Sog`lom turmush tarzi


Download 185.66 Kb.
bet4/7
Sana20.11.2023
Hajmi185.66 Kb.
#1787564
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tog`ayniyozova Latofat Ravshan qizi...

Sog‘lom uyqu
Uyqu – bizning salomatligimiz uchun juda muhimdir. Inson hayotining davomiyligi uyquning davomiyligiga bog‘liq. Olimlarning ta’kidlashicha, insonning sog‘lom uyqusi kamida 8 soat davom etishi kerak.
Surunkali uyqusizlik tanamizga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va jiddiy kasalliklarning rivojlanishiga yordam beradi: yurak-qon tomir tizimi, miya faoliyati yomonlashishi, diabet xavfi, ortiqcha vazn, immunitetning pasayishi va boshqalar.
Ertalabki badantarbiya
Kuningizni sermazmun boshlanishi uchun, ertalabki badantarbiyadan boshlang. Buning uchun uzoq masofaga yugurish va og‘ir mashg‘ulotlar bajarish shart emas. Tungi dam olishni kunduzgi faol ritmga moslashtirishda badantarbiya bilan shug‘illanish maqsadga muvofiqdir.
Muntazam ravshda shunday tartibda bo‘lsangiz, sizni faollik va ko‘tarinki kayfiyat qamrab oladi.
Bolalikdan sog‘lom turmush tarzi
Barcha sog‘lom bolalar jismonan faol bo‘ladilar. Ularni bunday bo‘lishiga sport to‘garaklari, maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalari, oilada to‘g‘ri ovqatlanishga hamda jismoniy tarbiyaga o‘rgatish katta ahamiyatga ega.
Bu yerda jismoniy tarbiya va sportni ajratish muhimdir. Jismoniy tarbiya salomatlikni mustahkamlash uchun, sport esa yangi natijalar va g‘alabalarni qo‘lga kiritishdan iborat. Ammo jismoniy tarbiya, sport bilan bir qatorda, har bir bolaning hayotida bo‘lishi kerak.

Biz tabiatning bir qismimiz


Sharqiy Angliya universiteti olimlari tabiat qo‘ynida sayr qilish, salomatlik uchun foydali ekanligini rasman isbotladilar. Ushbu tadqiqot uchun olimlar dunyoning 20 mamlakatidan 300 millionga yaqin odamni to‘plashlari kerak edi.
Tabiatan olimlar nafaqat o‘rmonlar, tog‘lar va qishloq joylarini, balki shahar bog‘lari va suv havzalarini ham nazarda tutishadi. Ularning yonida yashovchi va tabiat qo‘ynida ko‘proq vaqt o‘tkazadigan odamlar sog‘lig‘idan kamroq shikoyat qiladilar. Bu odamlarda yurak va bosh kasalliklari, diabet va yuqori qon bosimi xavfi kamayadi.Darhaqiqat, tabiat qo‘ynida hayot kechirish inson hayoti va sog‘lig‘ini uzaytiradi.

Sog'lom turmush tarzi g'oyasi yangi emas, lekin yildan-yilga u dolzarb bo'lib bormoqda. Sog'lom bo'lish uchun siz turli qoidalarga amal qilishingiz kerak. Ulardan biri kuningizni rejalashtirish bilan bog'liq. Ko'rinib turibdiki, qachon uxlashingiz va kechki ovqatni iste'mol qilishingiz juda muhimmi? Biroq, bu sog'lom turmush tarzini olib boradigan odamning kundalik ishi boshlang'ich tamoyildir.



Download 185.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling