Durdona Raxmonaliyeva.
* * *
“Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” fanining maqsadi talaba-yoshlarni to’g’ri yo’ldan adashmasligi uchun xizmat qilar ekan. Bu fannning bizga foydali taraflaridan biri shu bo’ldiki, biz aqidaparastlik g’oyalari bilan sof diniy bilimlarni ajratishni o’rgandik. Aslini olganda, barcha esktrmistik va terroristik tashkilotlar insonning diniy va dunyoviy bilimlari yetishmasligidan foydalanishar ekan. Shuning uchun diniy va dunyoviy bilimlarni teng o’rganib borish lozim ekan. Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, bizning diyorimizdan ne-ne ma’rifatparvar insonlar yetishib chiqqanining guvohi bo’lishimiz mumkin. Ular qoldirgan boy ma’naviy merosga ega bo’lgan holda, bilimsiz holda hayot kechirish, turli yot g’oya va mafkuralarga aldanib qolish juda ham ayanchli bo’ladi albatta. Biz talabalar uchun juda ko’p imkoniyatlar eshigi ochilgan bir davrda yashamoqdamizki, biznnig yurt yoshlariga ekstremizm va terrozim soyasi tushgan juda ko’plab yurt yoshlarining havasi keladi. Bu imkoniyatlardan esa biz oqilona foydalanishimiz, biz uchun kerakli bo’lgan barcha bilimlarni o’zlashtirish orqali diniy aqidaparastlar, terrorchi va ekstremistlarga qarshi kurashishda jamiyatimizga yordamchi bo’lishimiz darkor!
Zulfinoz To’lanboyeva,
Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Fizika va astronomiya yo’nalishi talabalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |