Osoyishtalik sari
Download 18.36 Kb.
|
Osoyishtalik sari
OSOYISHTALIK SARI yoxud talabalarning “Diniy ekstremizm va terrorizimga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” fanidan chiqargan xulosalar Yaqinda institutning bir qancha yo’nalishlariga “Diniy ekstremizm va terrorizimga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” deb nomlangan maxsus fandan ma’ruza mashg’ulotlari olib bordim. Rejada belgilangan qisqa soatlar mobaynida talabalar bilan mavzu bo’yicha suhbatlashdik, fikr almashdik. Oxirgi darsim kuni Aniq va tabiiy fanlar fakultetining Fizika va astronomiya yo’nalishi talabalari ushbu maxsus fandan olgan fikrlarini yozma ravishda taqdim qildilar. Talabalarning fandan chiqargan ijobiy xulosalarini o’qib, shu va shu kabi fanlar o’sib kelayotgan yosh avlodni yanada bilimli qilishiga, kelajakda kelishi mumkin bo’lgan xavf-xatarlarning oldini olishga hissa qo’shishiga yana bir karra ishonch hosil qildim. Quyida ularning ba’zi fikrlarini e’tiboringizga havola qilamiz. * * * Bugungi kunda diniy aqidaparastlik g’oyasini insonlar ongiga singdirib, ularni o’z domiga tortib borayotgan shaxslarning asl maqsad-muddaosi konstitutsion mamlakatlarda o’z hokimiyatini o’rnatish hisoblanadi. Ular bizning muqaddas dinimiz bo’lmish islom dinini o’zlariga niqob qilgan holda, dindan xabari yo’q bo’lgan internet va axborot vositalaridan bemaqsad foydalanayotgan shaxslarni o’z domiga tortib olmoqda. Diniy aqidaparastlik g’oyasini va terrorizm kabi tinchligimizga rahna solayotgan bu kabi ayanchli iboralar ortida o’z manfaatlarini barcha tinch aholiga singdirishga harakat qilayotgan turli ongsiz va dinni niqob qilib olgan odamlardan tuzilgan jamoalar oddiy va sodda yo’llar bilan ko’pchilikni o’z yo’llariga solmoqdalar. Ular insonlarga aqliy tomondan ta’sir ko’rsatib, nafaqat o’zini, balki oila a’zolarini ham mana shu oxiri yo’q zulmatga boshlashiga dav’at etmoqdalar. Hozirgi kunda yurtimizda terrorizm, ekstremizm, giyohvandlik va odam savdosi kabi g’oyalarning tarqalishini oldini olish uchun diniy muassasalar faoliyati yo’lga qo’yilgan. Ular xalqimizga ma’rifat ulashib, tinch, farovon va osoyishta hayotni ta’minlashga hissa qo’shmoqdalar. Maxsus bilim va tajribaga ega bo’lgan diniy ulamolar esa sof islom g’oyalarini jamiyat a’zolariga yetkazib berishga harakat qilmodalar. Ular tomonidan aholining din bo’yicha savollariga javob berish uchun ommaviy axborot vositalarida to’g’ridan – to’g’ri muloqotlar, subatlar olib borilmoqda. Olib borilayotgan bu ishlardan ko’zlangan maqsad esa xalqimiz, xususan, biz yoshlarning yuqorida nomlari keltirib o’tilgan salbiy illatlar ta’siriga tushib qolmasligidir. Qolaversa, institutimizda ham talabalarning bilimi, ma’rifati, xushyorligini oshirish uchun mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ko’pgina uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazilmoqda. “Diniy ekstremiz va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” maxsus fani ham shulardan biri hisoblanadi. Xulosa sifatida aytisihim mumkinki, hukumatimiz, diniy ulamolarimiz, ustozlarimiz tomonidan kerakli ishlar qilinmoqda. Biz yoshlardan talab etiladigan asosiy vazifa esa yon atrofimizda ro’y berayotgan voqea-hodisalarga befarq bo’lmaslik, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardan to’g’ri foydalanishdir. Download 18.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling