Sog'lomlashtirish maskanlari va orongohlarda j ismoniy tayyorgarlikning umumiy va maxsus xususiyatlari


Unutmang, ertalabki jismoniy mashqlar tufayli


Download 0.54 Mb.
bet7/8
Sana05.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1274652
1   2   3   4   5   6   7   8
Unutmang, ertalabki jismoniy mashqlar tufayli:

  • bosh miya markazlarining tormozlangan holati barham topadi va ularning qo‘zg‘aluvchanligi asliga keladi;

  • odamning jismoniy ishga ham, aqliy ishga ham kirishib ketishi ancha osonlashadi;

  • o‘pkaning chuqur bo‘limlari yetarlicha havoga to‘yinadi;

  • tungi uyqudan qolgan lanjlik yo‘qoladi;

  • karaxtlik bartaraf etiladi;

  • tana tetiklashadi;

  • kayfiyat yaxshilanadi;

  • organizm keyingi og‘irroq mashqlarga tayyorlanadi.



Xulosa.
Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa,
yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi
uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali
yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash,
mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish,
shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli
tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish ularni salomatligini asrab
avaylash, mustahkamlash maqsadida ommaviy sport turlariga jalb etish va aholi
salomatligini mustahkamlash borasida ijtimoiy muhitga ommaviy sportni jalb etish
borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Sog’lom turmush tarzi va tibbiy
madaniyat va sport uyg’unligi borasida yosh avlodga tushnchalar berib, ongiga
singdirish bugungi kunning dolzarb fazifalaridandir. Yozgi sog'-lomlashtirish tadbirlarini samarali o'tkazish maktabgacha ta'lim tashkilotining, tarbiyachilarning o'z vaqtida va puxta tayyorgarlik ko'rishiga bog'liqdir. Bu borada bolalar organizmining jismonan sog'lom bo'lishi va chiniqishi uchun zaruriy sharoitlarni yaratish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun tarbiyachilar tomonidan ota-onalarga tavsiyalar onlayn tarzda ham berib boriladi. Tarbiyachilarning asosiy vazifalari bolalarning maroqli hordiqqa, ijodiy faoliyatga, harakatga bo'lgan ehtiyojini qondirishdir. 
Yozgi sog'lomlashtirish davrida quyidagi vazifalar hal qilinadi:
Ushbu vazifalar metodik tavsiyalarga amal qilgan holda tashkil etilishi lozim.
1.Toza havoda bo'lish uchun shart-sharoitlarni yaratish, bolalarning faol harakatlanishini ta'minlash.
2. Bolalarning bo'sh vaqtlarini o'tkazish jarayonlarida musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish. 
3. Bolalarda tabiatga ahloqiy munosabatni, mehnatsevarlikni rivojlantirish.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling