Soha iqtisodiyoti va menejmenti


Download 1.5 Mb.
bet51/109
Sana15.03.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1269362
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   109
Bog'liq
Ma\'ruza matni

Kalitli so‘zlar
Aylanma mablag‘lar, faol, me’yorlashtirish, xom ashyo, aylanish koeffitsienti, yuklanish koeffitsienti, bir marta aylanish davomiyligi, ishlab chiqarish zaxiralari, davr xarajatlari.


O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar
1. Aylanma mablag‘lar nima?
2. Korxonaning aylanma mablag‘lari qanday fondlarga bo‘linadi?
3. Aylanma ishlab chiqarish fondlari necha guruhga bo‘linadi?
4. Aylanma mablag‘larning to‘liq aylanishi necha bosqichdan iborat?
5. Aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari nima?
6. Me’yorlashtiriluvchi va me’yorlashtirilmaydigan aylanma mablag‘lar.
7. Me’yorlashtirishda ko‘llaniladigan usullar.
7. Aylanma mablag‘lar aylanishini tezlashtirsh nimalarni talab qiladi?


6-mavzu. KORXONANING MEHNAT RESURSLARI
Reja
6.1. Mehnat resurslarini tasniflash
6.2. Mehnat resurslarining tarkibi va tuzilishi
6.3. Mehnat unumdorligi
6.4. Sanoat korxonalarida ish haqini tashkil qilish
6.5. Ishlab chiqarish resurslarining o‘zaro ta’sir mexanizmi


1. Mehnat resurslarini tasniflash
Zamonaviy korxonalar faoliyatida mehnat qurollari va mehnat predmetlaridan tashkari kadrlar xam katta ahamiyatga ega. Kadrlar ishlab chiqarish jarayonini tashkil etuvchi uch asosiy omilning asosiysi xisoblanadi. Aynan kadrlar ishlab chiqarishni boshqarib, joriy va istiqboldagi rivojlantirishni amalga oshiradilar. Kadrlarning kasbiy malakasi kanchalik yuqori bo‘lsa, korxonalarning iqtisodiy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari shunchalik yuqori bo‘ladi.
Mehnat resurslari deganda mehnatga layoqatli yoshda bo‘lgan (O‘zbekiston Respublikasi erkaklar uchun 16 yoshdan 59 yoshgacha, ayollar uchun 16 yoshdan 54 yoshgacha) aholi, shuningdek iqtisodda band mehnatga layoqatli yoshda bo‘lmagan (o‘smirlar va mehnatga layoqatli yoshdan yuqori yoshdagilar) shaxslar tushuniladi.
Salohiyat(potensial) tushunchasi lotin tilidan olingan bo‘lib, imkoniyat, kuch-quvvat ma’nosini anglatadi.

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling