Sog’lom turmush tarzi haqida xalq tajribasi Xalq pedagogikasida tabiat va inson munosabatlari
Download 15.35 Kb.
|
Xalq og\'zaki ijodi sog\'lom turmush tarzi
Masalan: -Tabiatga boqsang-boqadi, oltin isirg‘a taqadi. -Yaxshi yil bahoridan ma’lum, yaxshi kun saharidan. - Yozning yomg‘iridan qo‘rq, qishning qirovidan. -Qish o‘chog‘i tor, tur, uyingga bor. -Kuzning bir kuni qishning bir oyini boqar. -Qora bulutdan tiniq suv tomar. -Kuningdan bir kun qolsa ham ko‘chat ek! 0 ‘zbek xalqining tabiatni asrash bilan bog‘liq qadriyatlari rangbarang. Jumladan, isiriq, ko‘ztikan, qalampirmunchoq, tasbeho‘t, sedana, rayhon, doiana, otquloq, chaqirtikan, kiyiko‘t, yalpiz kabi o‘t-giyohlar «ko‘z tegmasin» degan maqsadda uy peshtoqlariga, darvoza tepalariga osib qo‘yilgan. Xalqimiz turli dov-daraxtlar bilan bog‘liq qadamjolar, ziyoratgohlarga shifo izlab borganlar.
Xalq pedagogikasida ekologik tarbiyaga oid misollaming barchasi tabiatni e’zozlash, ko‘z qorachig‘iday asrash, tabiat saxovatidan me’yorida foydalanish, tabiat go‘zalligini asrab-avaylab, kelgusi avlodga yetkazish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘simlik-giyohlami timsollashtirish esa ona-tabiatni asrashning xalqona tarbiya ko‘rinishiga aylangan. Olimlaming aniqlashicha, O‘zbekistonda o‘sadigan o‘simliklar soni qariyb 4150taga etadi. Shulardan 577tasi shifobaxsh xususiyatlarga ega.Ana shu shifobaxsh o‘simliklarning mo‘jizaviy xosiyatlari qadim zamonlardan xalqimizga ma’lum bo'lgan va xalq tabobatida ulardan turli kasalliklarni davolash uchun foydalanib kelingan.
Download 15.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling