Sog’lom oila sog’lom avlod poydevori


Download 22.7 Kb.
bet1/3
Sana24.03.2023
Hajmi22.7 Kb.
#1293552
  1   2   3
Bog'liq
Soglom avlod


Sog’lom oila - sog’lom avlod poydevori
Darsning maqsadi. O’quvchilarda sog’lom oila asoslari haqida tushunchani shakllantirish, kelajakda sog’lom oila qurish to’g’risida ijobiy tasavvurni yuzaga keltirish.
Vazifalari:
- o’quvchilarni oila salomatligiga nimalar yordam berishidan xabardor qilish;
- ota-onaning salomatligi - sog’lom farzandlar tug’ilishining garovi ekanligini tushuntirish;
- o’z salomatligi uchun javobgarlik hissini shakllantirish.
Darsning borishi
Mavzu ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lsa ham, ancha shaxsiy bo’lganligi sababli, darsni strukturaviy mashqlar bilan boshlash tavsiya etiladi.
Kirish.
Aqliy hujum.
O’qituvchi o’quvchilardan «Sog’lom avlod» tushunchasi nimalarni o’z ichiga olishini sanab berishlarini (yoki «Qanday oila sog’lom oila?» degan savolga javob berishni) so’raydi.
Barcha javoblar doskaga yoki vatmanga yoziladi. Mazmun jihatidan o’xshash javoblami birlashtirish mumkin. Dars oxirida ro’yxatga to’ldirish kiritiladi.
Asosiy qism.
1. «Gapni tugating».
O’quvchilarga «Men boiajak umr yo’ldoshimni shunday bo’lishini istardimki...» jumlasini oxiriga yetkazish topshiriladi.
Javoblarni tinglagach, o’qituvchi quyidagicha xulosalaydi: har bir odamning o’z bo’lajak umr yo’ldoshi to’g’risida ma’lum tasavvuri bor. Kelgusida umr yo’ldoshimiz tasavvurlarimizga mos kelishi, toiaqonli hayot kechirishimiz uchun barchamizga sog’liq kerak. Bundan tashqari er-xotinlik faqat quvonch va baxtdan iborat emas, u zimmamizga katta mas’uliyat yuklaydi.
2. Kichik guruhlarda ishlash.
O’quvchilar 4 gurahga birlashib, quyidagi topshiriqni oladilar: Gurahda nikoh qurayotganlar zimmasiga qanday mas’uliyat (nima uchun va kim oldida) yuklanishini muhokama qiling va ularni jadvalga kiriting (masalan, oilaning moddiy ta’minlanganligi, er-xotin, bolalar va keksa ota-onalari salomatligi uchun, farzand ko’rish va tarbiyasi uchun mas’ullik).
Jadvalda ikki ustun bor. Birinchi ustun - mas’uliyat turlari; ikkinchi ustun - kim mas’ul ekanligi.
Namuna:


Download 22.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling