buzilishi, Meʼyordan ortik ovqatlanish, sifatsiz maxsulotlar isteomol qilish) okibatida Oshqozonda o‘tkir yallig‘lanishi paydo bo‘ladi, birinchi o‘rinda Oshqozonni koldik moddalardan bo‘shatish kerak. Buning uchun choy sodasini 5% li eritmasida, natriy xloridning izotonik eritmasida, mineral yoki oddiy ilik suvda Oshqozonni tozalash zarur.So‘ng qaynab sovutilgan choy yoki suv, glyukozaning 5% li eritmasi, Ringer eritmasi va shipovnik nastoyi beriladi. Keyingi 12 soatga o‘tkinchi stol buyuriladi, bolaga tez xazm bo‘ladigan, engil, yog‘ va kletchatkasi cheklangan ovqatlar, sabzavot, mevalar, sharbatlar buyuriladi. Ovqatni kichik porsiyalarda kuniga 7-10 marta qabul kilinadi. 12-24 soatdan so‘ng xar xil suyuk ovqatlar, yog‘siz sho‘rvalar, bir necha mevali kisel beriladi. 3-4 kun go‘shtli , bug‘da pishirilgan ovqatlar beriladi. 4-5 kundan boshlab №1 parxezi buyuriladi. Doimiy ovqatlanishga o‘tish 1-2 xaftadan keyin boshlanadi. Surunkali Oshqozon ichak kasalligida bemorning ovqat tarkibi asosan Oshqozon ichakni termik, mexanik va ximik ayash asosida tuziladi. Kasallik avjiga olganida 1a parxez taomi, keyin bemorni 1b parxez taomiga o‘tkaziladi, uni 2 xafta davomida qabul qiladi. Keyin bemorga 1 parxez taom 6 oygacha beriladi. Kasallikning barcha belgilari o‘tib ketganidan keyin bemorga 5a parxez taomi va ko‘rsatmaga binoan 1 yilgacha 5 parxez taomi beriladi. Umumiy parxez butunlay tuzalgandan keyin beriladi.ovqat vitaminlar bilan boyitilgan bo‘lishi kerak. Ayniqsa vitamin B ga. Oshqozon va 12 barmoqli ichak yaralarida kuniga 5-6 marta 1a, 1b, 1 parxez taomlarni beriladi. Oshqozon va ichakdan qon ketganida bemorning ovqati suyuk, ilik, oqsil moddalariga, vitaminlarga, kalsiy va kaliy tuzlariga boy bo‘lishi kerak. Ko‘p qon ketganida faqat slivka va sut ilik xolda beriladi. Peshob xosil qilish va ajratish organlariga 2 buyrak, 2 siydik nayi, qovuq va siydik chikarish kanali kiradi. Buyrak qonni filtrlaydi va uni shlaklardan tozalaydi. Buyrakning asosiy vazifasi siydik xosil qilishdir. Bir kecha kunduzda odam tomonidan ajratiladigan siydikning umumiy miqdori o‘rtacha 1,5 l tashkil etadi. Siydik miqdori atrof muxitning temperaturasiga, ichilgan suv miqdoriga bog‘lik bo‘ladi.Buyrak kasalliklari ichki organlarning eng og‘ir kasalliklari katoriga kiradi va ko‘pincha og‘ir asoratlarga olib keladi.Shuning uchun tibbiyot Hamshirasi kasalliklarning asosiy belgilarini ularning asoratlarini bilishi kerak va shifokorgacha bo‘lgan yordamni ko‘rsata olishi kerak.Buyrak kasalliklarinig asosiy simptomlari shish paydo bo‘lishi, arterial bosimning oshishi, siydik rangini o‘zgarishi,peshob ajratayotgan paytda og‘rik va achishish xisini bilishi, bel soxasidagi og‘riklar hisoblanadi.O‘z vaqtida zarur yordam ko‘rsatish Hamshiraning mana shu kasalliklarni klinik belgilarini to‘lik o‘rganib olganligiga bog‘lik. Buyrak va siydik chikaruv yo‘llari kasalliklarining asosiy belgilari quyidagilar: Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling