Soha iqtisodiyoti va menejmenti
Asosiy ishlab chiqarish fondlariga quyidagilar kira
Download 1.5 Mb.
|
Ma\'ruza matni
Asosiy ishlab chiqarish fondlariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish binolari (sexlaming ishlab chiqarish korpuslari, depolar, garajlar, omborxonalar, ishlab chiqarish xonalari va laboratoriyalar); inshootlar (nasos stansiyalar, tunnellar, ko‘priklar va x.k.); har xil energiya, suyuk va gazsimon moddalar uzatadigan uzatuvchi uskunalar; mashinalar va asbob-uskunalar (energiyani, suyuk va gazsimon moddalami ishlash va almashtirishga mo‘ljallangan kuch mashinalari, generatorlar va gazogeneratorlar, elektrogeneratorlar, bug‘ kozonlari, xavo kompressorlari); ishchi mashinalar va uskunalar (dastgoxlar, presslar, konveyerlar va boshqa turli yordamchi asbob-uskunalar); o‘lchov va tartibga soluvchi asboblar (laboratoriya asboblari, xisoblash mashinalari, kompyuterlar); transport vositalari; foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lmagan va qonunchilikda belgilab ko‘yilgan qiymatlardagi asbob va ishlab chiqarish inventarlari. Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarishda band bo‘lgan barcha mutaxassis va xodimlar soni bilan birgalikda korxonaning ishlab chiqarish apparati deb ataladi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida bajaradigan vazifasiga karab aktiv va passiv fondlarga bo‘linadi. Faol ishlab chiqarish fondlari mehnat buyumlarining tayyor maxsulotga aylanishida bevosita qatnashadi. Quvvat mashinalari va uskunalar, generatorlar, transformatorlar, ishchi mashina va uskunalar, tartibga soluvchi asboblar, texnologik liniyalar, mehnat qurollari. Sust fondlar ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydi, lekin ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda muhim vazifani bajaradi, mehnatkashlarning mehnat qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib beradi (binolar, inshootlar, jixozlar va x.k.). Noishlab chiqarish asosiy fondlari korxona asosiy fondlarining ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etmaydigan qismi bo‘lib, o‘z qiymatini tayyor maxsulotga o‘tkazmaydi. Bularga korxona balansida turuvchi turar joy, oshxona, profilaktoriy, klub, bolalar bog‘chasi va yaslilar, sport-sog‘lomlashtirish markazlari va x.k. kiradi. Ishlab chiqarish mikyosining o‘sishi natijasida korxona shartnoma asosida o‘ziga kerakli asosiy fondlarni yollaydi va ular ijaraga olingan xisoblanadi. Ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchi o‘rtasidagi mulk munosabatlari lizing deb ataladi. Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlari aktiv qismi ulushi kanchalik yuqori bo‘lsa, ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar miqdori shunchalik katta bo‘ladi. Mashina va uskunalarni ishlatish muddati qanchalik yuqori bo‘lsa, korxonaning ishlab chiqarish quvvati shunchalik past bo‘ladi. Maxsulotlar sifati pasayadi, bekor turib qolishlar va talafotlar ko‘payadi. Xo‘jalik amaliyotida asosiy fondlar natural va qiymat ko‘rinishida xisobga olinadi. Natural baxolash ishlab chiqarishni texnik jixatdan qayta qurollantirish va zamonaviylashtirish, asbob-uskunalarni ta’mirlash grafiklarini tuzish, ta’mirlash vositalariga bo‘lgan extiyojni aniqlash imkonini bersa, qiymat bo‘yicha baxolash - asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarish va rejalashtirish, ularning mavjud xajmini aniqlash, amortizatsiya xajmini belgilash, asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini taxlil qilish imkonini beradi. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling