Sog’lom oila sog’lom avlod poydevori
Download 22.7 Kb.
|
Soglom avlod
O’qituvchi ma’ruzasi. Ota-ona bo’lish, farzand ko’rish — ulug’ baxt, katta mas’uliyat. Oilada farzand tug’ilishi inson hayotidagi eng quvonchli hodisalardan biridir. Farzand o’zini dunyoga keltirganlari uchun ota-onasi oldida qarzdordir. Farzand salomatligi ota-ona salomatligiga bog’liq. Aynan shu sababli har bir inson o’zi va o’z oilasining salomatligi uchun mas’uldir. Sog’lom oila yaratish ham erkakka, ham ayolga - har ikkisining sa’y-harakatlariga bogiiq. Oila qurmoqchi bo’lgan har bir erkak va ayol oldida quyidagi jiddiy savollar ko’ndalang bo’ladi: «Nechta bolamiz bo’ladi? Ularni qanday inson qilib tarbiyalashimiz kerak? Ularni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish uchun imkoniyatlarimiz bormi? Reproduktiv salomatligimizga bola qanday ta’sir ko’rsatishi mumkin? Istalmagan homiladorlikning oldini olish uchun nima qilish kerak?. . « Faqat ana shu savollarga javob topgandan keyin nikohga va bolalar tarbiyasiga tayyorligi to’g’risida qaror qabul qilish mumkin. Homiladorlik va tug’ish uchun eng yaxshi davr, odatda, 19-35 yosh oralig’idir. Erta homiladorlik salbiy oqibatlarga olib keiishi mumkin. Homiladorlik oralig’i oldingisidan kamida ikki yil farq qilmaganda yoki ayol oldin besh martagacha homiladorlikni kechirgan bo’lsa, xavfli bo’lishi mumkin. Chekish, alkogol, jismoniy va hissiy zo’riqish, noto’g’ri ovqatlanish, yuqumli va ekstragenital kasalliklar, nobop atrof-muhit va h.k. ona va farzand salomatligiga halokatli ta’sir ko’rsatadi. Buyuk alloma Ibn Sino «Tib qonunlari» asarida qarindoshlar o’rtasidagi nikoh masalasini ko’rib chiqqan edi. U bunday nikoh avloddan-avlodga o’tuvchi qanday kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkinligi haqida yozgan edi. Ko’plab olimlarning tadqiqotlari qarindoshlar o’rtasidagi nikohning ko’p xavfli jihatlari bortigi, salbiy oqibatlarga olib keiishi, shu sababdan ham nomaqbul ekanligini tasdiqlaydi. Sharq udumlariga ko’ra, nikohdan oldin kelin va kuyovning qarindoshlari bo’lajak qarindoshlarining oila a’zolari salomatligi to’g’risida so’rab-surishtirganlar. Faqat shundan keyingina unashtirilgan, nikoh tuzilgan. Ko’p asriar davomida ushbu an’ana irsiyat qonunining talablariga amal qilishga yordam bergan va sog’lom avlod tug’ilishini kafolatlagan. Boig’usi er-xotinning irsiyat tarixini bilish nasldan-naslga o’tuvchi kasalliklarga yo’l qo’ymaslikka yoki ulaming oldini olishga yordam beradi. Sohibqiron Amir Temur avlodlariga qoldirgan o’gitlarida shunday deydi: «O’g’illarim, nabiralarim va yaqinlarimni uylantirmoq tashvishida kelin izlamoqqa e’tibor berdim. Bu ishni davlat yumushlari bilan teng ko’rdim. Kelin bo’imish nasl-nasabi, odob-axloqi, sog’lom va baquvvatligi bilan birga qusurlardan ham xoli bo’lsagina, el-yurtga katta to’y-tomosha berib, kelin tushirdim». Fan qarindoshlar nikohidan tug’ilgan bola tengdoshlaridan ancha nimjonroq bo’lishini, o’sishda ancha orqada qolishini, turli kasalliklarga ko’proq chalinishini isbotlagan. Butunjahon sog’liqni saqlash tashkiloti bergan ma’lumotlarga ko’ra, bunday nikohdan tug’ilganlar orasida oddiy nikohdan tug’ilganlarga qaraganda bolalar o’limi bir necha baravar ko’proq uchraydi. Norvegiyalik olimlarning tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, agar oilada bitta bola majruh bo’lib tug’ilsa, bu narsaning kelgusi avlodlarda takrorlanishi ehtimoli 8 baravar ortadi. Ularning ma’lumotlariga ko’ra, patologik kasalliklarning asosiy sababi qarindoshlar orasidagi nikohdir. Shuningdek, chaqaloqlarning tug’ilishi bilan nobud bo’lishi yoki bir yil davomidagi o’limi darajasi amakivachchalar, xolavachchalar, tog’avachchalar o’rtasidagi nikohlardan bo’lgan bolalar orasida yuqoridir. Afsuski, irsiy kasalliklar darhol ko’zga tashlanmaydi. Ular organizm rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi va ma’lum vaqtga kelib, o’zini namoyon qiiadi. Bu keksalik yoki kishi hayotining o’tish bosqichlari bo’lishi mumkin. Mazkur, kasalliklarning belgilarini aniqlash nazariy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham muhim va zarardir. Hozirgi kunga kelib patologik kasalliklarning 2000 dan ortiq turi aniqlangan. Patologik kasallikning turini belgilash uchun qarindoshlar orasida ushbu kasallik boiganligini aniqlaydigan maxsus tekshirish o’tkaziladi. Nasl-nasabi tarixini tuzish qarindoshlarga davolash yo’lini topish yoki oilada bu kasallikning davom etishiga yo’l qo’ymaslik imkoniyatini yaratadi. Mamlakatimizda o’zaro nikohlanayotganlarga o’z salomatliklari holati, ehtimoli bo’lgan patologik kasalliklar va ularning davolash yo’Uarini bilib olishlariga yordam beruvchi tibbiy-genetik maslahatlar dasturi amal qilmoqda. Qadim zamonlardan bola salomatligiga ota-onasining ichkilikbozligi salbiy ta’sir ko’rsatishi ma’lum. Spirtli ichimliklarga ruju qo’ygan kishilar aqlan va jismonan kasal zurriyodlarni dunyoga keltiradilar. Bunday bolalar ruhiy va asab kasalliklariga ko’p chalinadilar, chunki, birinchi navbatda, alkogol asab tizimini yemiradi. Naslni davom ettirish uchun giyohvand moddalar ham xavfli hisoblanadi. Giyohvand moddalar jinsiy bezlarga ta’sir ko’rsatib, bolaning majruh boiib tug’ilishiga yoki ona qornida nobud boiishiga olib keladi. Chekish jinsiy bezlarga va erkaklarda spermatozoid ishlab chiqilishga, homila va onaning salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ibn Sino farzand tarbiyasini homiladorlik ma’lum boigan kundan boshlash lozim, chimki bola ona qornidaligidayoq atrofida nimaiki ro’y bersa eshitadi va qabul qiladi, deb yozgan edi. Tug’ilajak farzandning qanday bo’lishi ota-onasining yashash tarzi, fikrlashi, bir-biriga munosabatiga bog’liq. Davlatimiz nikohlanayotgan yoshlarning salomatligiga katta e’tibor bermoqda. Masalan, Fuqarolik nikohini qayd etish bo’limlarida kelin va kuyovga to’liq tibbiy ko’rikdan o’tish uchun yo’llanma beriladi. Ular ko’rikdan o’tib, zarar ma’lumotnoma topshirganlaridan keyingina ariza qabul qilinadi va nikoh huquqiy jihatdan rasmiylashtiriladi. Download 22.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling