Sog`lom avlod qo`shig`I


Download 1.43 Mb.
Sana03.11.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1743496
Bog'liq
Doc2



SOG`LOM AVLOD QO`SHIG`I
\





O`lchovi 2/4,

Tonalligi: si major



Tempi: o`rtacha


Safar Barnoev (1938-2001)
Bolalarning sevimii shoiri va yozuvchisi Safar Barnoev 1938 yil 6 mayda Buxoro shahrida Dilkusho mahallasida tugʼilgan.
1949-59 yillarda oʼrta maktabni tugatgach, harbiy xizmatga ketadi. Harbiy xizmatni oʼtab, 1960-61 yillarda Buxoro viloyatining Romitan tumanidagi shoʼro xoʼjaligida hisobchi vazifasida ishlaydi.1961-66 yillarda ToshDUning (hozirgi Oʼzbekiston Milliy universiteti) jurnalistika boʼlimida tahsil oladi.
1959 yili uning birinchi sheʼri hozirgi „Tong yulduzi“ gazetasida eʼlon qilingan. Safar Barnoev oʼqishni tugatmasidanoq, 1966 yilning mart oyida „Tong yulduzi“ gazetasi tahririyatiga ishga taklif qilingan. Shu yillardan boshlab uning sheʼr, hikoya, qissalari respublika gazeta va jurnallarida muntazam ravishda chop etila boshlaydi.



SHERMAT YORMATOV
(1939.17.10, Fargʻona tumani) — xor dirijyori, kompozitor, bolalar xori sanʼatining faol targʻibotchisi. Oʻzbekiston xalq artisti (1997). Toshkent davlat konservatoriyasini xor dirijyorligi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan (1967). Toshkent shahridagi 99 oʻrta maktabda musiqa oʻqituvchisi va "Boychechak" xor studiyasining rahbari (196282), Uzteleradiosida xor jamoasi dirijyori (1967–70), "Bulbulcha" bolalar xorining badiiy rahbari va bosh dirijyori (1971-yildan), Oʻzbekiston Respublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi raisi oʻrinbosari (1996–99). Ayni paytda A. Qodiriy nomidagi Madaniyat instituti (1980–95) da oʻqituvchi, dotsent (1994). Kompozitor ijodida vokal musiqa (ayniqsa bolalar uchun yaratgan qoʻshiqlari) asosiy oʻrin tutadi: "Salom maktab", "Gʻildiragim", "Ikki qoʻymang, oʻqituvchi!", "Sumalak", "Oymomojon rom boʻldi", "Qizaloq", "Xon atlas", "Bu yurtning yoshlari", "Chitti gul" (folkloretnografik syuita), "Assalom hayot" kantatasi (T. Ilhomov soʻzi) va b. Aksariyat qoʻshiklari turli musiqa toʻplamlarida nashr etilgan. 1970-yillar oʻrtasidan boshlab oʻzbek bolalar qoʻshigʻi hamda xor sanʼatiga bagʻishlangan doimiy "Qoʻshigʻim – jon qoʻshigʻim", "Birgalikda kuylaymiz" telekoʻrsatuvlarini olib boradi. "Sogʻlom avlod uchun" ordeni bilan mukofotlangan (1994).2021 22 dekabrda olamdan o`tdi
.

MUT (S) 22/2- guruh talabasi Safiulina Ilona

Ovoz Diapazon: birinchi oktava do dan ikkinchi oktava re gacha

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling