Osoyishtalik sari


Maftuna Abdixalilova Erkin qizi


Download 18.36 Kb.
bet2/3
Sana22.06.2023
Hajmi18.36 Kb.
#1648085
1   2   3
Bog'liq
Osoyishtalik sari

Maftuna Abdixalilova Erkin qizi.
* * *
Diniy ekstrimizm va terrorizmga qarshi kurashish hozirgi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Xo’sh, bunga sabab nima? Bugungi kunda internet, zamonaviy axborot texnologiyalari rivojlangan davrda ko’plab foydali elektron manzillar bilan bir qatorda, diniy ekstrimistik tashkilotlarning ham yuz mingdan ortiq saytlari (profillari) mavjud. Yoshlarning ham, yoshi kattalarning ham aksariyat katta qismi vaqtini internetdan foydalanish bilan o’tkazishadi. Bu esa ma’naviy dunyoqarashi sayoz, chuqur bilimga ega bo’lmagan insonlarning internet tarmog’idagi notog’ri ma’lumotlarga ishongan holda, ularga ergashib ketishiga olib kelmoqda. Shunday ekan, biz yoshlar avvalo, o’zimizda internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish ma’daniyatini shakllantirishimiz lozim. Shundagina diniy aqidaparastlarning qo’ygan tuzog’iga aldanmay, o’zimizning, oila a’zolarimizning, jamiyatimiz va xalqimizning tinchligiga rahna solishni maqsad qilgan kimsalarning tegirmoniga suv quymay, bizdan kutilgan ishonchni oqlashimiz mumkin bo’ladi.
Hojiakbar Raxmonaliyev.
* * *
Ushbu fan biz talaba yoshlarga ma’ruza hamda seminar tarzida olib borildi. “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning ma’naviy ma’rifiy asoslari” fanining asosiy maqsadi talaba yoshlarni to’g’ri yo’ldan adashmaslik, har xil hoyi havas gaplarga uchmasliklari kerakligi to’g’risida edi. Ushbu fanni boshida dastlab “Ekstremizm” so’zini ma’nosi tushuntirildi. Ushbu so’zning ma’nosi “haddan oshish”, “chetga chiqish” degan ma’nolarni anglatar ekan. Umumiy qilib olganda, dinda haddidan oshish degan ma’noni anglatar ekan. Ushbu fan o’tilar ekan, bizga vedeoroliklar orqali qo’shni davlatlarda bo’layotgan terrorizmga oid turli xil hujjatli filmlar namoyish etildi. O’tgan asrlarda ko’hna shaharlar hisoblangan Misr, Suriya, Iroq, Afg’oniston kabi mamlakatlar hozirgi kunda terrorizm o’choqlari hisoblanadi. Shunday yerlarda begunoh odamlarning qoni to’kilmoqda. Shunday odamlarning bunday vayronkor hodisalarning qurbonlari bo’lmoqda. Bunday narsalarga qo’l urayotgan insonlar din na dunyoviy va na diniy bilimi yo’q, puch gaplarga uchgan manqurt insonlar hisoblanadi. Ushbu fan o’tilar ekan menda shukronalik hissi paydo bo’ldi. Jannatmakon tinch, osuda vatanda yashayotganimga shukur qildim. Chunki, hozirgi kunda bizning yurtimizda o’quvchi-yoshlar bemalol maktablarga boradilar, talabalar oliy o’quv yurtlarida o’qiydilar, korxona, tashkilot va muassasa xodimlari esa bemalol ish joylariga borib, sog’ – omon o’z uylariga qaytadilar. Bularning barchasi tinchligimizdandir. Tinchlikni asrash esa har birimiznnig muqaddas burchimiz. Mazkur fan orqali men yurtimiz tinchligiga hissa qo’shish uchun ma’rifatli bo’lish, xushyor va ogoh bo’lib yashash kerakligini anglab yetdim.

Download 18.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling