Sogʼliqni sаqlаsh vаzirligi


Tibbiyot kasbiga kirish moduli bo`yicha kurs ishi rejada ko`zda tutilmagan


Download 0.78 Mb.
bet79/126
Sana17.01.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1096713
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   126
Bog'liq
o`zbek majmua tkk oxirgisi (3) (2)

Tibbiyot kasbiga kirish moduli bo`yicha kurs ishi rejada ko`zda tutilmagan.
Tibbiyot kasbiga kirish fani bo‘yicha mustaqil ta’limi mavzulari va mazmuni bo‘yicha TMT ni nazorat mezonlari



O‘zlashtirish

Baho

Talabaning bilim darajasi

1.

4,46-5,00

A’lo «5»

Mavzu bo‘yicha barcha savollarga to‘g‘ri javob beradi. Xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlaydi, mustaqil mushahada qiladi, amaliyotda qo‘llaydi, savolning mag‘zini tushunadi, ishonch bilan javob beradi. Vaziyatli masalalarni to‘g‘ri echadi, echishda ijodiy yondoshadi, javobini asoslaydi.
Muammoli yoki tahlil-baholash xarakteridagi oxirgi yillarda chop etilgan 7-10 ta ilmiy manbalardan olingan yuqori sifatli referat tayyorlaydi, referat mavzusi har tomonlama va to‘liq ochib berilgan, matn mantiqiy ketma-ketlikda ifodalangan, referat tayyorlashda talaba chuqur bilim va savodxonlikka ega ekanligini, fikrlash doirasining kengligini namoyon qilgan
Konspekt mantiqiy tuzilgan, konspekt tayyorlashda talaba fikrlashning origi-nalligi, erudistiya va savodxonlikni ko‘rsatgan. Konspekt mavzuning barcha savollarini qamrab olgan.
TIJda mustaqil tajribalar olib borgan va olingan natijalarni alohida qayd etgan, statistik ishlovdan o‘tkazgan va ushbu tadqiqot ishi bo‘yicha mustaqil, aniq, mantiqiy asoslangan savodli xulosalar chiqargan.
Mavzu bo‘yicha aniq, lo‘nda, hammaga tushunarli namoyish materiali bilan mustaqil ma’ruza tayyorlagan. Ma’ruza mavzusi har tomonlama va to‘liq ochilgan, ma’nosi mantiqiy ketma-ketlikda bayon etilgan, ma’ruza tayyorlashda chuqur bilim va erudistiya, o‘ziga xos fikrlashni namoyon qilgan.

2.

3,46-4,45

Yaxshi
«4»

Mavzu bo‘yicha qo‘yilgan savollarga to‘g‘ri javob beradi, lekin javobida 2-3 noaniqliklarga yo‘l qo‘yadi. Olgan bilimini amaliyotda qo‘llaydi, savolning mag‘zini tushunadi, ishonch bilan javob beradi, aniq tushunchaga ega. Vaziyatli masalalarni to‘g‘ri echadi, lekin javobini to‘liq asoslay olmaydi.
Oxirgi yillarda chop etilgan 3-7 ta ilmiy manbalardan olingan sifatli referat tayyorlaydi, referat mavzusi har tomonlama va to‘liq ochib berilgan, lekin matn mantiqiy ketma-ketlikda ifodalanmagan.
Konspekt mantiqiy tuzilgan, konspekt tayyorlashda talaba savodxonligini ko‘rsatgan. Konspekt mavzuning ayrim savollarini qamrab olgan.
TIJda tajribaning bir qismini olib borgan va olingan natijalarni alohida qayd etgan, qisman statistik ishlovdan o‘tkazgan va ushbu tadqiqot ishi bo‘yicha mustaqil xulosalar chiqargan, lekin xulosalar aniq emas va to‘liq asoslanmagan.
Mavzu bo‘yicha mustaqil ma’ruza tayyorlagan, lekin to‘liq ketma-ketlikda emas. Ma’ruza mavzusi har tomonlama va to‘liq ochilgan, lekin ma’nosi mutlaqo mantiqiy ketma-ketlikda bayon etilmagan.

3.

3,00-3,45

Qoniqarli «3»

Mavzu bo‘yicha qo‘yilgan savollarning yarmiga to‘g‘ri javob beradi. Savolning mag‘zini tushunadi, ishonch bilan javob bermaydi, mavzuning ayrim savollari bo‘yicha aniq tushunchaga ega. Vaziyatli masalalarni to‘g‘ri echadi, lekin javobini asoslay olmaydi.
Oxirgi yillarda chop etilgan 2-3 ta ilmiy manbalardan olingan referat tayyorlaydi, referat mavzusi to‘liq ochib berilmagan, lekin matn mantiqiy ketma-ketlikda ifodalanmagan, grammatik xatolar bor.
Konspekt qisqa, mavzuning ayrim savollarini qamrab olgan, xatoliklar mavjud.TIJda tajriba o‘tkazishda shaxsan qatnashmagan, balki uni o‘tkazilishini kuzatgan va olingan natijalarni qayd etgan xalos, qisman statistik ishlovdan o‘tkazgan. Ushbu tajriba natijalari bo‘yicha o‘qituvchi yordamida xulosalar chiqargan. Mavzu bo‘yicha o‘qituvchi yordamida ma’ruza tayyorlagan, lekin to‘liq ketma-ketlikda emas. Ma’ruza mavzusi to‘liq ochilmagan, ma’nosi mantiqiy ketma-ketlikda bayon etilmagan, xatoliklar mavjud.

4.

3,00 dan past

Qoniqarsiz «2»

Mavzu savollari bo‘yicha aniq tasavvurga ega emas, asosiy tushuncha va ta’riflarni bilmaydi. Vaziyatli masalalar noto‘g‘ri echilgan, ularni echishga noto‘g‘ri yondoshilgan.
Referat xatolar bilan yozilgan. Konspekt yo‘q yoki mavzuning ayrim savollarigina xatoliklar bilan yoritilgan xolos.


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling